Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.61K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#imtiyoz

👩‍🎓 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi

✔️Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, ya'ni to‘langan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkin.
👉Soliq kodeksi 378-modda

🛍2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ta'lim olishi uchun to‘lagan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
– Ba’zan onlayn-NKM yoki virtual kassa ishlamay qoladi, ekranga esa xato haqida xabar chiqariladi. TXKMga qo‘ng‘iroq qilishga vaqt sarflamaslik uchun qanday qilib bunday xatolarni mustaqil ravishda bartaraf etish mumkin?

Nodira Payziqulova tadbirkor

– O‘z TXKMga murojaat qilib, kassangiz ekraniga chiqarilishi mumkin bo‘lgan xatolar to‘g‘risida axborotni so‘rang. Ular nimani anglatadi va ularni qanday tuzatish mumkin. Bu yerda muayyan modelga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlar bo‘lishi mumkin.

Ayrim hollarda kassani qayta ishga tushirish, simlar ishonchli ulanganligini tekshirish yetarli bo‘ladi. Ba’zan esa TXKM mutaxassislarining yordamisiz uddalashning imkoni bo‘lmaydi...
Eng ko‘p uchraydigan xatolarni biz “Onlayn-NKTning uzluksiz ishlashi qanday ta’minlanadi” vebinari doirasida ko‘rib chiqdik.

Siz vebinar yozuvini 25 daqiqasidan ko‘rishni boshlab, ushbu tushuntirish bilan tanishishingiz mumkin.

Eng ko‘p tarqalgan xatolar ma’lumotlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga uzatish bilan bog‘liq.

Ularni hal qilish uchun:

1) Internetga ulanganligini tekshirish, kassaning undan foydalanishini ta’minlash;

2) fiskal modul uchun to‘lovni tekshirish, agar uning muddati o‘tkazib yuborilgan bo‘lib, fiskal modul o‘chirilgan bo‘lsa – to‘lovni amalga oshirish lozim.

Yana bir muhim jihat: hozir aksariyat tadbirkorlarda kassa 1 yildan 3 yilgacha ishlaydigan vaqt kelmoqda. Bu shuni anglatadiki, har kuni yoki tez-tez Z-hisobotini yechib oladiganlar, fiskal modulning to‘lib qolishi muammosiga duch kelishadi. Bu holda kassa fiskal modul to‘lib qolganligi haqida xabar chiqaradi va blokirovka qilinadi.

Hozircha bunday xatolar – kam uchraydi, sababi aksariyatida hali vaqt kelmagan. Ushbu xatoni bartaraf etish uchun har qanday holda TXKMga murojaat qilish lozim.

Mutaxassis sizga fiskal modulni almashtirib beradi. Bu holda yangi fiskal modul uchun to‘lovni amalga oshirish kerak emas.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
📌Soliq uzilishi koeffitsientiga ega kontragent nima bilan xavfli

Soliq uzilishi tushunchasi soliq to‘lovchining soliq hisobotida quyidagi yetkazib beruvchilar–kontragentlardan olingan EHF asosida hisobga olinishi lozim bo‘lgan QQS summalari aks ettirilganligini anglatadi:

• QQSni byudjetga to‘lamagan
yoki

• soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagan.

Soliq uzilishini aniqlashda nafaqat sizning kontragentingizning, balki tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berishning butun zanjiri bo‘yicha uning kontragentlarining ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi.

Soliq uzilishi koeffitsienti to‘g‘risidagi axborotni qaerdan topish mumkin

O‘zingizning hamda kontragentingizning soliq uzilishi koeffitsientini – siz quyidagilarda aniqlashtirib olishingiz mumkin:

• my.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetingizning “Kontragent to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida
yoki
• EHF rasmiylashtirish chog‘ida. Tomonlardan har birining soliq uzilishi koeffitsienti to‘g‘risidagi axborot uning rekvizitlari ostida aks ettiriladi.


Koeffitsientlar to‘rtta guruhga bo‘lingan:

1) 0,00 dan 0,20 gacha – “yashil” rangda;
2) 0,21 dan 0,40 gacha – “to‘q sariq” rangda;
3) 0,41 dan 0,60 gacha – “och qizil” rangda;
4) 0,61 dan 1,0 gacha – “to‘q qizil” rangda.

➡️Kontragentning soliq uzilishi siz uchun nima bilan xavfli?

Ushbu koeffitsient qanchalik yuqori bo‘lsa, kontragentda “belgi”ning rangi qanchalik – to‘q qizil rangga yaqin bo‘lsa, shunchalik unga e’tibor bilan qarash lozim. Sizning lozim darajada ehtiyotkorlik qilishingizning mohiyati kontragentni uning shartnoma majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishga qodirligi nuqtai nazaridan baholashdan iboratdir.

Bundan tashqari, agar sizning yagona yetkazib beruvchingiz – “to‘q qizil” rangda bo‘lsa, siz ham u bilan biznes munosabatlariga kirishgan holda, “yashil” rangda qolmasligingizni hisobga oling. Sizning kontragentlaringiz ham, o‘z navbatida, siz bilan ishlagan holda o‘z obro‘larini buzmaslikni o‘ylab qolishadi.

Bundan hech kim himoyalanmagan, hatto “Norma”da birmuncha vaqt shunday vaziyat bo‘lgan.

Biroq – xushxabar bor! Joriy yilning yanvar oyi boshida respublika bo‘yicha o‘rtacha soliq uzilishi koeffitsienti soliq qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 0,18 ni tashkil etgan. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan muayyan ishlar natijasida esa 62 638 tashkilotda joriy yil boshidan bugungi kunga qadar koeffitsient 0,15 ni tashkil etadi (0,03 na pasaygan).

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#imtiyoz

Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan

♻️ Jismoniy shaxslar "kontrakt" to‘lovi, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirgan mablag‘laridan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin.

Yil boshidan ayni kunga qadar 188,1 ming nafar fuqaroga jami 262,9 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

Jumladan:
🔸"Kontrakt" to‘lovidan – 156,8 ming nafar fuqaroga 196,2 mlrd so‘m;
🔸Ipoteka kreditiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan – 20,9 ming nafar fuqaroga 49,9 mlrd so‘m;
🔸Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qilingan to‘lovlardan – 10,3 ming nafar fuqaroga 16,7 mlrd so‘m.

👉"Kontrakt" uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi.
👉"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bandligi muhim masala

bu bo‘yicha Arnasoy tuman 4-sektorda ishlar qizg‘in

Arnasoy tuman soliq inspeksiya boshlig‘i 4- sektor hududida uyma-uy yurib, yoshlar bilan yuzma-yuz turib uchrashib qolmay, ularni muammolarini bartaraf etish, ertangi hayotga ishonchini uyg‘otish kabi manzilli ishlar amalga oshirilayapti.

Shu ma’noda tuman sektor mas’ullari tashabbusi bilan «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inida har bir fuqaro bilan uchrashmoqda.

Ushbu muloqatlar doirasida «Yosh tadbirkor – davlatga ko‘makchi» loyihasi ishsiz yoshlarni band etishga qaratilgandir.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📩

Savol: - Sotuvchi tomonidan koorparativ bank kartalari orqali mahsulot sotganda chеk bеrishi kеrakmi?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Rashid Davurov javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tax_in_Tashkent_2023

"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi 2023" boshlandi

Bugun Fiskal institutda "Toshkent xalqaro soliq haftaligi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Institut rahbariyati, Soliq qo‘mitasi vakillari, "Tax in Tashkent 2023" tanlovi ishtirokchilari hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Rossiya Federal soliq xizmati "Transfert narxlari" boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Smotritskaya so‘zga chiqib xalqaro tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Xalqaro soliqqa tortish bo‘yicha "Tax in Tashkent 2023" tanlovi 18-20 may kunlari Fiskal institutda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib
o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Moskva shahrida o‘tkazilga "Xalqaro soliqqa tortish InTax 2022-2023" tanlovida Fiskal institut jamoasi MDHning 73 ta oliy o‘quv yurti ichida 3-o‘rinni egallagan edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
📌Nol stavkali QQSni qachon qo‘llash mumkin

➡️Tavsiyada:

– nol stavkali QQSni qo‘llash:
eksport operatsiyalari bo‘yicha;
O‘zbekistonning bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash xizmatlari bo‘yicha;
xalqaro tashish bilan bog‘liq xizmatlar bo‘yicha;
diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda.

Nol stavka quyidagilarni anglatadi:

• bunday stavka bo‘yicha QQS solinadigan realizatsiya aylanmasiga QQS hisoblanmaydi;

• bunday aylanmada foydalanish uchun xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha «kiruvchi» QQS hisobga olinadi.
Shunday qilib, hisobga olish maqsadida realizatsiya bo‘yicha «nol» stavkali aylanma soliq solinadigan aylanmaga tenglashtiriladi.

Nol stavkali QQSni quyidagilarni realizatsiya qilishda qo‘llang :

• tovarlar eksportida;

• ilgari qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlarni;

• bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar)ni;

• bojxona hududida qayta ishlash uchun bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarni;

• chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni O‘zbekiston hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan to O‘zbekiston hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoki transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni;

• xalqaro tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni;

• O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketilgan ashyo-anjomlarni. Ushbu holatda havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallari ashyo-anjomlar deb e’tirof etiladi;

• suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik ta’minoti bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan bunday xizmatlar uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan, shuningdek idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan sotib olinganda;

• ularni sotib olishga vakolatli organga qimmatbaho metallarni , agar ushbu metallarni ishlab chiqaruvchisi bo‘lsangiz.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Prezident Farmoni bilan joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettirilishi belgilandi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM