Jizzax shahar 2-son IMI
344 subscribers
2.83K photos
270 videos
13 files
840 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2-IMI 😊TONGI XUSHKAYFIYAT😊

"Noodatiy kutib olish" ❤️
Xayrli kun mavzusida o‘qituvchi va o‘quvchilarga motivatsiya ulashish maqsadida Hayot juda go‘zaldir, buni anglash uchun bir oz bo‘lsada o‘z muammolaringizdan boshingizni ko‘taring va atrofingizga qarang.
Shunday atrofimizdagi go‘zallik ichida yashayotganimizga shukur qiling, zero shukuronalik baraka keltirishi haqida Jizzax shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internati psixologi D. To‘ychiyeva tomonidan maktab jamoasi va o‘quvchilar ishtirokida Sehrli quchoqlashish soati o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahar_2IMI #Navoiyxonlik #Chellenji

Sheʼriyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bagʻishlab 2-son ixtisoslashtirilgan maktab -internati oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan chellenji

Telegram sahifamiz:
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan.

Turkiy tildagi ilk “Xamsa"ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan.

Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan.

Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qizlar_olimpiadasi

⚡️G‘OLIBLAR ANIQLANDI!

🤩 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🏆Olimpiada davomida o‘quvchi qizlar matematika fanidan yozma ish va test topshiriqlari bajarib, ular orasidan mutlaq g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

➡️Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

5-6-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Mehrimoh Baxtiyorova - Buxoro viloyati, Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Shaxzoda Abdubannayeva - Namangan shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
🥉3-o‘rin: Dilnura Ziyadullayeva - Samarqand shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktabi.

7-8-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Dildora Maxkamova - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Komila Mirzomiddinova - Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥉3-o‘rin: Oysha Mirzatillayeva - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

9-10-11-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Niluzarxon Abdurazzoqova - Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Madina Qodirqulova - Sirdaryo viloyati, Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
🥉3-o‘rin: Nilufar Sayfullayeva - Buxoro viloyati, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

🏆 Gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahar_2IMI #Taqdimot

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan shoirning hayoti va ijodi yuzasidan oʻquvchilar tomonidan ma’lumotlar berib oʻtildi.

Telegram sahifamiz:
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
👍👍👍👍👍

⚡️AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB O‘TKAZILMOQDA

Bunda, Aniq fanlar - 11-fevral kuni
Tabiiy fanlar - 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

💠Quyida olimpiada tashkil etilgan hududlardagi manzillar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Toshkent shahri
Xorazm viloyati

📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.

Olimpiadaga ro‘xatdan o‘tkazish soat 9:00 da to‘xtatiladi.

Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-2026-oʻquv yilidan — respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyati tashkil etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Xushxabar

Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilarimiz uchun ajoyib yangilik.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2025-yil 1 fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi ҳамда Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

#davlat_tili #ustama

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тuron_2025

“Turon” maktab teatri tanlovi orqali chet elga sayohat qiling!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktablardagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va teatr san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlov 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 shart asosida o‘tkaziladi va quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tadi:

24-28-fevral kunlari — tuman (shahar) bosqichi;
10-29-mart kunlarihududiy bosqich.

✈️ Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga TA'LIM SAYOHATIni qo‘lga kiritadi.

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: @turonteatri_bot

❗️Shoshiling!

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 17-fevral kuni soat 16:00 da yakunlanadi.

Tanlov yangiliklarini
vazirlik kanali,
”Turon” maktab teatri kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahar_2_imi #Hamkorlik #Psixologik_trening

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi D. Toʼychiyeva va D.Nazarova bilan hamkorlikda " Men oʼzimga va oʼz kuchimga ishonaman" mavzusida oʼquvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda oʼzini namoyon etgan yuksak irodali kishilarning tajribalarini oʼrganish, beparvo va loqaydlikdan ogoh boʼlishga undovchi trening mashgʼuloti oʼtkazildi.

Telegram sahifamiz: https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#hududlardan_xabarlar

Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Global Perspectives" loyihasi doirasida til va madaniyat tadbiri bo‘lib oʻtdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilarni kasb tanlashga oʻrgatishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

Xiva, Fargʻona shahridagi Prezident maktablarida TEDx forumi oʻtkazildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Oʻzaro madaniyatlar almashinuvi” dasturi doirasida turkiyalik tengdoshlari bilan xat almashdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Bolalarni himoya qilish siyosati” mavzusida trening oʻtkazildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti va tarixi muzeyiga sayohat qildi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida "Yosh iqlim chempionlari" seminari boʻlib oʻtdi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Robo-futbol” oʻyini oʻtkazildi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTSdan yuqori natija koʻrsatdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida Davlatobod tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan hamkorlikda amaliy-taktik mashgʻulot tashkil etildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Milliy Gvardiyaning Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi bilan hamkorlikda amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi, Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida sovrinli oʻrinlarni egalladi.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida sport musobaqasi oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Cisco CCNA mock testlarida tarmoq texnologiyalari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Xiva shahar 2-son, Quyi Chirchiq, Boʻstonliq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xorijiy oliygohlar grantlarini yutdi.

Sardoba tuman ixtisoslashtirilgan maktabida OAV vakillari uchun press-tur oʻtkazildi.

Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining pedagog xodimlari tomonidan hududdagi umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Yangiyoʻl shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Aniq fanlarda integratsiyalashgan loyiha ishlarini tashkil etish" mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Andijon Mashinasozlik instituti professorlari bilan muloqot qildi.

Qoʻngʻirot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari hududdagi harbiy qismda oʻtkazilgan “Rahbar va yoshlar”uchrashuvida ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahar_2IMI
#OTM

⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun Toshkent Farmasevtika-texnika universiteti vakillari ishtirokida universitet haqida taqdimot qilindi. Taqdimot davomida universitetning yo'nalishlari, hamkor universitetlari, o'quv jarayonlari, kirish talablari va grantlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI