Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
1.07K subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Yoshlar bandligi muhim masala

bu bo‘yicha Arnasoy tuman 4-sektorda ishlar qizg‘in

Arnasoy tuman soliq inspeksiya boshlig‘i 4- sektor hududida uyma-uy yurib, yoshlar bilan yuzma-yuz turib uchrashib qolmay, ularni muammolarini bartaraf etish, ertangi hayotga ishonchini uyg‘otish kabi manzilli ishlar amalga oshirilayapti.

Shu ma’noda tuman sektor mas’ullari tashabbusi bilan «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inida har bir fuqaro bilan uchrashmoqda.

Ushbu muloqatlar doirasida «Yosh tadbirkor – davlatga ko‘makchi» loyihasi ishsiz yoshlarni band etishga qaratilgandir.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📩

Savol: - Sotuvchi tomonidan koorparativ bank kartalari orqali mahsulot sotganda chеk bеrishi kеrakmi?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Rashid Davurov javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tax_in_Tashkent_2023

"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi 2023" boshlandi

Bugun Fiskal institutda "Toshkent xalqaro soliq haftaligi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Institut rahbariyati, Soliq qo‘mitasi vakillari, "Tax in Tashkent 2023" tanlovi ishtirokchilari hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Rossiya Federal soliq xizmati "Transfert narxlari" boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Smotritskaya so‘zga chiqib xalqaro tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Xalqaro soliqqa tortish bo‘yicha "Tax in Tashkent 2023" tanlovi 18-20 may kunlari Fiskal institutda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib
o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Moskva shahrida o‘tkazilga "Xalqaro soliqqa tortish InTax 2022-2023" tanlovida Fiskal institut jamoasi MDHning 73 ta oliy o‘quv yurti ichida 3-o‘rinni egallagan edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
📌Nol stavkali QQSni qachon qo‘llash mumkin

➡️Tavsiyada:

– nol stavkali QQSni qo‘llash:
eksport operatsiyalari bo‘yicha;
O‘zbekistonning bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash xizmatlari bo‘yicha;
xalqaro tashish bilan bog‘liq xizmatlar bo‘yicha;
diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda.

Nol stavka quyidagilarni anglatadi:

• bunday stavka bo‘yicha QQS solinadigan realizatsiya aylanmasiga QQS hisoblanmaydi;

• bunday aylanmada foydalanish uchun xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha «kiruvchi» QQS hisobga olinadi.
Shunday qilib, hisobga olish maqsadida realizatsiya bo‘yicha «nol» stavkali aylanma soliq solinadigan aylanmaga tenglashtiriladi.

Nol stavkali QQSni quyidagilarni realizatsiya qilishda qo‘llang :

• tovarlar eksportida;

• ilgari qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlarni;

• bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar)ni;

• bojxona hududida qayta ishlash uchun bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarni;

• chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni O‘zbekiston hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan to O‘zbekiston hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoki transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni;

• xalqaro tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni;

• O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketilgan ashyo-anjomlarni. Ushbu holatda havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallari ashyo-anjomlar deb e’tirof etiladi;

• suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik ta’minoti bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan bunday xizmatlar uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan, shuningdek idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan sotib olinganda;

• ularni sotib olishga vakolatli organga qimmatbaho metallarni , agar ushbu metallarni ishlab chiqaruvchisi bo‘lsangiz.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Prezident Farmoni bilan joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettirilishi belgilandi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📩

Eksport xizmatlarini amalga oshirish uchun elektron hisob-fakturani rasmiylashtirish kerakmi?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Husniddin Murodov javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Diqqat, ovozli chat!

📚Bugun soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlarga soliq imtiyozlari berilishi bo‘yicha ovozli chat tashkil etiladi.

👉 Savollaringizni qoldiring

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAYYOR QABUL - XALQ BILAN MULOQOTNING SAMARALI USULI

Ayni damda Forish tumanida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari B.Tashpulatov tuman markazidagi madaniyat saroyida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazmoqda.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan, bandlik, uy-joy, yotoqxona, kadastr xizmati, kredit va boshqa masalalari bo‘yicha murojaatlar qilinib, ularning har biri alohida nazoratga olindi.

Tegishli mutasaddilar ishtirok etgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan qilingan 20 dan ortiq murojaatlar tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, ularni qanoatlantirish choralari ko‘rildi.

Sayyor qabulda murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, ayrimlariga qonuniy tushuntirish berilib, muddat talab qiladiganlari esa tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram