Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.41K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
76 files
5.95K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Davlat soliq xizmati organiga aloqador maʼlumotlari haqiqatga mos kelmaydi

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Soliq nazorati tadbirlari qonun doirasida o‘tkazilgan

Keyingi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Fir-Shax Parranda” MChJda assosiz ravishda kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilganligi haqida xabarlar e'lon qilindi.

Ushbu xabarlarda keltirilgan holatlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

“Fir shax parranda” MChJda (parrandachilik faoliyati bilan shug‘ullanadi) 2021-yil davomida qonunchilik normalariga muvofiq 3 marotaba kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilgan (“Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom).

Tekshiruvlarda alohida faoliyat davri qamrab olinib, bir davrdagi faoliyati qayta tekshirilmagan.

Tekshirishlarning 1 tasiga jamiyatning kamaytirishga taqdim etgan hisoboti asos bo‘lgan, yana 2 tasi soliq xavfini boshqarish tizimi orqali soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlanganligi sababli o‘tkazilgan.

Shuningdek, M.Teshayeva bilan bog'lanilganda unga tegishli “Naqshband Buxoro” MChJda ham tekshiruv o'tkazilayotganini ma'lum qilgan. Ushbu holat o‘rganilganda soliq xavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan tafovut yuzasidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilayotganligi, mazkur korxonada M.Teshayeva (*tekshiruv boshlangan davrda) ta'sischi yoki rahbar sifatida soliq bazasida ko‘rsatilmaganligi aniqlandi.

*xabar to'ldirildi
DSQ Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram