Jizzax shahar 2-son IMI
335 subscribers
2.69K photos
252 videos
13 files
799 links
Download Telegram
#Jizzax_shahar_2IMI #Bayrogʻim_faxrim

BAYROGʻIM-FAXRIM GʻURURIM!

18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan, Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan-maktab internati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligifa tadbir tashkil etildi.

Dastlab, Jizzax viloyat Gornizonidagi harbiy qism hodimlari tomonidan musiqiy chiqish tashkil etildi. “Bayrogʻim-faxrim gʻururim” shiori ostida tashkil etilgan rasmlar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.
Maktab oʻquvchilari tomonidan bayrogʻimizni math etuvchi sherlar tadbirni yanada mazmunli oʻtishiga hissa qoʻshdi.

Tadbir soʻngida harbiy sohaga qiziquvchi oʻquvchilar uchun viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi va Harbiy qismlar tomonidan koʻrgazmali qurollar yarmarkasi tashkil etildi.

Telegram sahifamizga obuna boʻling:
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#Jizzax_shahar_2IMI #Hamkorlik

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga, Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari tashrif buyurib, “MUN” dasturi haqida taqdimot tashkil qilindi.
Ushbu taqdimotdan maqsad Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida aloqa oʻrnatish va ularda liderlik, notiqlik kabi qobilyatlarini rivojlantirishdan iborat.

Taqdimot davomida ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Telegram sahifamizga obuna boʻling:
https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#Jizzax_shahar_2IMI
#Scholarship/trening
⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 10-11-sinf o'quvchilari va O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti, NSP scholarship g'olibasi, ayni vaqtda Slovakianing Pavl Jozef Shafarik Universitetida malaka oshirayotgan Ibodullayeva Zilola o'rtasida zoom yig'ilish tashkil etildi.Ushbu seminarda NSP scholarshipini yutish uchun bosib o'tilgan bosqichlar,stipendiat bo'lishning afzalliklari, Yevropa universitetlarining ta'lim tizimi, chet el universitetlarida o'qishning ijobiy tomonlari va qiyinchiliklari haqida batafsil ma'lumot berib o'tildi.

https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

AKADEMIK ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi a'zosi, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich tashrif buyurdi. Akademik Jizzax shahrida joylashgan ijod maktabi hamda agentligimiz tizimidagi Jizzax shahar 1-2-3- sonli ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari o'quvchilari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida akademik Xolboy Ibragimovich jadidlarning ibratli hayoti, ularning ta'lim-tarbiya va ilm yo'lidagi mashaqqatli mehnatlari haqida so'z yuritdi hamda yoshlarning jamiyat hayotida tutgan o'rni haqida ma'ruza qildi. Akademik bilan uchrashuv barchada katta taassurot uyg'otdi.

Web sayt I Facebook  I Telegram I YouTube

@ikki_qalb_izdoshlari