Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.66K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Audio
#Ochiq_muloqot

Mavzu: Soliq qarzini undirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Markirovkalangan mahsulotlar bilan to‘g‘ri ishlash uchun nimalarga e’tibor berish lozim

1. 1. Hisobvaraq-fakturalarni oy yakunlariga ko‘ra rasmiylashtirish amaliyotidan voz keching. Buni tovarni haqiqatda jo‘natgan zahoti amalga oshiring. Bunda EHFda ko‘rsatilgan markirovka kodlari xaridorga berilayotgan o‘ramdan o‘qilishi kerak.

2. 2. Jo‘natilgan tovarlarning raqamli markirovka kodi berilgan zahoti EHF rasmiylashtirilishi uchun ekspeditor va hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish uchun mas’ul buxgalter o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ying.

3. 3. Tovarni butlovchi yoki jo‘natuvchi xodimni markirovka kodlarini o‘qiydigan ilova o‘rnatilgan smartfon yoki boshqa gadjet bilan ta’minlang. Xodimlarni ushbu mobil ilovadan foydalanishga va hisobvaraq-fakturalarni to‘g‘ri rasmiylashtirishga o‘rgating.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Korrupsiya va boshqa turdagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксаройда  мамлакатимиз мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан давлат мукофотларини топширди.

Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" вручил государственные награды по случаю 33-й годовщины независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #Mustaqillik #mukofotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#eslatma

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Profilaktika davomida soliq organlarining ayrim elektron xizmatlari ishlamaydi.
________
#напоминание

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 22:00 часов 30 августа до 18:00 часов 3 сентября проводятся профилактические работы.

В период профилактики не будут работать некоторые электронные услуги налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik #mustaqillik_33_yil

Yashasin O'zbekiston! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sizlar bilan birga sog‘-omonlikda, shod-u xurramlikda Vatanimiz tarixidagi eng shonli sanani o‘ttiz uchinchi bor kutib olyapmiz.

O‘tgan davrlarda davlatimiz turli sinovlarda toblanib, tajriba orttirib, o‘zining aniq maqsadi va yo‘li, pozitsiyasiga ega bo‘lgan Yangi O‘zbekiston bo‘lib shakllanmoqda.

Xalqimiz birlashib vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni – yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantirmoqda.

Darhaqiqat, muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida elimizning fidokorona mehnatlari, g‘ayrat-u shijoati bilan orzularimiz amalga oshmoqda. Bunda davlat soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan har bir xodimning ham mehnatlarini e’tirof etish joiz.

Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlangan davlat xizmatchilari orasida davlat soliq xizmati organlari vakillariga berilgan orden va medallar butun soliq tizimidagi xodimlarning birgalikdagi mehnatlariga berilgan baho.

Fursatdan foydalanib, tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha hamkasblarimga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

Mana shunday shukuhli damlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilatyotgan barcha yurtdoshlarimizni, davlat soliq xizmati organlari xodimlarini, bugungi ulug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxt-u saodat, fayz-u baraka tilayman. Yutuq va g‘alabalarimiz ijodkori va bunyodkori bo‘lgan xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

Tinchlik va osoyishtalik bayrami – Istiqlol ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 4-sentabr

- qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻining yillik summasi 30 %ini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 3-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 4 сентября 2024 года последний день

- уплаты 30% от годовой суммы земельного налога за земли сельскохозяйственного назначения
(ч.3 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Umumiy ovqatlanish hamda turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi (PF-132-son, 30.08.2024 y.).

Farmonga muvofiq:

🔹2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalariga:

▫️foyda solig‘i stavkasi 50 %ga kamaytiriladi;

▫️
har oyning 25-sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi.

▫️ Oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:

💳 60 %dan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 40 %i;

💳 60 %dan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 20 %i qaytariladi.

🔹 2024-yil 1-oktabrdan 2028-yil 1-yanvargacha turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga budjetga to‘langan QQSning 20 %i qaytariladi.

📝 2024-yil 1-noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reestri joriy qilinadi.

🔍 2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina Reestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yiladi.

🗓 2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo‘yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM