JADID media | rasmiy
3.41K subscribers
1.09K photos
143 videos
10 files
1.06K links
“Jadid” gazetasining rasmiy kanallari:
©Lotin > @Jadid_media
©Кирилл > @Jadidmedia_rasmiy

Murojaat: @jadidgamurojaat_bot
Download Telegram
O‘zbekistonda metan va propan narxi oshdi

“Tadbirkorlar metan gaz narxini o‘zlari mustaqil belgilaydi”, – deya ta’kidladi vazirlik mutasaddisi.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
Vrachlar nonushtaning zarurligi haqidagi afsonani yo‘qqa chiqarishdi

Nonushta ovqatlanishning eng muhim usullaridan biri deb hisoblovchi odamlar hali to‘la uyg‘onishga va ochiqishga ulgurmay, xohlasa-xohlamasa, ovqatlanadi. Vaholanki, bunday nonushtadan hech bir foyda yo‘q.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
Bu yil ham xorijiy til oʻqituvchilaridan B2 sertifikati soʻralmaydigan boʻldi

Ammo yangi ishga kirayotgan chet tili o‘qituvchilaridan bunday sertifikatlar talab qilinadi.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
Dunyo boʻylab ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar soni 10 foizga koʻpaydi

Bu jahonda 48 foiz goʻdaklar sogʻlom hayot boshlash imkoniyatiga ega boʻlganini anglatadi.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
Muzaffarbek Toʻraboyev ozarbayjonlik raqibga yutqazdi

Endi hamyurtimiz bronza medali uchun Ispaniya sharafini himoya qiluvchi gruzin Nikoloz Sherazadishviliga qarshi kurashadi.

Bahs taxminan 20:30 dan soʻng boshlanadi.

@Jadid_media
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Navbahor Hamidova chorak finalga yo‘l oldi

Hamyurtimiz AQSh vakili Morelle Makkenega qarshi ringga koʻtarilib, g‘alabaga erishdi.

Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun 3-avgust kuni jang qiladi.

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🔥BRONZAAAA!!!

🇺🇿 Muzaffarbek Toʻraboyev Parij Olimpiadasining bronza medali sohibiga aylandi.

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 #Parij_2024

Medallar jamgʻarmasi (1-avgust 21:00 dagi holat):


🇨🇳Xitoy reytingda 1-oʻrinda, Fransiya va Yaponiya uchlikda.

🇺🇿 Oʻzbekiston 22-oʻrindan joy olgan.

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Lazizbek Mullojonov braziliyalik raqibini magʻlub etdi va yarim finalga yoʻl oldi!

Bu orqali Mullojonov Olimpiada medalini naqd qildi!

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSH dollarining so‘mga nisbatan qiymati – 2-avgust

🇺🇸dollar 12 574,88 soʻm (+30,77)
🇪🇺yevro 13 553,21 soʻm (-27,04)
🇷🇺rubl 146,54 soʻm (+0,86)

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Parij_2024

🇺🇿Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 4 ta sport turi bo‘yicha 9 nafar o‘zbekistonlik bahsga kirishadi.

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada HAMAS yetakchisi o‘ldirilishi munosabati bilan motam e’lon qilindi

Prezident Erdog’an o‘z bayonatida Hamas siyosiy byuro rahbari Haniyaning o‘ldirilishi munosabati bilan Falastin xalqiga hamdardlik bildirib, 2-avgust, juma kunini Turkiyada milliy motam kuni deb e’lon qildi.

@Jadid_media
Buxoro va Navoiy viloyatlarida zilzila sodir bo‘ldi

Magnituda — 4,4. Chuqurlik — 10 km. Epitsentr Toshkentdan 351 km janubi-g‘arbda.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
📊 #Parij_2024

Medallar jamgʻarmasi (2-avgust 11:00 dagi holat):


Xitoy reytingda 1-oʻrinda, AQSH va Fransiya uchlikda.

🇺🇿Oʻzbekiston 23-oʻrindan joy olgan.

Shuningdek, qardosh davlatlardan Qozog‘iston 20, Turkiya 35, Tojikiston 46-o‘rinni band etgan.

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyi quriladi

Hujjatda bu ishlar uchun jami 107,26 mlrd so‘m sarflanishi, ishlarni boshlash uchun 53,63 mlrd so‘m ajratilishi keltirilgan.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
#Olimpiada_daftari

MUZAFFAR

Kelbatida Alpomish bobosining kuchi jam,
Boysun togʻidan sakrab, oshib keldi Muzaffar,
Olimp xayoli chorlab, tinch qoʻymadi tushda ham,
Amudaryoday toʻlib-toshib keldi Muzaffar.

Tugʻilgan chogʻ, olamga dovruq solib yursin, deb,
Qoʻli baland el qurbin dilda olib yursin deb,
Ism qoʻymish bobolar mudom gʻolib yursin deb,
Shu ismni oqlay deb shoshib keldi Muzaffar.

Otashnafas polvonlar yurar bunda pishqirib,
“Kim boʻlsang ham oʻtaver, yutgayman, deb, ishqilib...”
Toʻrt alpning biri boʻldi mardonavor ish qilib,
Kim aytadi, zoʻrlardan qochib keldi Muzaffar?!

Oltin olmoq, shubhasiz, har abjirning ilinji,
Nasib qildi Parijning tillaga teng birinji,
Kun kelar, shohsupada boʻlgay albat birinchi,
Chempionlikka yoʻlak ochib keldi Muzaffar.

Ikki ming yigirma toʻrt, avgust boshidir sana,
Diyorimga ulashdi yangi shodlik-tantana,
Necha goʻdakni elim Muzaffar atar yana,
Orzu-havas yogʻdusin sochib keldi Muzaffar.

Yurtboshi yuragidan quvvat olgan pahlavon
Yurt bayrogʻin yuksaltdi – yalovbardor, qahramon,
Azaldan gʻolib xalqim, muzaffardirsan hamon,
Shuhratingga yangi shon qoʻshib keldi Muzaffar!

Nodir JONUZOQ

@Jadid_media
Issiq va quruq ob-havo hafta oxirigacha davom etadi

Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
👍🇺🇿Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina Sadullayeva hamyurtlarimizning bugungi ishtirokini boshlab berdi.

U balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida 1.83 va 1.88 metr balandliklarni birinchi harakatning oʻzida zabt etdi.

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍🇺🇿Alisher Yusupov slovakiyalik raqibi Marius Fizel ustidan g‘alaba qozondi

Alisher Yusupov dastlabki ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi va chorak final ishtirokchilari qatoridan joy oldi. Endi u yarim final yoʻllanmasi uchun tojikistonlik Temur Rahimov bilan bellashadi.

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Urganch aeroporti 5-avgustda qayta ochiladi

Aeroport uchish-qoʻnish yoʻlagini kapital taʼmirlash ishlari boshlangani munosabati bilan joriy yilning 20-iyul kuni oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgandi.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media