Jizzax shahar 2-son IMI
631 subscribers
3.23K photos
314 videos
13 files
994 links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan kelajakka bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st.

Erkin Vohidov
#El_yurt_umidi_jamģarmasi
#Jizzax_shahar_2_IMI

"El-yurt umidi" jamg'armasi tomonidan Jizzax viloyati yoshlari uchun ochiq stipendiya tanlovlarini o'tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo'nalishlar, tanlovni tashkil etish mexanizmi hamda elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi to'g'risida ma'lumot berish maqsadida 2023-yil 18-oktabr kuni o'tkazilgan onlayn seminarda Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchilari ham faol qatnashishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram : https://t.iss.one/Jizzaxshahar2_son
#kitob_mutolaasi

⚡️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” loyihasi davom etadi

Oʻzbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiyasini berib bormoqda.

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov tavsiyasi
Аkademik Naim Karimov tavsiyasi
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov tavsiyasi
O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Joʻrayev tavsiyasi
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva tavsiyasi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova tavsiyasi
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tavsiyasi
Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiyasi
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tavsiyasi
Kinorejissor Shokir Xoliqov tavsiyasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
👍2
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh assambleyasi doirasida “Global ta’lim Forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda 140 davlatdan kelgan delegatlar, turizm rahbarlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga mas’ul rahbarlar ham ishtirok etmoqda.

Bugun turizm va ta’lim bir-biriga chambarchas bog‘liq soha ekanligi barchamiz bilamiz. Shu bois, Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xalqaro miqyosda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdik.

Xabaringiz bor, yurtimizda “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, 1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish, O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishiga erishish borasida katta maqsadlar amalga oshirishdagi dolzarb vazifalarimizdan biri.

Joriy yilda Prezident maktablari bitiruvchilaridan 114 nafari, Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilaridan 378 nafari dunyoning nufuzli ta’lim maskanlarida tahsilni davom ettirmoqda. Ular qatorida Colorado State University, Harvard University, TUM (Technical University of Munich), Arizona State University, California Institute of Technology va King‘s College kabi nufuzli ta’lim dargohlarining borligi xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Aytish lozim, 2023-yil xalqaro doirada katta yutuqlar davri bo‘lganligi, xususan o‘quvchilarimiz tarixdagi eng yuqori natijalarni qayd etib, xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 24 ta kumush va 37 ta bronza, jami 69 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Qolaversa, joriy yilda Ispaniya, Italiya, Оzarbayjon, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarda 15 ta xalqaro tanlov, festival va musobaqalarda “Barkamol avlod” maktablarining 500 nafarga yaqin o‘quvchisi Gran pri va boshqa yutuqlarni qo‘lga kiritganliklari haqidagi yutuqlar qayd etildi.

Bugun oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarimizda erta yoshlardanoq ushbu soha haqida tushuncha hosil qilish hamda ularning qiziqishlarini oshirishdir. Vazirlik tizimida Samarqand va Namangan viloyatlarida bolalar sayyohlik bazalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Endilikda Samarqanddagi 20 ta maktabda tajriba sifatida maktabdan tashqari ta'lim sifatida turizm soatlarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu borada Butunjahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda ishlayapmiz.

Xalqaro forum doirasida ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalar jonli muhokama qilinib, samarali taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘ylaymanki, Forum qatnashchilari tomonidan bildirilgan ta’limga doir fikr va mulohazalar, takliflar maktabgacha va maktab ta’limi rivoji yo‘lida xizmat qiladi. Buning uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yetarli.

Forum ishiga muvaffaqiyat tilab qolaman!
👍1
Ayni daqiqalarda motivatsion hikoyalarni o'z ichiga olgan “O‘zbekistonlik” filmining 4-epizodi premyerasi bo‘lib o’tmoqda.

Tomosha qilish:
https://www.youtube.com/watch?v=J8JtxytvMeU

Bu safargi epizod qahramonlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining direktori Kamola Mahmudova va Kembrij universiteti biologi, fan doktori Temur Yunusov bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Ona_tilim_faxrim
#Õzbek_tili_milliy_õzligimiz_va_mustaqil_davlatchiligimiz_timsoli

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan barchani muborakbod etadi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram : https://t.iss.one/Jizzaxshahar2_son
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj
#Ona_tilim_faxrim

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan barchani muborakbod etadi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram : https://t.iss.one/Jizzaxshahar2_son
👍1
#ona_tilim_faxrim
#Jizzax_shahar_2_IMI

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 21-oktabr "O'zbek tili" bayrami kuni munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram : https://t.iss.one/Jizzaxshahar2_son
🔥3