Jizzax shahar 2-son IMI
337 subscribers
2.72K photos
260 videos
13 files
806 links
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Agentlik rahbariyati va Rossiya federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi direktori Mixail Mokrinskiy boshchiligidagi
delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev mehmonlarni mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida taʼlim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishida erishilayotgan yuqori natijalar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib oʻtdi.

Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamda "Yangi Oʻzbekiston" universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik va Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Unga koʻra, qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish kabi qator loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hurmatli vatandoshlar!

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sizlarni Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz!

Ushbu qutlug‘ kunda ona Vatanimiz tinchligi, mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilarimiz va ularning oilalariga chuqur hurmat va minnatdorlik izhor etamiz. Sizlarning matonatingiz va shijoatingiz tufayli yurtimizda tinchlik, barqarorlik va farovonlik hukm surmoqda.

Bu kun har birimiz uchun milliy g‘urur va iftixor ramzi bo‘lib, yosh avlodga mardlik, jasorat va sadoqat kabi oliy qadriyatlarni singdirishda ulkan ahamiyatga ega. Biz, o‘qituvchilar va tarbiyachilar, sizning misolingizda yoshlarga Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini tarbiyalashni o‘zimizning sharafli burchimiz deb bilamiz.

Yashasin O‘zbekiston! Yashasin uning mard o‘g‘lonlari!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!
Hurmat va ehtirom bilan, Jizzax shahar 2-IMI jamoasi.
#Jizzax_shahar_2IMI
#Sertifikat

⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab -internati 11-sinf o'quvchilari
1.Tursunqulov Nursulton -7⃣
2.Qarshiboyev Abdumanon -6⃣.5⃣
3.Ismoilov Shohjahon -6⃣.5⃣
Xalqaro IELTS sertifikatini qo'lga kiritishdi.
🏆 O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz.
#Jizzax_shahar #2IMI #Mard_oʻgʻlon_tanlovi

🇺🇿14- yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati “Mard oʻgʻlon” tanlovi tashkil etildi.

Oʻquvchilarni jismonan chiniqtirish, bilimlarni sinovdan oʻtkazish hamda chaqqonlik tezkorlik qobiliyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan tanlovda oʻquvchilar 4 ta shart boʻyicha bellashdilar.

Telegram sahifamiz:
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va jamoani tabrikladi.

Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar ichida faxrli 1-o‘rinni hamda 150 ming AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, Zayed Sustainability Prize ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Mukofot 5 ta yo‘nalish bo‘yicha beriladi:

1️⃣ sog‘liqni saqlash;
2️⃣ ta'lim;
3️⃣ energiya;
4️⃣ suv;
5️⃣ global o‘rta maktablar.

Vakillarimiz global o‘rta maktablar yo‘nalishida 🇹🇷Turkiya va 🇦🇿Ozarbayjon vakillari bilan finalga yo‘l olgan edi.


👉@xushnudbek👈
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni

⚡️14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati barcha mard o‘g‘lonlarini muborakbod etish maqsadida tonggi kayfiyat va bayram tabrigi ulashildi. Barcha himoyachilarimizga tinchlik-hotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, kuch ,g‘ayrat,ishlariga rivoj tilab qolamiz.