Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.55K subscribers
11.4K photos
1.49K videos
75 files
5.87K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti
Yaqinda Baxmal va G‘allaorol tuman soliq xodimlari uchun proflaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘z olgan viloyat soliq boshqarmasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i yurtimizda soliq xodimlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, qilinayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasidagi imkoniyatlarga alohida to‘xtaldi.

Unda har bir soliq xodimlari temir intizomga amal qilib, halollik bilan o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, xalqparvarlik bilan faoliyat olib borishlari lozimligi haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda rahbariyat tomonidan ishlab chiqilgan dasturda soliq xodimlariga yuklatilgan vazifalar va xizmat, ijro intizomini musahkamlash, korrupsiya va tamagirlikka qarshi kurash borasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan qat’iy choralar ko‘rish faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan ekanligi, soliq xodimlarini bu kabi nopok yo‘llarga kirib qolmasligi uchun barcha birdek mas’ulligi ta’kidlandi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#soʼrovnoma

Hurmatli tadbirkorlar!


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari bo‘yicha jamoatchilik fikr-mulohazalarini va takliflarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o’tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqiladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6
_____________
#опрос

Уважаемые предприниматели!


С целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства проводится опрос.

По результатам опроса будут разработаны предложения.

Пройдите опрос по ссылке https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

❗️Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari diqqatiga!

Joriy yilning 13-fevral kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish hamda reytingni aniqlash mezonlari bilan tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuvga savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari rahbarlari va ularning hisobchilari taklif etiladi!

13-fevral, 15:00

📍 “InterContinental Tashkent” (Trilliant) mehmonxonasi — LOKATSIYA

Ro’yxatdan o‘tish: https://forms.gle/Ft8n26tYf6PwjcVc9

Batafsil ma’lumot uchun:
📞
+998781506006
___________
#рейтинг_устойчивости

❗️Вниманию предприятий в сфере торговли и общественного питания!

13 февраля этого года в Ташкенте будет организована очередная встреча с предпринимателями с целью донесения сути и значения Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства и ознакомления с критериями его определения.

На встречу приглашаются руководители и бухгалтеры предприятий торговли и общественного питания.

13 февраля, 15:00.

📍«InterContinental Tashkent» (Триллиант) — ЛОКАЦИЯ

Регистрация: https://forms.gle/Ft8n26tYf6PwjcVc9

Для дополнительной информации:
📞
+998781506006

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#umumiy_ovqatlanish

Umumiy ovqatlanish korxonalari qanday soliqlarni to'laydi va ular qanday imtiyozlarga ega?

Umumiy ovqatlanish korxonalari Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni jami daromadidan kelib chiqib, shuningdek korxonaning o'z tanloviga ko‘ra to'laydi. Bularga quyidagilar kiradi:
▫️ qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i (YTTlar uchun);
▫️AOS (jami daromadi 1 mlrd so'mgacha);
▫️QQS va foyda solig‘i (jami daromadi 1 mlrd so'mdan ortiq).


Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini ko‘rsatish orqali AOS to‘lash tartibini tanlash huquqiga ega. Bunda yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda AOS to‘lashni rad etish va QQS hamda foyda solig‘ini to‘lashni tanlashga haqli.
👉 Soliq kodeksi 462-modda

Agar soliq davridagi jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmasa, korxona AOSni 4 % stavkada yoki qat'iy belgilangan summadagi AOS to'lash huquqiga ega.
👉 2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi

❗️2023-yil uchun AOS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 15-fevral.

Agar korxonaning soliq davridagi jami daromadi belgilangan miqdor – 1 mlrd so‘mdan oshsa, QQS (12 %) va foyda solig‘i (12 %) to‘lashga o‘tadi.

❗️Yanvar uchun QQS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 20-fevral.

Agar soliq to'lovchining soliq solish obyekti mavjud bo'lsa jami daromadi miqdoridan qat'i nazar, quyidagi soliqlarni to'laydi:
▫️yuridik shaxslar mol-mulk solig'i,
▫️yuridik shaxslar yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


Shuningdek, alkogol mahsulotlarni (chakana va quyib sotish) realizatsiya qilishda, agar ular tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lsa, umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im to‘laydi.
👉 2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
“Yangi hayot” mahallasi obod bo‘lmoqda

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sharof Rashidov tumanidagi “Yangi hayot” mahallasida bo‘ldi. U yerda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dasturga muvofiq ”Yangi hayot” mahallasi og‘ir hudud sifatida belgilab olingan. Mazkur mezonga ko‘ra bu yerda infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda
Ushbu hudud aholisini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida viloyat 4- sektor rahbari boshchiligida ishchi guruhi vakillari uyma-uy yurib o‘rganishlar olib bordi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida qator ijobiy ishlar qilindi. Jumladan, mahallalardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida katta yo‘l chetlarida piyodalar harakatlanishi uchun maxsus yo‘laklar barpo etilmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#barqarorlik_reytingi

Birozdan so’ng Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish hamda uni aniqlash mezonlari bilan tanishtirish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxona vakillari ishtirokida navbatdagi seminar bo’lib o’tadi.

📡 Jonli efir
_______
#рейтинг_устойчивости

Скоро начнется очередной семинар для предпринимателей, занятых в сфере торговли и общественного питания, с целью ознакомления их с сутью и значением Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства, а также с критериями определения рейтинга.

📡 Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#umumiy_ovqatlanish

Respublika bo‘yicha jami 20 329 ta yuridik shaxs umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib bormoqda. 2023-yilda ularning tovar aylanmasi 8,4 trln so‘mni, shuningdek ular tomonidan to‘langan soliqlar 348 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Savdo sohasida 143,5 mingta yuridik shaxs faoliyati yuritmoqda. Ushbu korxonalarning o‘tgan yildagi tovar aylanmasi 20,1 trln so‘mdan oshgan, ular tomonidan to‘langan soliqlar esa 449,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
________
#общепит

По республике 20 329 юридических лиц осуществляют деятельность в сфере общественного питания. В 2023 году их товарооборот составил 8,4 трлн сумов, а сумма уплаченных ими налогов - 348 млрд сумов.

В сфере торговли
осуществляют деятельность 143,5 тысячи юридических лиц. В прошлом году товарооборот у них превысил 20,1 трлн сумов, а сумма уплаченных налогов составила 449,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads