Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.45K subscribers
11.5K photos
1.5K videos
76 files
5.92K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Yoshlar yuqori barqarorlik reytingida bo‘lgan «Bonu shirinliklari» fabrikasi faoliyati bilan tanishdilar

Yaqinda Jizzax viloyat soliq boshqarmasi va yoshlar ittifoqi viloyati kengashi hamkorligida yoshlar uchun “Bonu shirinliklari” fabrikasiga sayohat tashkil etildi.

Mazkur korxona 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, «Xalq banki»dan faoliyat ko‘lamini kengaytirish hamda zamonaviy ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun qariyb 10 mlrd. so‘m kredit olgan.

Hozirgi kunda bu yerda qandolat, xususan, turli qadoqlangan konfet, vafli, pechenie, keks, pirojnie va tort singari 100 dan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda korxona mahsulotlari qo‘shni mamlakatlar — Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, shuningdek, Ozarbayjon va Xitoyga eksport qilinmoqda.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, mazkur fabrika faoliyati bilan yaqindan tanishish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatish, «Bonu shirinliklari» fabrikasi tomonidan «Bonni» brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yaqindan tanishtirish bo‘ldi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-apreldan...


👉QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi.

👉 Yirik soliq toʻlovchilar
uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

👉 Neft mahsulotlari uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 %ga indeksatsiya qilinadi.

👉Tarkibida shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklar, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi.

👉Yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun yigʻim joriy etiladi.

👉Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni “E-aktiv" axborot tizimida ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddati tugaydi.

👉 Tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 апреля 2024 года...


👉Отменяются некоторые льготы по НДС.

👉Для крупных налогоплательщиков внедряется система оформления товарно-транспортных накладных в электронном виде.

👉Фиксированные ставки акцизного налога на нефтепродукты индексируются на 12%.

👉Вводится акцизный налог на напитки газированные, содержащие сахар, энергетические и тонизирующие напитки - 2 000 сумов за литр.

👉Вводится сбор грузовых автотранспортных средств и прицепов грузоподъемностью свыше 10 тонн.

👉Завершается срок действия порядка добровольного отражения всех операций, связанных с учетом основных средств, нематериальных активов и товарно-материальных ресурсов, в системе "E-aktiv".

👉Субсидии, льготы и преференции применяются к субъектам предпринимательства в зависимости от уровня их рейтинга.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Bugun – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi kuni

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari ushbu sanaga qadar 2023-yilda olgan quyidagi daromadlari to‘g‘risida jami yillik deklaratsiyani topshirishlari lozim:

🔸noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida, foiz va dividend ko‘rinishida olgan daromadlari;
🔸ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan;
🔸moddiy naf tarzidagi;
🔸O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan;
🔸soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan hamda soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan boshqa daromadlari.


O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet el jismoniy shaxslari ham 1-apreldan kechiktirmay daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi lozim.

💻2023-yilda olingan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.

📲Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘lovini
Soliq mobil ilovasi va boshqa to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
📌Deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#aksiz_soligi

Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig'i stavkalari

2024-yil 1-apreldan:

🔹neft mahsulotlari
uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilinadi;

🔹quyidagilarga aksiz solig‘i joriy etiladi:
▫️tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) – 1 litr uchun 500 so‘m;
▫️energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar 1 litr 2 000 so'm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Hurmatli Soliq to‘lovchilar!

🔻 Soliq qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi ATB "Agrobank" tomonidan, Sizni 2024-yil 2-aprel kuni soat 10:00 da Sharof Rashidov tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tadigan, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi har qanday muammolar, xususan "Soliq va bank tizimida tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolar hamda ularning yechimi" mavzusida tashkil e’tilayotgan uchrashuvga taklif etamiz.

📍 Manzil: Jizzax Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tuman soliq inspeksiyasi — LOKATSIYA

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Jizzax viloyatida “Mahallabay” ishlash tizimining dastlabki natijalari bo‘yicha viloyat soliq boshqarmasi Axborot xizmati bosh inspektori Gulchehra Urdusheva axborot berdi.


Jizzax viloyatida joylashgan 309 ta mahallaga jami 185 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Olib borilgan manzilli ishlar, yashirin ish o‘rinlari va ish haqini legallashtirish, soliqdan qochish sxemalarining oldini olish, qonunchilikka rioya etish va soliq majburiyatlarini bajarishga ko‘maklashish natijasida 4 ming 833 nafar soliq to‘lovchining tovar aylanmasi ko‘payib, qo‘shimcha 2,4 mlrd so‘mlik AOS to‘lanishi ta’minlandi.

Soliq to‘lovchilardan yana 2 ming 109 ta qo‘shimcha ob’ektlar aniqlanib, ular bo‘yicha 1,9 mlrd so‘m soliq (mol-mulk solig‘i 0.9 mlrd so‘m va yer solig‘i 1.0 mlrd so‘m) hisoblandi.

542 ta bo‘sh turgan ob’ektdan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilib, 1292 ta ish o‘rni yaratildi. Ilgari vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan 850 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyati tiklandi.

2 223 ta korxonadagi norasmiy band bo‘lgan 4 204 nafar xodimning faoliyati qonuniylashtirildi. Ularga to‘langan 7.7 mlrd so‘m miqdoridagi ish haqi uchun qo‘shimcha 1.3 mlrd so‘m JShODS hisoblandi.

Noqonuniy faoliyat yuritayogan 145 ta dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Aholi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davom ettirilib, 22 624 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishiga ko‘maklashildi.

Jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlari uchun joriy yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan 228,6 mlrd so‘m soliqning 26,4 mlrd so‘mi undirilgan.

Soliq inspektorlari faoliyatining ko‘rsatkichlari tadbirkorlik faoliyatining barqarorligini ta’minlash, uning aylanmasini va rasman band bo‘lgan xodimlar sonini oshirishga ko‘maklashish, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va aholining soliq madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!


Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉Физические лица получили уведомления об уплате налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads