Jizzax shahar 2-son IMI
629 subscribers
3.23K photos
314 videos
13 files
994 links
Download Telegram
#Jizzax_shahar_2IMI #Hamkorlik

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga, Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari tashrif buyurib, “MUN” dasturi haqida taqdimot tashkil qilindi.
Ushbu taqdimotdan maqsad Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida aloqa oʻrnatish va ularda liderlik, notiqlik kabi qobilyatlarini rivojlantirishdan iborat.

Taqdimot davomida ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Telegram sahifamizga obuna boʻling:
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
🔥10👍3👏1
#Jizzax_shahar_2IMI
#Scholarship/trening
⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 10-11-sinf o'quvchilari va O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti, NSP scholarship g'olibasi, ayni vaqtda Slovakianing Pavl Jozef Shafarik Universitetida malaka oshirayotgan Ibodullayeva Zilola o'rtasida zoom yig'ilish tashkil etildi.Ushbu seminarda NSP scholarshipini yutish uchun bosib o'tilgan bosqichlar,stipendiat bo'lishning afzalliklari, Yevropa universitetlarining ta'lim tizimi, chet el universitetlarida o'qishning ijobiy tomonlari va qiyinchiliklari haqida batafsil ma'lumot berib o'tildi.

https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
👍7🔥3🎉1
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

AKADEMIK ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi a'zosi, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich tashrif buyurdi. Akademik Jizzax shahrida joylashgan ijod maktabi hamda agentligimiz tizimidagi Jizzax shahar 1-2-3- sonli ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari o'quvchilari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida akademik Xolboy Ibragimovich jadidlarning ibratli hayoti, ularning ta'lim-tarbiya va ilm yo'lidagi mashaqqatli mehnatlari haqida so'z yuritdi hamda yoshlarning jamiyat hayotida tutgan o'rni haqida ma'ruza qildi. Akademik bilan uchrashuv barchada katta taassurot uyg'otdi.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_haqida_faktlar

Joriy yilning 29-oktabridan 20-noyabriga qadar maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari malaka toifasi uchun navbatdagi attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 150 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

📌 Ma’lumot uchun: nomzodlarning 18,3 ming nafari navbatdagi majburiy, 136,1 ming nafari navbatdan tashqari hamda 17,4 ming nafari to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka sinovlarida qatnashish uchun murojaat yuborganlar.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muqaddasdir_vatan_bayroģi

🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

🇺🇿18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun.

Shu munosabat bilan maktab-internatida "Muqaddasdir, Vatan bayrog‘i" nomli tadbir  bo‘lib o'tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@Jizzax_2_IMI
👍11🔥5