Jizzax shahar 2-son IMI
336 subscribers
2.69K photos
253 videos
13 files
800 links
Download Telegram
#Jizzax_shahar_2IMI
#Olimpiada
⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-sinf o'quvchilari Begbo'tayev Hasanboy,Ravshanov Muhammadbilol va Quvondiqov Sarvar Xalqaro Matematika Olimpiadasi "TASIMO-2025" I-bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, II-bosqichiga tavsiya etildi.O'quvchilarimizga kelgusi bosqichda ham zafarlar tilaymiz.

https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#Multilevel
#Jizzax_shahar_2IMI

Bizning shunday o'quvchilarimiz bor

📌 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-sinf o'quvchisi Yuldoshboyev Doniyorbek B2 darajali CEFR-Multilevel sertifikatini va OTMlarga kirish imtihonlarida ingliz tili fanidan 100%lik ballni olish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

O'quvchimizni kelgusi yutuqlariga omad tilaymiz.

https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#seminar_trening
#baholash_tizimi

🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati pedagog-xodimlari tomonidan biriktirilgan tajriba-sinov maktablarida prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribasini, jumladan baholash tizimini tatbiq etilishi yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax shahridagi 4-8-14 va 31 umumtaʼlim maktablari tajriba-sinov maktablari sifatida Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga biriktirilgan.

⚡️Shuningdek, pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

@Jizzax_2_IMI
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.

Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!

Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.

@hilola_umarova
#yil_sarhisobi
#yanvar_2024

⚡️2024-YIL YANVAR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Asilbek Sunnatov 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida Informatikadan oltin medalni qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik bo‘ldi.

Agentlik hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti oʻrtasida memorandum imzolandi.

"Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

“Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida bayram tadbirlari oʻtkazildi.

Agentlik tizimidagi barcha maktablarda STEM fanlar olimpiadasining maktab bosqichi oʻtkazildi.

Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga hujjatlar qabuli yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Andijon yoshlar forumi” doirasida “Hokim va sardorlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Natija
#SAT_imtihoni
⚡️Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matematika fani oʻqituvchisi Ahmedov Odiljon Neʼmatovich Xalqaro SAT imtihonini topshirib yuqori natijani qoʻlga kiritdi va 3 yil muddatli 50% ustamani qoʻlga kiritdi.Oʻqituvchimizning kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.

@Jizzax_2_IMI
#metodik_yordam
#Jizzax

UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA METODIK KOʻMAK BERILMOQDA

🤩 Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan taʼlim maskanlari rahbarlari va pedagoglari hududlardagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boʻlib, oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishmoqda.

Xususan, Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi rahbar xodimlari va malakali pedagoglaridan iborat ishchi guruh hududdagi 4-, 8-, 14- , 31-umumta’lim maktablarida boʻlib, dars jarayonlarida qatnashdi.

Ishchi guruh tomonidan mazkur maktablar oʻquv jamoalari uchun seminar-treninglar tashkil etilib, yangi baholash tizimi, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda samarador usullar yuzasidan nazariy-amaliy tushunchalar berildi.

Shuningdek, oʻqituvchilarga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarning ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib, zarur metodik tavsiyalar berildi. Ta’lim maskanlarining ish rejalari birgalikda koʻrib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM