#Olimpiada_daftari
MUZAFFAR
Kelbatida Alpomish bobosining kuchi jam,
Boysun togʻidan sakrab, oshib keldi Muzaffar,
Olimp xayoli chorlab, tinch qoʻymadi tushda ham,
Amudaryoday toʻlib-toshib keldi Muzaffar.
Tugʻilgan chogʻ, olamga dovruq solib yursin, deb,
Qoʻli baland el qurbin dilda olib yursin deb,
Ism qoʻymish bobolar mudom gʻolib yursin deb,
Shu ismni oqlay deb shoshib keldi Muzaffar.
Otashnafas polvonlar yurar bunda pishqirib,
“Kim boʻlsang ham oʻtaver, yutgayman, deb, ishqilib...”
Toʻrt alpning biri boʻldi mardonavor ish qilib,
Kim aytadi, zoʻrlardan qochib keldi Muzaffar?!
Oltin olmoq, shubhasiz, har abjirning ilinji,
Nasib qildi Parijning tillaga teng birinji,
Kun kelar, shohsupada boʻlgay albat birinchi,
Chempionlikka yoʻlak ochib keldi Muzaffar.
Ikki ming yigirma toʻrt, avgust boshidir sana,
Diyorimga ulashdi yangi shodlik-tantana,
Necha goʻdakni elim Muzaffar atar yana,
Orzu-havas yogʻdusin sochib keldi Muzaffar.
Yurtboshi yuragidan quvvat olgan pahlavon
Yurt bayrogʻin yuksaltdi – yalovbardor, qahramon,
Azaldan gʻolib xalqim, muzaffardirsan hamon,
Shuhratingga yangi shon qoʻshib keldi Muzaffar!
Nodir JONUZOQ
@Jadid_media