Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.65K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAYYOR QABUL - XALQ BILAN MULOQOTNING SAMARALI USULI

Yaqinda Forish tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari B.Tashpulatov tuman markazidagi madaniyat saroyida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tegishli mutasaddilar ishtirok etgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan qilingan 20 dan ortiq murojaatlar tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ularni qanoatlantirish choralari ko‘rildi.

Sayyor qabulda murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga qonuniy tushuntirish berilib, muddat talab qiladiganlari esa tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Shuningdek, qabul davomida yoshlarga bankdan kredit olish uchun sertifikatlar, sport anjomlari, 1 nafar yoshga kompyuter jamlamasi topshirildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
YaTT yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs o‘z mahsulotini BYuDsiz olib chiqishi mumkinmi

“O‘zini o‘zi band qilgan hunarmand realizatsiya qilish maqsadida o‘z mahsulotlarini kichik turkumlarda olib chiqadi. Bunday tovarni bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan olib chiqish mumkinmi? Qanday hajmda? Bu chegarada qanday ishlaydi?”.
Ulug‘bek Nazarov tadbirkor


– Jismoniy shaxslar umumiy qiymati 5 000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan tovarlarni (shu jumladan – o‘z mahsulotlarini) bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan O‘zbekistondan olib chiqishlarni mumkin. Bu holda bojxona va tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish kerak emas 30.10.2018 yildagi PF-5564-son Farmon 2-b. 4-x.

Olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona nazorati bevosita chegara yonidagi bojxona maskanlarida olib chiqilayotgan tovarlarning nomi, soni va qiymati ko‘rsatilgan holda erkin tarzda to‘ldirilgan tovar yukxati asosida amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar qiymati cheklar, kvitansiyalar va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlanishi mumkin.

Agar yukning egasi ma’lum qilingan tovarlarning bojxona qiymati to‘g‘ri belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etmasa, bojxona organi uni mustaqil ravishda belgilashi mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-may

may oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 мая 2023 года последний день

за май:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi

Inkasso...

Yuridik shaxslar va YATT tomonidan ularga hisoblangan soliqlar belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmaganda, undiruv qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga (shu jumladan, korporativ kartalardagi pul mablagʻlariga) qaratiladi.

Soliq qarzini undirish
soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlariga zarur pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazish uchun elektron shaklda inkasso topshiriqnomasi yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Agar soliq toʻlovchi mustaqil ravishda toʻlov topshiriqnomasini yubormagan boʻlsa, soliqni toʻlash uchun belgilangan muddat tugagach 3 ish kunidan kechiktirmay soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga inkasso topshiriqnomasi qoʻyiladi.

Bunda inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda soʻzsiz bajarilishi shart.

👉Soliq kodeksi 121-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📩

Savol: - Soliq to`lovchilarda ko`rilgan zararlarni kеlgusi davrdagi foydadan chеgirish tartibi qanday?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Mamlakat Karimova javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Viloyat 4-sektor mas'ullari tomonidan Paxtakor tumanida sayyor qabul o'tkazildi

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#keshbek

Keshbek: kimlar shubhali xaridor hisoblanadi?

Shubhali xaridorlar –
keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:

▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.

Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.

Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.

Shubhali xaridorlar reestridan qachon chiqariladi?

🔸Soliq organiga keshbek olish huquqi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki sud qarorini taqdim etganda;

🔸Shubhali xaridorlar reestrga kiritilgan kundan boshlab o‘n ikki kalendar oy o‘tganidan keyin.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Endi nafaqat Korzinka.uz, balki Paynet kassalari orqali ham naqd pul olish imkoniyati mavjud

“UzPaynet”
MChJga ham o‘z tarmoqlari orqali bank kartalari egalariga naqd pul berish imkoniyati taqdim etilmoqda.

Bundan avval huddi shu amaliyot korzinka.uz savdo tarmog‘ida ham yo‘lga qo‘yilgandi.

Endi aholi naqd pul olish uchun faqat bankomatlarga borishiga xojat qolmaydi. Bu ham aholi uchun bir qulaylik.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
NKT orqali sotiladigan tovar va xizmatlarga soliq imtiyozini qo‘llash

➡️Tavsiyada:
– soliq hisobotini shakllantirishda soliq imtiyozlari qanday aks ettiriladi;
– imtiyozli tovarni realizatsiya qilish cheklarida eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolik;
– tovar, xizmatlarning MXIKi bo‘yicha taqdim etiladigan imtiyozlar qanday qo‘llaniladi;
– STIRga taqdim etiladigan imtiyozlar qanday qo‘llaniladi;
– Prezidentning PF-287-son Farmoni 2-bandida nazarda tutilgan aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha pasaytirilgan stavka qanday qo‘llaniladi.

Agar siz xaridor bilan hisob-kitobni onlayn-NKM cheki orqali rasmiylashtiradigan bo‘lsangiz va mazkur realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma yoki uning bir qismi aylanmadan olinadigan soliq yoki QQSdan ozod etish bo‘yicha imtiyoz doirasiga tushadigan bo‘lsa, soliq hisobotlarini to‘g‘ri shakllantirish uchun ushbu tavsiyaga amal qiling.

Soliq hisobotini shakllantirishda soliq imtiyozlari qanday aks ettiriladi

Tovarlarni onlayn-NKM orqali realizatsiya qilishdan tushum onlayn-NKM egasining QQS va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq hisobotlarida avtomatik tarzda aks etadi, vositachilik shartnomasi bo‘yicha tovarlar sotilganda esa komitentning hisobotlarida aks ettiriladi.

Agar realizatsiya qilingan tovar yoki xizmatlarga aylanmadan olinadigan soliq yoki QQS bo‘yicha soliq imtiyozlari tatbiq etiladigan bo‘lsa, tizim uni soliq hisoboti shakllarida aks ettirishi uchun onlayn-NKT bo‘yicha belgilangan qoidalarga va sozlash ishlariga amal qilinishi lozim.

Onlayn-NKT bilan ishlashda qo‘llashga to‘g‘ri keladigan imtiyozlarni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin:

• tovar yoki xizmatlarning MXIKi bo‘yicha taqdim etiladigan imtiyozlar;

• tadbirkorlik sub’ektlarining STIRi bo‘yicha taqdim etiladigan imtiyozlar;

• Prezidentning 30.12.2022 yildagi PF-287-son Farmoni 2-bandida nazarda tutilgan aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha pasaytirilgan stavka.

Onlayn-NKTni sozlash haqida tovarlar sotilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi boshlangunga qadar o‘ylagan ma’qul bo‘ladi. Bu sizni cheklarga tuzatish kiritishdan xalos etadi.

Onlayn-NKT bilan ishlashda, qoida tariqasida, buxgalterlar, tovarshunoslar, kassirlar jalb etilgan. DSIga yuboriladigan hisobotda imtiyozlar to‘g‘ri aks ettirilishi ularning ishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan...


🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Korrupsiya-ichki dushman, soxta do‘st....

Korrupsiya… inson aqlini ozdirib, nafsi quliga aylantirishga qodir mo‘rt tuyg‘u, yolg‘onlarlarda yaltirab ko‘ringan soxta oltin, gullab turgan hayot rangini xiralashtiradigan, odamlar xavfsizligiga tahdid solib, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hunuk hodisalarning ildiz otib ketishiga sharoit yaratib beradigan soxta yuzsiz do‘st u…

Korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchni susaytiradi, davlatning iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qolaversa jamiyatdagi ma’naviy muhitni buzilishiga olib keladi.

Ushbu illatga qarshi kurashish bilan birga, korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan milliy huquq baza va tizimli amaliyot shakllangan.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasida shaxsiy tarkib o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi.

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan dasturda soliq xodimlariga yuklatilgan vazifalar va xizmat, ijro intizomini mustahkamlash, korrupsiya va tamagirlikka qarshi kurash borasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan qat’iy choralar ko‘rish faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan ekanligi, soliq xodimlarini bu kabi nopok yo‘llarga kirib qolmasligi uchun barcha birdek mas’uldir.

Kamol Ergashev, Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining 1- o‘rinbosari

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Forish tumanida 4- sektorning “beshlik” aholi bandligini ta’minlamoqda

Forish tumani 4-sektor rahbari, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i "Qizilqum" mahallasi ma’muriy binosida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori bilan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Sektor rahbari suhbat davomida aholi muammolarini uyma-uy yurib “xonadonbay” o‘rganish va ularni manzilli hal etish choralarini ko‘rish, mahalladagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritilgan oilalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash, mahalladagi mavjud ishsizlarning bandligini ularga subsidiya, kredit berish, tomorqadan unumli foydalanish orqali ta’minlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#savol_javob

🔴Jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan noturarjoy sotilsa, jismoiny shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadimi?

🔵 Soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan noturar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

Bunda noturar joyni sotib olish va sotish o‘rtasidagi ijobiy farq summasidan daromad solig‘i hisoblanadi.

Noturar joyni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

Soliq kodeksi 375-modda
____________
#вопрос_ответ

🔴Начисляется ли налог на доходы при продаже нежилого помещения, принадлежащего физическому лицу?

🔵 Доходы от продажи нежилых помещений, принадлежащих налогоплательщику на праве частной собственности, облагаются налогом на доходы физических лиц.

В этом случае налог на доходы исчисляется исходя из суммы положительной разницы между ценой реализации нежилого помещения и стоимостью его приобретения.

При отсутствии документального подтверждения
стоимости приобретения нежилого помещения доходом признается положительная разница между ценой реализации и кадастровой стоимостью.

👉ст.375 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: - Bankdan mijozning shaxsiy xisobvarag`idan ko`chirma bеrilgan taqdirda elеktron xisobvaraq faktura rasmiylashtirilmasa ham bo`ladimi?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi sho'ba boshlig'i Abdulla Yusupov javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Ijtimoiy tarmoqlardagi reklama xarajatlariga KPKdan haq to‘lashga ruxsat berildi

2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlar xorijiy ijtimoiy tarmoqlardagi reklama xizmatlari uchun korporativ valyuta kartalari yordamida haq to‘lashlari mumkin. Bu Vazirlar Mahkamasining 19.05.2023 yildagi “Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 207-son qarorida nazarda tutilgan.

19.05.2023 yildagi 207-son VMQ yuridik shaxslarga xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish uchun to‘lovni korporativ valyuta bank kartalar orqali kalendar oyida 5 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda amalga oshirishlariga ruxsat beradi.

Hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomga asosan yuridik shaxslarning valyuta bank kartalaridan faqat mamlakatimiz hududidan tashqarida nosavdo tusdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida foydalanish mumkin edi Nizom 19-b., AV ro‘yxat raqami 3294, 03.04.2021 y.. Nosavdo tusdagi operatsiyalar “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasida belgilangan.

Ilgarigidek, import kontraktlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (TSOYaEAT) aks ettirish lozim. 19.05.2023 yildagi 207-son VMQga ilovada tizimga reklamaga doir kontraktlar to‘g‘risida axborotni kiritish va ularga identifikatsiya raqamlarini berish tartibi aniqlashtirilgan.

Valyuta KPKdan foydalanishga doir uzoq kutilgan ruxsatnomaga korxonalar faqat tijorat operatsiyalarining bir turi– xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama xizmatlarini sotib olish uchun ega bo‘lishdi.

KPK yordamida haq to‘lash qulay bo‘lgan boshqa operatsiyalar: ZOOM, ta’lim dasturlari, turli xil internet-servislar va boshqalar uchun to‘lovga hozircha bu daxl qilmaydi. KPK bilan haq to‘lash mumkin bo‘ladigan operatsiyalar doirasi kengaytiriladi, deb umid qilamiz.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol:
🔹Jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirganlarida qanday soliq imtiyozlariga ega bo‘ladilar?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Rustam Yo'ldoshev javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram