Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.45K subscribers
6.12K photos
523 videos
52 files
1.86K links
Download Telegram
#Prezident_maktablari
#Seminar_trening
#CIS

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan Xalqaro maktablar kengashi (CIS) tashkilotiga a’zolikka kiritish hamda akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazish yuzasidan seminar-treninglarga start berildi.

❗️Unda Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Treninglarda:

✔️Iqtidorli yoshlar bilan ishlash,
✔️Ta’lim olish va ta’lim berish sifatini yaxshilash,
✔️Maktablarni ekotizim sifatida tahlil qilish kabi mavzularda bo’lib o’tmoqda.

📆Treninglar 24-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#CIS
#2_kun

🔴Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining rahbar kadrlari uchun Xalqaro maktablar kengashi (CIS) tashkilotiga a’zolikka kiritish hamda akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazish yuzasidan seminar-treninglarining 2-kuniga start berildi.

Bugungi treninglar:

▶️iqtidorli o‘quvchilarning talablarini o‘rganish,
▶️Ta’lim berish va ta’lim sifatini yaxshilash,
▶️Ta'lim jarayonlarida hisobotlar tayyorlash kabi mavzularda o'tkaziladi.

📍Seminar jarayonlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#psychologist_time
#CIS
#LEADERSHIP_TRAINING

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida maʼmuriy-boshqaruv xodimlari uchun "Liderlik xususiyatlari: o'zlikni anglash muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish" nomli psixotrening mashg'ulotlari oʻtkazildi.

Liderlik xususiyatlarini rivojlantirishda o'zlikni anglash va muloqot qobiliyatlari muhim o'rin tutadi. O'zlikni anglash, liderning o'z kuchi va zaif tomonlarini tushunishiga yordam beradi, bu esa uni yanada samarali boshqaruvchi qiladi. Muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, o'z fikrini aniq va tushunarli ifodalash, shuningdek, boshqalarni tinglash va ularga hurmat bilan yondashishni o'rganish orqali jamoa bilan muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi.

Psixotreningda bu qobiliyatlarni rivojlantirish, liderga o'zining ichki resurslarini topishga va boshqalar bilan to'g'ri muloqot o'rnatishga yordam beradi, bu esa jamoaning umumiy maqsadlarga erishishida katta rol o'ynaydi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook