Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.36K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
77 files
5.98K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash

Komitent o‘z vositachilari – marketpleyslar cheklaridagi noto‘g‘ri MXIKni tuzatishi mumkin

Agar vositachi – marketpleyslarning cheklarida MXIK noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo'lsa, komitent ularga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?

1.Komitent my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirishi kerak.
2.“Xizmatlar” toifasidan “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” bandi tanlanadi.
3. Ochilgan oynaning yuqori satrdan "MXIK noto‘g‘ri cheklar" va pastki qatorda "Marketpleys-vositachi cheklari" tanlanadi.
4. Fiskal modul raqami kiritilib, sana ko‘rsatiladi va "Qidirish" tugmasini bosiladi. Agar fiskal modular raqamlari ochiladigan ro‘yxatda aks ettirilmagan bo‘lsa, u holda komitent my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantiradi.
5. Tuzatilishi lozim bo‘lgan chek tanlanib, "Batafsil" so'ngra "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.
6. Keyingi oynada to‘g‘ri MXIK kiritilib tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi va "Saqlash" tugmasi bosiladi.

❗️Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi”.
👉VMQ-255-son 12.05.2022

Tadbirkorlik subyekt (komitent)lari tomonidan kassa cheklarida MXIKlar notoʻgʻri qoʻllanilishini oldini olish maqsadida cheklarga qoʻyilgan talablarga rioya etish hamda marketpleys (vositachi) larga toʻgʻri MXIKlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vositachilar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashlari mumkinmi

✔️ 2022 yilda vositachilik, topshiriq va hokazo shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi soliq to‘lovchilar, shu jumladan – telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi YaTT aylanmadan olinadigan soliqni 25% stavka bo‘yicha to‘lashgan.

➡️ Ammo SK 467-moddasining amaldagi tahririda bunday soliq to‘lovchilar alohida toifaga ajratilmagan va ushbu moddaning 1-bandiga asosan soliqni 4% stavka bo‘yicha to‘laydilar yoki qat’iy belgilangan summada soliqni to‘lashni tanlashlari mumkin.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
4-sektor rahbari olis Chimqo‘rg‘onda sayyor qabul o‘tkazdi

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Zafarobod tumanidagi “Chimqo‘rg‘on” QFYda navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Qabulda ko‘tarilgan 45 dan ortiq fuqarolarning turli ijtimoiy iqtisodiy masalalar bo‘yicha murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Aksariyat murojaatlar ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘llarni ta’mirlash, hududdagi ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari – poliklinika va davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash, dorixona va tadbirkorlik faoliyati uchun kredit rasmiylashtirishda ko‘maklashish kabi masalalardan iborat bo‘ldi.

➡️Batafsil
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Do‘stlik tumanida 4-sektor rahbari uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda

Bugun Do‘stlik tumansoliq inspeksiya boshlig‘i, 4-sektor rahbari “Bog‘zor” mahallasida uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini o‘rganib, aniqlangan muammolarni hal etish choralarini ko‘rdi.

O‘rganish davomida tuman rahbari qishloqlardagi yo‘l ta’miri, elektr simyog‘ochlarni almashtirish, kam ta’minlangan, og‘ir sharoitda yashovchi fuqarolar xonadonlarini ta’mirlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdi.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 100 tadan ortdi

🖊Prezident qarori bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari 19 taga ko‘paydi

1. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish
2. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash
3. Atlas-adras toʻqish
4. Mayda munchoq (biser) tikish
5. Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
6. Temirchilik mahsulotlari uy sharoitida tayyorlash
7. Asalarichilik, shuningdek asalari uyasi va ramkalarini yasash
8. Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish
9. Qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
10. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
11. Qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash
12. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
13. Tayyor mahsulotga etiketga biriktirish
14. Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish
15. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash
16. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash
17. Milliy taqinchoqlar tayyorlash
18. Kandakorlik, misgarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
19. Dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash

Shuningdek, Prezident qarori bilan 01.03.2023-yildan 01.01.2026-yilgacha 3 oydan koʻp 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan koʻpni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔸foyda va AOSning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;
🔸ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;
🔸davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi.

👉Ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday axborot bo‘lishi kerak

Onlayn-NKT cheklariga qo‘yiladigan talablar quyidagi hujjatlarda keltirilgan:

📌 Prezidentning 06.09.2019 y.№ PF-5813-sonli Farmonining 5-bandi;

📌 Aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi;

📌 O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishi ruxsat etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa va fiskal modulga qo‘yiladigan texnik talablarning 3-bandi;

📌 Aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tizimi va (yoki) elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6–8-bandlari .(nizom)
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
SOLIQ_TAQVIMI_MAY_2023.pdf
182.5 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil may oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на май 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Soliq organlarini aholi muammolarini yechimi borasida tizimli ishlarni olib bormoqda

Ayni paytda soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qilayotgan sektorlar o‘z hududlarida barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni hal etish bilan bir qatorda, qishloq yo‘llarni sozlash, aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Do‘stlik tuman soliq inspeksiya boshlig‘i tashabbusi bilan tumanga qarashli “Bog‘zor” mahallasidagi yangi uchastkalar ko‘chalarini tekislash va unga shag‘al yotqishish ishlari jaddallik bilan olib borilmoqda.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Audio
#Xabarlar

Mirzacho'l tumani 4-sektor hududida sport obyektlari qurilmoqda.

👉@JizzaxMTRKradio👈
Audio
#Xabarlar

Arnasoy tumani 4-sektorida rahbar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi.

👉@JizzaxMTRKradio👈
Audio
#Xabarlar

Zafarobodda viloyat 4-sektor rahbarining qabuli o'tkazildi.

👉@JizzaxMTRKradio👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

To‘langan ijtimoiy soliqni ish beruvchilarga qaytarish amaliyoti yana 2 yilga uzaytirildi

🗓 Joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar
ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettiriladi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter