“PREZIDENTIMIZGA VA’DA BERGANMAN!”
Abdulloh JAMOLIDDINOV
Bu yil Yoshlar kunida Prezidentimiz bir guruh iqtidorli va ixtirochi yoshlar bilan uchrashdi. Unda men ham “Aqlli tomorqa” loyihasi bilan ishtirok etdim. Loyiham ekin maydonining tuproq namligini o‘lchab, avtomatik tarzda sug‘orib berishga ixtisoslashtirilgan. Natijada, bir tomchi ham ortiqcha suv isrof bo‘lmaydi. Butun dunyoda qurg‘oqchilik xavfi yildan-yilga oshib borayotgan bir paytda suvni tejashga kichik hissamni qo‘shishni istadim.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆11❤5👌2⚡1🔥1👏1
MANNON RAMZIY
Rustambek SHAMSUTDINOV
Yaqin tarixning og‘riqli, kam o‘rganilgan sahifalarida qatag‘on qurbonlari haqidagi ma’lumotlar tobora oydinlashib borayotir. XX asrning 30-yillarida minglab o‘zbek ziyolilari, ma’rifatparvarlar qatorida asossiz ayblovlar bilan fojialar qurboniga aylangan jadidlardan biri Mannon Ramziy bo‘ladi.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🏆3🔥1
Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.
Alixonto‘ra Sog‘uniy
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🏆6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Jadid” gazetasi muxbirlari strategik suv inshootlarida
“O‘zsuvta’minot” AJ faoliyatini yoritish doirasida “Jadid” gazetasi jurnalistlari Toshkent viloyatidagi muhim suv ta’minoti inshootlarida bo‘lib, ularning ish tartibi va boshqaruv tizimlarini o‘rgandi.
Jumladan, Qibray tumanidagi “Qodiriya” suv taqsimlash uzeli va Toshkent tumanidagi shunga o‘xshash ob’yektlardagi infratuzilma, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari hamda aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish jarayonlari tahlil qilindi.
Tashrif davomida soha mutaxassislari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar, amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilangan infratuzilmaning samaradorligi va qurg‘oqchilik mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
To‘liq ko‘rsatuvni tez kunda “Jadid” gazetasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🏆3👌1
#jadidlar
ABDUVAHHOB IBODIY
🔗 BATAFSIL
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
ABDUVAHHOB IBODIY
⚫️ 1877-yil Qoʻqon shahrining Eski aravabozor mahallasida hunarmand kosib oilasida tavallud topgan;⚫️ 1914-yil Qoʻqonda birinchi sonli namuna maktabini tashkil etadi. Keyinroq bu maktab Ashurali Zohiriy tavsiyasi bilan “Irfon” – “Ilm” deb ataldi;⚫️ 1937-yil 27-noyabr kuni IIXK huzuridagi mashʼum “uchlik” tomonidan 10 yilga mehnat tuzatish lageriga hukm etildi. U 1942-yil jazoni ijro etish jarayonida vafot etgan.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🏆4✍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqlar do‘stligi festivali doirasida xalqaro konferensiya o‘tkazildi
Mamlakatimiz bo‘ylab 25–31-iyul kunlari o‘tkazilayotgan Xalqlar do‘stligi festivali doirasida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar qatori konsert dasturlari ham o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent shahrida “Umummilliy hamjihatlikni mustahkamlash – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim asosi” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Anjumanda senatorlar, deputatlar, milliy madaniy markazlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, shuningdek, qator davlatlarning taniqli olimlari va ekspertlari ishtirok etdi.
Bir so‘z bilan aytganda, xalqaro konferensiya O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati yuksak baholandi. Bu boradagi tajribamiz ko‘plab davlatlar uchun namuna sifatida e’tirof etildi.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4🏆4❤🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QIZIQCHILIKNI O‘RGATADIGAN OLIYGOH YO‘Q
Taniqli so‘z ustasi Avaz Oxun bilan bilan bugungi kun qiziqchilik san’atining ahvoli, zamonaviy qo‘shiqlarning ma’no-mohiyati, she’riyatga bo‘lgan munosabati va boshqa mavzular to‘g‘risida suhbatlashdik.
📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/CYZ97ztL354
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6🏆5❤🔥3✍1
“ILMNING AVVALI ISHTIYOQ”
Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti professori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Sirojiddin Zaynobiddinov bilan suhbat
Kitoblar yozish, ayniqsa, o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlarini yaratish ilm-fan rivojida va fikr almashuvida beqiyos ahamiyatga ega. Ayniqsa, lug‘atlar fanning til orqali ommalashishi, anglashilishi va o‘zlashtirilishiga xizmat qiladigan muhim vosita.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🏆4⚡1👍1
SHOXIGA URSANG, TUYOGʻI ZIRQIRAYDI
Kamoliddin TO‘RAYEV
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir videolavha tarqaldi. Kelinchak tor-tanqis, ochiq-sochiq ko‘ylakda boyvachcha qaynotasiga mastonavor choy uzatyapti. Qaynota ham ko‘cha ko‘rgan, yengiltak kelin bilan tezgina til topishdi.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆7👍1👏1
Anonymous Quiz
28%
Lanj, tushunarsiz
31%
Mavhum, yashirin
17%
Ezma, tayinsiz
23%
Qisqa, lo‘nda
🏆16😢6❤🔥4✍3⚡1❤1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY
Buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publisist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidlik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan yangi videorolik sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tayyorlandi. Videolavhada Behbudiyning ta’lim va matbuot sohasidagi faoliyati, tarixiy suratlari va asarlari zamonaviy vizual shaklda namoyon etilgan.
📱 Videoni yuqori sifatda YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/5rx78MqIUeg
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥9🔥3❤2🏆2👌1
IKKI QUTBNI BIRLASHTIRGAN HOFIZ
Sultonmurod OLIM
Talabalik yillarimizda afsonaviy xonanda Sherali Jo‘rayev haqida ko‘p bahslashardik. Uning sahnada o‘zini haddan tashqari erkin tutishi, kutilmaganda o‘ng qo‘lini tordan bo‘shatib, sozni chap qo‘lida osiltirib olishi, hatto musiqani to‘xtatib qo‘yib, ashula o‘rtasida deklomatsiyaga ham o‘tib ketishi yuzasidan ko‘p tortishganmiz.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🏆4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📨 Xorazmlik o‘quvchi “Jadid bobomga maktub” tanlovi uchun maktubini tahririyatga olib keldi
“Jadid” gazetasi tahririyati hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Jadid bobomga maktub” tanlovi yurtimiz bo‘ylab o‘quvchilar orasida keng qiziqish uyg‘otmoqda.
Bugun Xorazm viloyati Xiva shahridan bir maktab o‘quvchisi qo‘lda, husnixat bilan yozilgan maktubini shaxsan “Jadid” gazetasi tahririyatiga olib keldi. U tanlovdagi ishtiroki, maktubni yozish jarayonidagi his-tuyg‘ulari va jadid bobolar haqidagi tasavvurlari bilan bo‘lishdi.
Tanlovda yurtimizdagi istalgan maktabning o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Maktublar albatta qo‘lda yozilgan bo‘lishi shart. Ularni:
📮 pochta orqali manzilimizga yuborish yoki
📧 elektron shaklda skanerlab, tahririyatimizning @jadidtanlovi_bot Telegram manziliga jo‘natish mumkin.
📬 Tanlovga ijodiy ishlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
(77) 199-22-10;
(95) 795-75-09;
🔗 Tanlov haqida batafsil ma’lumot: jadid.uz/?p=10427
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍5❤4❤🔥2🏆2
BO‘RBOY
Abduvohid HAYIT
“Bo‘rboy” (“bo‘rbay”, “bo‘rvay”) degan so‘zni eshitganmisiz? Bu so‘z izohli lug‘atda yo‘q, demak, adabiy tilda ham yo‘q, lekin shevalarda bor, shuning uchun “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da bor.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🏆2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gʻaspralining ayollar to‘g‘risida mashhur fikri bor
Tadqiqotchi Mahzuna Kamolova jadidlik harakatining asoschisi Ismoil Gʻasparilining ayollar va ularning jamiyatga ta’siri borasidagi mashhur jumlasini eslab o‘tdi.
📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling: https://youtu.be/dtHizRfzOfs
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1🏆1
“O‘ZBEKISTON – OHANRABOLI YURT”
Hindistondagi Javoharla’l Neru universiteti professori, turkolog Axlok Ahmad Axan bilan suhbat
O‘zbekistonga tez-tez kelishimga ikki sabab bor. Birinchidan, kamina Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviy merosi hamda Markaziy Osiyo va Hindiston yarimoroli o‘rtasidagi ko‘p ming yillik madaniy-tarixiy aloqalar ustida izlanishlar olib boraman.
Ikkinchidan, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent va Farg‘ona vodiysi haqida hind adabiyoti orqali ko‘plab manbalarni bolaligimdan eshitib, o‘qib ulg‘ayganman va ular qalbimda ajib tuyg‘ular uyg‘otgan. Bu tuyg‘ular keyinchalik ilmiy qiziqishlarim bilan uyg‘unlashib ketdi.
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🏆2