Jizzax shahar 2-son IMI
633 subscribers
3.23K photos
313 videos
13 files
992 links
Download Telegram
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

AKADEMIK ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi a'zosi, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich tashrif buyurdi. Akademik Jizzax shahrida joylashgan ijod maktabi hamda agentligimiz tizimidagi Jizzax shahar 1-2-3- sonli ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari o'quvchilari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida akademik Xolboy Ibragimovich jadidlarning ibratli hayoti, ularning ta'lim-tarbiya va ilm yo'lidagi mashaqqatli mehnatlari haqida so'z yuritdi hamda yoshlarning jamiyat hayotida tutgan o'rni haqida ma'ruza qildi. Akademik bilan uchrashuv barchada katta taassurot uyg'otdi.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari
👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_haqida_faktlar

Joriy yilning 29-oktabridan 20-noyabriga qadar maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari malaka toifasi uchun navbatdagi attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 150 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

📌 Ma’lumot uchun: nomzodlarning 18,3 ming nafari navbatdagi majburiy, 136,1 ming nafari navbatdan tashqari hamda 17,4 ming nafari to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka sinovlarida qatnashish uchun murojaat yuborganlar.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muqaddasdir_vatan_bayroģi

🏢 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

🇺🇿18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun.

Shu munosabat bilan maktab-internatida "Muqaddasdir, Vatan bayrog‘i" nomli tadbir  bo‘lib o'tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@Jizzax_2_IMI
👍11🔥5
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

AKADEMIK BILAN DAVRA SUHBATI

Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida OʻzFA akademigi Xolboy Ibraimov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Jizzax shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Muloqot davomida X.Ibraimov jadid bobolarimizning ibratli hayoti, ularning ta’lim-tarbiya va ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnatlari, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Akademik bilan uchrashuv barchada katta taassurot uyg‘otdi.

Ma’lumot oʻrnida, X.Ibraimov pedagogika yoʻnalishida 4 ta monografiya, 10 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Akademik uzoq yillar davomida oliy ta’lim sohasida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍5🔥3
Aziz yurtdoshlar,
Qadrli hamkasblar!


Bugun yana bir muhim sana — 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun yurtimiz miqyosida keng nishonlanmoqda.

Albatta, bayroq qadim-qadimdan xalqlarning mustaqilligi va ozodligi, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Shu maʼnoda vatanimiz bayrogʻining oʻrni va qadri har birimiz uchun muqaddas va ulugʻdir.

Men ishonamanki, bugungi yosh avlod vakillari mamlakatimiz bayrogʻining yurtimiz suvereniteti va jahondagi mustaqil davlatlar orasidagi munosib oʻrnini belgilashdagi ahamiyatini yurakdan his qilishadi va faxrlanishadi.

Barchamizga bugungi milliy iftixor bayrami muborak boʻlsin.

Mustaqil Oʻzbekistonning davlat bayrogʻi doimo baland hilpirayversin.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
👍4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahar #2IMI #Ijodiy_ish

🇺🇿 BAYROG’IM-FAXRIM GʻURURIM!

Telegram sahifamiz: @Jizzax_2_IMI
👍8🔥3
#Jizzax_shahar_2IMI
#erta_tong_kayfiyati

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi To'ychiyeva Dilfuza tomonidan "Qo‘lingizdan kelgani qadar hammaga yaxshilik qiling!" shiori ostida tonggi seminar tashkil etildi.Maqsad - o'quvchi va o'qituvchilarining dunyoga kerak ekanligi va oldinda faqatgina yaxshi narsalar kutayoganini tushuntirishdir. Haqiqiy baxt boshlanishi,hayotning eng muhim qoidalarini qabul qilish orqali taqdiridan, do‘stlari va atrofini o‘rab turgan insonlardan minnatdor bo'lish kabi g'oyalar ilgari surildi.

@Jizzax_2_IMI
🔥12👍1
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔥3👍2
IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida ta'lim samaradorligini oshirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir avlodni tarbiyalashga qaratilgani alohida aytib o’tildi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar ayni vazifani bajarishda tizimda lokomotiv boʻlib, ularning tajribasi soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yigʻilish davomida tashkiliy masalalar, Agentlik faoliyati, tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qitish samaradorligi tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra tayinlangan Agentlik direktori o‘rinbosari, Agentlik direktorining tegishli buyrugʻiga koʻra tayinlangan Fan olimpiadalari markazi direktori jamoaga tanishtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3