Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.45K subscribers
6.12K photos
524 videos
52 files
1.86K links
Download Telegram
Inha Universiteti Rektori Djalalov Muzaffar Muxitdinovichning taklifi!

Inha Universiteti rektori, Djalalov Muzaffar Muxitdinovich, bizning maktabga juda foydali taklif bilan murojaat qildi. Ularning taklifiga ko‘ra, o‘quvchilarimiz uchun maxsus coding platformasidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu platforma orqali talabalarimiz dasturlashni o‘rganish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Platforma bilan ishlashni boshlash uchun o‘quvchilarimizga kerakli ma’lumotlar va resurslar tez orada taqdim etiladi. Bu ajoyib imkoniyatdan foydalanib, biz ham dasturlash sohasida muvaffaqiyatli natijalarga erishamiz deb umid qilamiz!

#InhaUniversiteti #Dasturlash #Innovation #FutureSkills

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#yil_sarhisobi
#iyun_2024

⚡️2024-YIL IYUN OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Buxoro shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazdi.

Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi tashkil etildi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev tomonidan tizimdagi Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo viloylatlarida joylashgan maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, 2024/2025-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkaziladigan obyektlarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Barcha Prezident maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi.

Agentlikda Qabul-2024 boʻyicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi.

Ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlarining 1-, 2-bosqichi oʻtkazildi.  

eMaktab platformasida ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tayyorlovchi onlayn-trenajyor yaratildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi IELTS imtihonidan 8 ballga ega boʻldi.

Oʻqituvchimiz “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

Butunjahon yoshlar festivali doirasida Prezident maktablari paviloni ochildi.

Agentlikning ilk gumanoid roboti – PiimaNoidning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Oʻquvchilarimiz Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining gʻolib va sovrindorlari safidan joy oldi.

O‘quvchimiz “Mirzo Ulugʻbek Vorislari” Respublika tanlovi g‘olibi boʻldi.

Ilk bor “Incheon ta’lim festivali"  o‘tkazildi.

Oʻquvchilarimiz "Mard oʻgʻlon" mukofoti bilan taqdirlandi.

Toshkent, Andijon shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari foizlik xalqaro taʼlim grantlarini qo‘lga kiritdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida OʻzFA akademigi Saidahror Gʻulomov bilan uchrashuv tashkil etildi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi

🤩 2024-yilda Agentlik direktori boshchiligida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish doirasida hududlardagi tizim maktablarida ishchi guruh oʻrganishlari olib borildi, sayyor qabullar tashkil etildi, xalqaro va tashkilotlararo hamkorlik doirasida muhim kelishuvlarga erishildi, iqtidorli oʻquvchilarni yuzaga chiqarish va ragʻbatlantirish kabi muhim yoʻnalishlarda tizimli ishlar olib borildi:

Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri bilan uchrash oʻtkazildi.

Agentlikning Fargʻona viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari boshlandi.

Namangandagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining direktorlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyi bilan tanishildi.

Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Agentlikning Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Andijon, Fargʻona, viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Studiya24 | Alisher Ubbiyev – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori bilan suhbat.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazildi.

Samarqand viloyatida Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ochildi.

Buxoroda Agentlik direktorining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Incheon taʼlim festivalining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston24 | Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli, imtihon jarayonlari bo‘yicha suhbat.

Buyuk Britaniyaning Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Agentlik tizimidagi barcha maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Qoraqalpogʻistonda agentlik direktorining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Yangi ixtisoslashtirilgan maktab binosi foydalanishga topshirildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Agentlikning Sirdaryo viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Agentlikka tashrif buyurdi.

Agentlikning Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati oʻrganildi.

Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Agentlikning Samarqand viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Agentlik tizimidagi boks hamda gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati oʻrganildi.

Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif qilindi.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Rossiya Federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!


Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!

Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.

Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.

Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida Jizzax viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablar o'qituvchilari uchun malaka oshirish darslari bo'lib o'tmoqda.

🔹Ushbu darslar o'qituvchilarning pedagogik malakalarini yanada oshirish, zamonaviy ta'lim usullarini o'rganish va o'quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan.

Tadbirda viloyatning turli hududlaridan kelgan o'qituvchilar yangi metodikalarni, texnologiyalarni va pedagogik yondashuvlarni o'z ishlarida qo'llashga yo'naltirilgan tajribalar bilan bo'lishmoqda.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#ishga_taklif

⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabi Matematika fani oʻqituvchisi lavozimiga tanlov e’lon qiladi!


Talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Pedagogika sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
🔹Ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.


Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.


📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 12-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.

❗️Ro'yxatdan o'tish❗️

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube