Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.65K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#raqamli_markirovka

Hammasi raqamli markirovka haqida

2021-yil 1-yanvardan
tamaki va alkogol mahsulotlarini majburiy markirovkalash joriy etildi.

2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari markirovkalanmoqda.

2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalarini (changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor) majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

2022-yil 1-avgustdan ikkinchi guruh tovarlari – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar markirovkalanadi;

2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladi.
👉Veterinariya preparatlari markirovkalanadimi?

❗️2022-yil 1-yanvardan raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉Raqamli markirovka kodlarini o'qish qurilmalarni sotib olganlik uchun imtiyozlar

2022-yil 13-iyundan alkogol, tamaki mahsulotlari va pivo uchun raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchga kirdi.
2022-yil 12-sentabrdan boshlab boshqa mahsulotlar uchun ham javobgarlik choralarini ko‘rish normalari kuchga kiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram