Jizzax shahar 2-son IMI
646 subscribers
3.19K photos
311 videos
13 files
971 links
Download Telegram
Sherzod Karimov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkiliy masalaga doir yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori oʻqib eshittirildi. Unga koʻra hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi maʼlum qilindi.

Sherzod Karimov uzoq yillar davomida taʼlim tizimida, xususan, 2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ijtimoiy yoʻnalishlariga doir qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Yigʻilish soʻnggida vazirlik jamoasi Sherzod Karimovga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Bugun III Incheon ta’lim festivalining yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston ta’lim delegatsiyasi a’zolariga faol ishtiroklari uchun mezbon davlat tomonidan alohida minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, ikki do’st mamlakat o’rtasida barcha sohalar kabi shiddat bilan rivojlanib borayotgan ta’lim yo’nalishida ham yanada yaqindan va izchil o’zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar so’nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng islohotlarni e’tirof etar ekan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Agentlikka do’stona munosabatlar uchun o’z tashakkurlarini izhor etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax #2IMI #Sayohat #Kasbga_yoʻnaltirish

📍IT PARKGA SAYOHAT

Jizzax shahar 2-son IMI o’quvchilarini kasbga yoʻnaltirish va zamonaviy kasblarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, “IT PARK” Jizzax filiali ga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida o’quvchilarga sohaning mutaxassislari tomonidan grafik dizayn, SMM, mobilograf, dasturchilik va shu kabi yo’nalishlari haqida tushunchalar berib oʻtildi.

KANALGA ULANISH: https://t.iss.one/Jizzax_2_IMI
#Jizzax_shahar_2IMI

⚡️ Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilarining vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Biz ahil jamoamiz" shiori ostida asfaltga rasm chizish tanlovi bo'lib o'tdi. Ijodkorona va noodatiy rasmlar hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, taqdirlandi.

@Jizzax_2_IMI