Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.45K subscribers
6.03K photos
520 videos
52 files
1.84K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda!

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad:
🔸xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish;
🔸zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish;
🔸nufuzli
xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

⚡️Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qit'alaridan ta'lim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, o‘z yo‘nalishida jahonning eng nufuzli ta'lim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot orqali yo’llang!
#Xalqaro_forum

XALQARO FORUM DOIRASIDA ILK MEMORANDUM IMZOLANDI

🔰 Bugun, 22-noyabr kuni "Yangi O‘zbekiston" universiteti binosida "Yangi O‘zbekiston" universiteti va Massachusetts Texnologiyalar Instituti J-WEL o‘rtasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha Memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlikdan ko'zlangan maqsad:
🖊 tegishli muassasaning o'quv va ilmiy faoliyatiga qiziqishni oshirish;
🖊 har ikkala institutning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalarni tushunish darajasini oshirish;
🖊 ichki yoki tashqi resurslar tomonidan moliyalashtiriladigan qo'shma tadqiqot takliflari bo'yicha hamkorlik qilish;
🖊professor-o'qituvchilar, talabalar va xodimlar almashinuvini rag'batlantirish

📌Mazkur Memorandum Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova hamda J-WEL direktori doktor Vijay MS Kumar tomonidan imzolandi.
#Xalqaro_forum

⚡️ Agentligimiz tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston ta’limi: islohotlar yo’lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumining 1-kuni o’z nihoyasiga yetdi.

🔸Forum avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvahitov tomonidan Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi.

🔰Tadbir davomida taqdimotlar va ko’rgazmalar bo’lib o’tib, ta’lim tizimidagi dolzarb muommolar masalasi muhokama qilindi.

📌Shuningdek, forum doirasida xorijiy hamkor tashkilotlar bilan memorandumlar imzoladik. Mazkur forum ta’lim tizimidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

🔴Xalqaro ta’lim forumining ikkinchi kuni amaliyotga bag’ishlanib, unda maktabda faoliyat yuritadigan pedagog-kadrlar uchun yalpi majlis hamda mahorat darslari tashkil etildi.

🔸Yalpi majlisda STEM fanlarini juftlikda o’qitish, shuningdek ingliz tili bo’yicha xalqaro sertifikat imtihonlari haqida so'z yuritildi va shu yo’nalish bo’yicha kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
#Xalqaro_forum_yakuni

🎼FORUM YAKUNIGA BAG'ISHLANGAN KONSERT DASTURIDAN LAVHALAR.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston ta’limi: islohotlar yo’lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumining 1-kunidan lavhalar.
#Xalqaro_forum
#live

Markaziy Osiyo Universitetlar forumining xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ochiq muloqot tadbiri boshlandi


🔴 Ayni vaqtda Yangi O‘zbekiston Universitetida Markaziy Osiyo Universitetlari Forumining muhim uchrashuvlaridan biri boshlandi.

📍 Unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar hamda yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda bugungi nufuzli uchrashuvning ahamiyati, ta’lim rivojining dunyo xalqlari hayotidagi muhim o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tantanali tadbirda “Times Higher Education” tashkiloti xalqaro ishlar rahbari Phil Baty, Massachusets texnologiya universiteti vakili Anjali Shastry, Obuda universiteti rektori Levente Kovachs, Abu Dabidagi Nyu-York universiteti dotsenti Behzod Xoshimov, “Montfort Eurasia” boshqaruvchi direktori Eleanor Kramers va ko‘plab xorijiy tashkilotlar vakillarining mavzuga doir chiqishlari ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi, xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

👉🏻Tadbirni jonli efirda tomosha qiling:
https://youtube.com/live/jHaykjkCsZc?feature=share

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin