Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.56K subscribers
6.7K photos
566 videos
52 files
2.03K links
Download Telegram
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Jizzax_viloyati

🔴Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Jizzax viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarni o’rganish jarayonida Jizzax shahridagi Prezident maktabida bo’ldi.

O’quvchilar bilan uchrashuvda Agentlik rahbari ularning fikrlariga quloq tutib, kelgusidagi ishlarida omad tiladi.

Shuningdek, Hilola Umarova shu kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchilari bilan uchrashdi.

⚡️Unda ijod maktabi o'quvchilari tomonidan yaratilgan "Navoiyxonlik" va "Hamid Olimjon va Zulfiya" mobil ilovalarining taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

Uchrashuv qizg’in savol-javoblarga javoblarga boy bo’ldi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍7👏2🎉1
#Ijod_maktablari

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari yangiliklaridan xabardor bo'lishni istasangiz, quyidagi havolalar orqali maktablarning telegram kanallarini kuzatib borishingiz mumkin:

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Ogahiy nomidagi ijod maktabi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Prezident ta'lim muassasalari
agentligi
👍3🔥1
#Ijod_maktablari

❗️DIQQAT, IMTIHON

📆Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Ijod maktablarining imtihon kuni, manzili va vaqti bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍2
#Imtihon_2022

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Ijod maktablari 3-bosqich imtihonlari ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

🔹Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

📌Yuklab olingan ruxsatnomani chop etib olish shart.

Ijod maktabiga kirish imtihonining 3-bosqichi 2-iyulda bo‘lib o‘tadi.

🏃🏻Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelishingiz shart!

👉Imtihonlar bo'lib o'tadigan manzillar bilan saytimizda batafsil tanishing.

#Ijod_maktablari #Imtihon
👍4🤯1
#Ijod_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Ijod maktablari imtihonlarining uchinchi - chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test bosqichi 2-iyul kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 2-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi.

Imtihonlar 1 smenada bo'lib o'tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

✔️Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍2
#Ijod_maktablari #Imtihon_natijalari

Ijod maktablari kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

🔸Ijod maktablariga kirish imtihon natijalari, eng yuqori ball va o‘tish ballari, har bir ijod maktabiga qabul qilinganlar soni haqida saytimizda batafsil o'qishingiz mumkin.

👇Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

1️⃣ Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Ijod maktabi natijalari" bo‘limida ID raqamingizni kiritish orqali - https://portal.piima.uz/page/ijod-maktablari-natijalari

2️⃣Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamingizni kiritish orqali.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍4🔥3
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari IELTS xalqaro imtihonidan yuqori natijalarni qo'lga kiritishda davom etishmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchilari:

▶️ Nursulton O'ktamov - 7,5 ball,
▶️ Shavkat Sadulloyev - 7 ball,
▶️ Jahongir Luqmonov - 7 ballni,

Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchilari:

▶️ Dilro'za Jumanova - 8 ball,
▶️ Parizoda Abloqulova - 7.5 ball,
▶️ Behruzjon Meliboyev - 7.5 ball,
▶️ Nurbek O'sarov - 7.5 ball,
▶️ Asror O'ralov - 7 ball,
▶️ Shahlo Murodova - 7 ball,
▶️ Anora Alimqulova - 7 ball,
▶️ Madina Bahodirova - 7 ball,
▶️ Samandar Xolmo'minov - 7 ball,
▶️ Nozimbek Turg'unboyev - 7 ball,
▶️ Baxtiyor Muxtorov - 6.5 ball,
▶️ Jasurbek Temurbekov - 6.5 ball,
▶️ Humoyun Abulqosimov - 6.5 ball,
▶️ Ozodbek Ahmedov - 6.5 ballni,

❗️Shuningdek, mazkur maktabning 10-sinf o'quvchilari Sherzod Mardiyev 7 ball va Abbos Xolbo'tayev - 6.5 ballni qo'lga kiritishdi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchilari:

▶️Islomiddin Nizomiddinov - 6.5 ball
▶️Baurjan Davidov - 6.5 ball
▶️Azizbek Yakshinbayev - 6.5 ballni,

️ Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Vazira Egamberdiyeva 8 ballni, shu maktabning 10-sinf o’quvchisi Hulkar Pulatova esa 8.5 ballni,

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchilari:

▶️Marjona Norqulova 7,5 ballni
▶️ Zarnigor Qudratova 6 ballni qo'lga kiritishdi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍12🎉8
#Tanlov_natijasi
#Ijod_maktablari

“QADRING BALAND BO’LSIN, ONA TILIM” TANLOVI NATIJALARI E'LON QILINDI

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

❗️Mazkur tanlovda umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’rtasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari g’olib bo’lishdi.

🥇
1- o‘rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Yusupova Shodiya sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

🥈2- o‘rinni egallagan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Visola Tursunova sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

🥉3- o‘rinni egallagan Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

⚡️Rag’batlantiruvchi o‘rin – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

💐 Gʻoliblarni tabriklaymiz!

G‘oliblarni taqdirlash marosimi oktabr oyi oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, sovrindorlardan quyidagi 👉@moturidiyuz_bot👈 telegram manziliga murojaat qilishlarini so‘raladi.
👍6👏3😱2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📣 HURMATLI OTA-ONALAR VA O'QUVCHILAR!

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLAR QABUL
E'LON QILADI!

📌 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2023-yilning 10-iyun sanasidan 30-iyun sanasigacha davom etadi.

❗️Eslatib o'tamiz, Agentligimiz tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan – 20-iyulga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

🔖 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1
#imtihon_2023
#ijod_maktablari

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ijod maktablarining 3-bosqich imtihonlari 30-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqa, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqa vaqt ajratiladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#imtihon_2023
#ijod_maktablari

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ijod maktablarining 3-bosqich imtihonlari 30-iyul kuni soat 08:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.

Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
#imtihon_2023
#ijod_maktablari

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

Quyidagi havolalar orqali ijod maktablarining imtihon jarayonlari haqidagi foto va video materiallar bilan tanishishingiz mumkin.

📝 IJOD MAKTABLARI:

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Ogahiy nomidagi ijod maktabi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#imtihon_natijalari_2023
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O'TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#qabul_2023
#ijod_maktablari

📝 IJOD MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️
HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o'quv-treningga start berildi.

🗺Toshkent shahar Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor va o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda mas'ullar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev so'zga chiqib, Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi rivojiga qaratilgan yuksak e'tibor natijasida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oldimizda turgan muhim maqsad va vazifalar haqida so'z yuritdi.

Kunning ikkinchi yarmi va ertaga ishtirokchilar uchun sho'balarga bo'lingan holda o'quv-treninglar bo'lib o'tadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍6
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

🗺 Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍7
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Shu yilning 10-iyul kuni ijod maktablarining 3-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍4🎉1
#imtihon_natijalari_2024
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:


🤖 @Ijod_natija_2024_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2025
#ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI

Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobiliyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

Xorijiy til yoʻnalishiga (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi):
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test

❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 30-iyun kunidan barcha ijod maktablarida boshlanadi.

📤Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

📍Imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📥 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet

☎️ Call-markaz: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4