JANUB JAVOHIRI
36.6K subscribers
16.6K photos
2.72K videos
49 files
7.06K links
RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI SURXONDARYO VILOYATI BO'LIMI tomonidan amalga oshirilgan ishlarni kuzatib borishingiz mumkin.



Murojaat uchun👇
@Janub_javohiri_bot
Download Telegram
#ibrat

Bolakay 20 rupiydan niqob sotyapti. Bir mijozga yuzlanib:
— «Amaki, niqob oling», dedi.
Mijoz esa uni masxaralab dedi:
— «Niqob olishga pulim yo‘q».
— «Bepul olavering», dedi bolakay.
— «Onangni jahli chiqmaydimi?»
— «Onam, «Hozir yomon kasallik tarqalgan, puli bo‘lmagan odamlarga niqobni tekinga ber», deganlar», dedi bolakay.

U — ona. U — axloq madrasasi. U — yaxshilik qilish inqirozga yuz tutgan zamonda yaxshilik ulashish fursatini boy bermaslikni o‘rgatadigan buyuk madrasa.

Onalar jamiyatning yarmidir. Qolgan yarmi esa ulardan tug‘ilganlar...

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri‌‌
#ibrat

Ohu suv ichish uchun buloqning og‘ziga bordi. Suvda o‘z aksini ko‘rib ingichka oyoqlaridan xafa bo‘ldi, ammo shu onda aksidagi jimjimador shoxlariga ko‘zi tushib, g‘ururlandi.

Shu vaqt bir guruh ovchilar paydo bo‘lib, o‘lim xavfini sezgan kiyik o‘tloqqa qarab qochdi: chaqqon oyoqlari sabab u ovchilardan qutulib qoldi.
Ohu aylanib-aylanib o‘rmonga duch keldi va o‘rmon ichiga kirdi, kutilmaganda tiqilinch o‘sgan daraxtlar orasiga shoxi qisilib, tabiiy tuzoqqa tushdi. Ko‘p o‘tmay uni o‘rmonchi ushlab olib, oyoqlaridan bog‘lagancha so‘yish uchun olib ketdi.

Hayotda ham shunday. Ba’zida seni qaysi xislat xolos qilib, qaysi xislating halok qilishini bilmaysan.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat

Birovlarni gapiga qarab yashamang. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang!

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri‌‌
#ibrat

Ustoz

Bir ziyofatda bir kishi o‘zining boshlang‘ich sinf ustozini ko‘rib qoldi. U ustoziga mutlaq hurmat va ehtirom bilan boqib:
– Ustoz! Meni tanidingizmi? Meni esladingizmi? – dedi.
Ustoz:
– Afsus, eslay olmadim, – dedi.
U kishi dedi:
– Qanday eslay olmaysiz?! Axir men sinfdoshlarimdan birining soatini o‘g‘irlagan edim. Soatini o‘g‘irlatgan sinfdoshim yig‘lay boshladi. Siz bizning barchamizni o‘rnimizdan turg‘izib cho‘ntaklarimizni tekshirmoqchi bo‘ldingiz. Men endi sinfdoshlarim va ustozlar oldida sharmanda bo‘lishimga ishondim. Endi ular meni doimo masxara qilishadi, shaxsiyatim butunlay barbod bo‘ladi deb o‘yladim.
Siz o‘shanda bizdan devorga qarab ko‘zimizni yumib turishimizni so‘ragan edingiz. Siz cho‘ntaklarni tekshira boshladingiz. Mening navbatim kelganida cho‘ntagimdan soatni oldingiz va tekshirishni davom ettirdingiz. Oxirgi bolani ham tekshirib so‘ngra bizni o‘tirishimizni aytdingiz.
Men hamon sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib dag‘-dag‘ titrar edim. Siz soatni egasiga qaytardingiz. U bola shodlikdan yig‘lab yubordi, soatini kim o‘g‘irlaganini bilmay qoldi. Butun o‘qishim mobaynida o‘g‘irlik haqida menga gapirmadingiz. Boshqa ustozlar ham o‘g‘irlikni eslashmadi. Esladingizmi ustoz? Qanday eslamasligingiz mumkin? Buni unutishingiz mumkin emas!

Ustoz butunlay xotirjamlik bilan dedi:
– Yo‘q, eslay olmadim. O‘shanda men sizlarni ko‘zlarimni yumgan holatda tekshirganman!

P.S.: Tarbiya shunday nozik narsaki, undagi sal xatolik ham bir odamning butun bir umriga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi!

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri‌‌
#Ibrat

Iskandar Zulqarnayn vafotidan oldin uch narsani vasiyat qilgan ekan:
1. Tobutini davlatining eng zo‘r tabiblari qabrga ko‘tarib borishini;
2. Bor boyliklari, javohiru oltinlarini qabrgacha boradigan yo‘lga sochib qo‘yishlarini;
3. Tobutidan ikki qo‘lini chiqarib qo‘yishlarini.

Saroy peshvolari hayron bo‘lib, buning sababini so‘rashibdi. Iskandar Zulqarnayn quyidagi javobni bergan ekan:
• Zamonaning eng zo‘r tabiblari tobutimni ko‘tarishsin so‘ng odamlar ko‘rishsin har qancha zo‘r tabib davolamadi, Allohdan kelgan ajal oldida ular ojizdirlar, o‘lim haq;
• Bor boyliklarimni yo‘lga sochib qo‘yinglar, so‘ng odamlar ko‘rishsin, har qancha mol-dunyo yig‘ib ham, inson uni oxiratiga ortib olib ketolmasligini.
• Qo‘llarimni tobutdan chiqarib qo‘yinglar, so‘ng odamlar ko‘rishsin, qanday katta lavozimda, davlat sultoni bo‘lib, qanday katta boyliklarga ega bo‘lib, saroylarda yashagan bo‘lsamda, qabrga quruq qo‘l bilan ketayotganimni.

Bu dunyoda faqat yaxshilik qoladi. Yaxshilik qilishdan hech qachon charchamang.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat

Imkoniyatsizlik faqat sening tafakkuringdan. Agar aqlingni bu jumladan xalos etsang, hamma imkoniyatlar eshigi ochiladi...

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri
#ibrat

Braziliya qamoqxonalarida bitta kitobni mahbus o‘qib tugatsa, unga berilgan muddatdan to‘rt kun olib tashlanar ekan.

Ular bu bilan insonni tuzatishni iroda qilishar ekan, barbod qilishni emas!

P.S.: Haqiqiy ozodlik o‘qish ortidan keladi. Ko‘proq kitob o‘qing!...

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat

🎞 Mazkur rolikni ko‘rib beixtiyor ko‘zingizga yosh keladi.

Farzandingizga bergan tarbiyangizning mukofoti, kutilmagan vaziyatda beriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat

Shunday paytlar bo‘ladiki, hatto yaqinlaring ham musibat ichida tashlab qochishadi. Faqatgina o‘zingga ishonib, omon qolishing mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri
#ibrat

🎗 Birgina daraxt, qalin o‘rmonzorni boshlab berishi mumkin.

🎗 Birgina kechirim, rishtalarni qayta bog‘lashi mumkin.

🎗 Birgina shirin so‘z, siniq ko‘ngillarni shod qilishi mumkin.

🎗 Birgina tabassum, noxushliklarni bartaraf etishi mumkin.

🎗 Birgina uzr, alamzada qalblarni yumshatishi mumkin.

🎗 Birgina salom, o‘zaro muxabbat uyg‘otishi mumkin.

🎗 Birgina umid, yuksak muvaffaqiyatlarga yetaklashi mumkin.

🎗 Birgina sukut, minglab ko‘ngilsizlikning oldini olishi mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

📹"Mening otam aldoqchi!"

Otalarga bag‘ishlangan film.
"Aldoqchi" otalarimiz boriga shukur!


Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat

Odam to'g'ri bo'lsa,
Dunyo ham tog'ri bo'ladi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat

TARBIYA

Minbarning poyida tursa ham eshak,
Tarbiya yuqmaydi, bo‘lmaydi odam.
Tarbiya ko‘rmayin ulg‘aysa kishi,
Eshak bo‘lib qolur yuzga kirsa ham.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Janub_javohiri