Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.56K subscribers
6.7K photos
566 videos
52 files
2.03K links
Download Telegram
Inha Universiteti Rektori Djalalov Muzaffar Muxitdinovichning taklifi!

Inha Universiteti rektori, Djalalov Muzaffar Muxitdinovich, bizning maktabga juda foydali taklif bilan murojaat qildi. Ularning taklifiga ko‘ra, o‘quvchilarimiz uchun maxsus coding platformasidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu platforma orqali talabalarimiz dasturlashni o‘rganish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Platforma bilan ishlashni boshlash uchun o‘quvchilarimizga kerakli ma’lumotlar va resurslar tez orada taqdim etiladi. Bu ajoyib imkoniyatdan foydalanib, biz ham dasturlash sohasida muvaffaqiyatli natijalarga erishamiz deb umid qilamiz!

#InhaUniversiteti #Dasturlash #Innovation #FutureSkills

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍11