Jizzax shahar 2-son IMI
336 subscribers
2.81K photos
266 videos
13 files
835 links
Download Telegram
#Jizzax_shahar_2IMI #Davra_suhbati

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati yuqori sinf oʻquvchilari uchun “Globallashayotgan dunyo va yangilanayotgan Oʻzbekiston” mavzusida, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi ijtimoiy iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri va falsafa fanlari doktori Karimov Sanjar Sindorqulovich tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida oʻquvchilar bilan hozirgi kunda globallashib borayotgan jarayonlar borasida keskin bahs olib borildi. Oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Telegram sahifamiz:
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent, Oʻzbekiston

23.01.2025


Ташкент, Узбекистан

23.01.2025
Forwarded from JTV I Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 “Zamin” axborot dasturi

🎥
Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

🗓 20.01.2025

🎤 Muxbir: Xudoyberdi Ziyotov
🎥 Tasvirchi: Suhrob Suvanov


🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
👉
@JTV_rasmiy 👈
👉
@JTV_Reklama👈
#OAV_biz_haqimizda

Oʻzbekiston 24 | Samarqandlik o‘quvchi IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi

Oʻzbekiston 24 | Koreys tili boʻyicha olimpiadaning taqdirlash marosimi

Oʻzbekiston 24 | Prezident maktabida "Taʼlimda biz birgamiz" shiori ostida seminar-trening

Oʻzbekiston 24 | Inson qadri uchun: Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi

Oʻzbekiston 24 | Inson qadri uchun: Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi

Oʻzbekiston 24 | Inson qadri uchun: Taʼlim sohasida erishilayotgan yutuqlar

Oʻzbekiston 24 | “Prezident, ixtisoslashtirilgan va umumta’lim maktabi oʻqituvchilari oʻrtasida STEAM fanlarni oʻqitishda xalqaro tajriba” mavzusida oʻquv-amaliy seminari

Oʻzbekiston 24 | Sifatli taʼlim – kuchli jamiyat

Oʻzbekiston 24 | “Zamonaviy ta’lim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi

Oʻzbekiston 24 | Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish boʻyicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston 24 | Toshkent xalqaro aeroportida Prezident maktabi oʻquvchilarini kutib olish jarayoni

Oʻzbekiston 24 | Prezident maktabi "Zayed sustainability prize" mukofotini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston telekanali | Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xayriya tadbiri

uza.uz | Yoshlarni salohiyati boʻyicha ilmga yoʻnaltirish mamlakat taraqqiyotini kafolatlaydi

kun.uz
| Prezident maktabi oʻquvchilari Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi mukofotni qoʻlga kiritdi

daryo.uz | Abu-Dabida Toshkent Prezident maktabi Zayd Barqarorlik mukofoti gʻolibi boʻldi

Renessans TV | Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 5 yoshda

Madaniyat va maʼrifat | Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ijodiy uchrashuv

Foreign Languages | Shahrisabz shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Gulyuzbegim Asqarjonova

Правда востока | Увидеть в себе отражение великого наследия

Sevimli TV | Ijod maktablarida iqtidorli yoshlar kamol topmoqda

Qoraqalpogʻiston MTRK | Nukus shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi

Samarqand MTRK | Qizlar olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazildi

Samarqand MTRK | Yangi O‘zbekiston yoshlari yuksak marralarni egallamoqda

Samarqand MTRK | Amaliy mashgʻulotlar kasbiy mahoratni oshiradi

Surxondaryo MTRK | Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchilari

Samarqand MTRK | Qoʻshrabot tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Fariddin Fayziyev

Samarqand MTRK | Muhammad al-Xorazmiy maktabining Samarqand filialida Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalariga kirishga tayyorgarlikni kuchaytirish doirasida sinov testlari tashkil qilindi

Surxondaryo MTRK | Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari erishgan yutuqlar

Surxondaryo MTRK | “Zamonaviy ta’lim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida seminar

Surxondaryo MTRK | Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbir

Navoiy MTRK | Prezident maktabi oʻquvchilari vatanparvarlik tadbirlarida

Xorazm MTRK | Ogahiy tavalludining 215 yilligi

Xorazm MTRK | Xalqaro olimpiada sovrindorlari kutib olindi

Xorazm MTRK | Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi, shoira Saida Safo

Xorazm MTRK | Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Nigina Rustamboyevaning ijodiy yutuqlari

Fargʻona MTRK | Oʻzbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi

Fargʻona MTRK | Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir

Sirdaryo MTRK | Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Sirdaryo MTRK | Guliston shahridagi Prezident maktabida Vatan himoyachilari kuni

Sirdaryo MTRK | Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 5 yoshda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jizzax_shahar_2IMI
#Sertifikat

⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab -internati 11-sinf o'quvchisi Mavlonov Jamshid va 8-sinf o'quvchisi Umaraliyev Islom ingliz tili fanidan Milliy sertifikat CEFR-B2 darajani qo'lga kiritishdi.
🏆 O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz.

https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#hududlardan_xabarlar

Xiva shahridagi Prezident maktabida ota-onalar ishtirokida kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Bolalar xavfsizligi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisining ingliz tilidagi hikoyalar to‘plami nashrdan chiqdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida mutaxassislar ishtirokida kiberxavfsizlik mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludning 150 yilligiga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ochiq darslar haftaligi tashkil etildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida pedagog-xodimlar o‘rtasida sport musobaqasi oʻtkazildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi hamda Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida “Method exchange week” loyihasi amalga oshirildi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi xalqaro olimpiadada kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan "Zakovat quiz" oʻtkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarining ijod namunalari xalqaro tanlov almanaxida chop etildi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Mahorat darsi" oʻtkazildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari uchun Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markaziga media tur tashkil etildi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Uch avlod" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sport musobaqasi oʻtkazildi.

Boʻzatov tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yuqori sinf oʻquvchilari uchun "Munosib hayot formulasi" mavzusida psixologik-trening tashkil etildi.
 
Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tomonidan hududdagi umumta’lim maktablari rahbar va pedagog xodimlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari vatanparvarlik tadbirlarida ishtirok etdi.

Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTS dan yuqori natija koʻrsatdi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida TATU Urganch filiali rektori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Janubiy Koreyada ta’lim olish imkoniyatlari" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi Komil Muqimovning "Nanotexnologiyalar" mavzusidagi vebinari tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro fan olimpiadalarida qatnashuvchi o‘quvchilar terma jamoasi rahbari bo‘ldim

⚡️“Yangi O‘zbekiston” universiteti Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishi talabasi Firdavs Sobirov Top-10 bitiruvchilar loyihasining navbatdagi ishtirokchisi bo‘ldi.

Talabamiz universitetda tahsil olish davomida erishgan yutuqlari va talabalik hayoti qanday o‘tganligi haqida gapirib berdi.

👍 To‘liq video: https://youtu.be/EI7VIu2C6Ig

🎗 Atrofingizdagilar kelajakda qanday inson bo‘lib shakllanishingizga, albatta, o‘z tasirini ko'rsatadi. Firdavs Sobirov kabi o‘zini ilm-fanga baxsh etgan yoshlar bilan tahsil olish kuchlilar qatorida bo‘lishingizni ta'minlaydi.

💥 Qabul davom etmoqda: https://admission.newuu.uz

🔁 English

#top10 #bitiruvchilar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_konferensiya

🔔 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📶 Konferensiyada:
Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va
rivojlantirish usullari va strategiyalari;
Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar;
Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi.

Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi.

📥 Ta’lim sohasiga oid maqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar ([email protected] e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi.

🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin.

🔎Maqola topshirish boʻyicha YO’RIQNOMA

📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Pahlavon Gʻulomov hamda Asilbek Ashrapov BAAda boʻlib oʻtgan Zayed Sustainability Prize sovrindoriga aylanganidan koʻpchilikning xabari bor, menimcha.

Tanlovda gʻolib boʻlgan loyiha yordamida yomgʻir suvini yigʻib, qayta ishlash va isteʼmolga yaroqli holga keltirish mumkin. BAA ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami hisobda 150 ming AQSh dollari miqdorida pul mablagʻlarini taqdim etdi. Davlatimiz rahbari nomidan oʻquvchilarning oilasiga va ularning ustoziga BYD avtomobillari ham sovgʻa qilindi.

Biz bugun yosh va umidli qahramonlarimizning fikrlariga hamda taassurotlariga qiziqdik. Oʻquvchilarimiz hikoyalari, bu yutuqlarga erishish yoʻlidagi harakatlarini ularning oʻzini tilidan eshitish tengdoshlari, mamlakat yoshlari uchun motivatsiya boʻladi degan umiddaman.

Aminmanki, ular yurtimiz kelajagi uchun xizmat qiladigan munosib mutaxassislarga aylanishadi.

Shu oʻrinda Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasiga hamda oʻquvchilarimizning ota-onalariga minnatdorlik bildiraman. Farzandingiz bugun Yangi Oʻzbekiston ta’limining haqiqiy yulduzlaridir.

P/S: Pahlavon erishgan yutuqlarining eng katta sababchisi sifatida ota-onasi oʻqituvchi ekanligini aytgan joyi shaxsan menga qattiq ta’sir qildi. Ta’limni, jamiyatni mana shunday ilmli, farzandi taqdiriga befarq boʻlmagan oʻqituvchilar, ota-onalar rivojlantiradi.

@hilola_umarova
#info
#A_Level
#AS_Level
#IGCSE

📢 IGCSE, AS va A LEVEL IMTIHONLARI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

✔️ Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan A-level sertifikati xalqaro oliy standart sertifikati boʻlib, imtihonlarda A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin.
- A+(a+) - eng yuqori
-E(e) - eng past koʻrsatgich hisoblanadi.

✔️ A-level sertifikatini olish uchun nafaqat Prezident maktabi taʼlim oluvchilar, balki mazkur imtihonlarni barcha xohlovchilar topshirishlari mumkin.

✔️ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

✔️ Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablarida mazkur imtihonlar oʻtkaziladi.

✔️ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2 marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida boʻlib oʻtadi. Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

✔️ Cambridge Assessment imtihon uchun 50 dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa 3 tadan 5 tagacha fan tanlaydi.

✔️ Cambridge Assessment A-level dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari oʻquvchilari:
IGCSE imtihonini — 9-sinfda,
AS imtihonini — 10-sinfda,
A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.

✔️ Chetdan kelgan (Prezident maktablari oʻquvchisi boʻlmagan) talabgorlar nechanchi sinfda oʻqishidan qatʼiy nazar, oʻz bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

✔️ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.

✔️ Ma’lumot o‘rnida, A Level sertifikati 1750dan ortiq xorijiy OTMlar tomonidan tan olingan.
___ ___ ___

‼️ Imtihonlarda ishtirok etish uchun oʻz hududingizdagi PREZIDENT MAKTABLARIga murojaat etishingiz mumkin.

🔔 ROʻYXATDAN OʻTISH JORIY YILNING 14-FEVRALIGA QADAR DAVOM ETADI.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM