Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.53K subscribers
11.4K photos
1.49K videos
75 files
5.88K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Tadbirkorlarga yangi tashkil etgan ish o‘rinlariga qarab soliqdan imtiyozlar beriladi

Senatning elliginchi yalpi majlisida “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora‑tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
📌Rasmiy munosabat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi “Chorshanba dehqon bozori” MChJda sotuvchi va haridorlar uchun sharoit yo‘qligi va antisanitar holatda ekanligi borasida tanqidiy videolavha e’lon qildi.

Mazkur bozor Baxmal qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qirqqishloq” MFYda joylashgan bo‘lib, haftaning faqatgina chorshanba kuni faoliyat ko‘rsatadi.

Bozorga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir martalik to‘lovlar uchun Uz kassa №5 rusumli fiskal mobil onlayn nazorat kassa mashinasi o‘rnatilgan.

Ayni damda Baxmal tuman soliq inspeksiya rahbari mazkur jamiyat rahbariga huquqiy tushunchalarni berib, bu borada nazoratni kuchaytirishini ma’lum qiladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi Axborot xizmati

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#qonun_loyihasi

Ayni paytda Oliy Majlis Senatining 50-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda
👉 Jonli efir

Unda "Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda.
______
#законопроект

В настоящее время проходит 50-ое пленарное заседание Сената Олий Мажлиса
👉Прямой эфир

В числе обсуждаемых вопросов - Закон «О внесении дополнений в Налоговый кодекс Республики Узбекистан в связи с определением мер, направленных на установление взаимовыгодного сотрудничества с субъектами предпринимательства по сокращению бедности».

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etildi.

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:

▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilishda vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Yagona elektron platforma — tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun qulay maydon

Sharof Rashidov tumaniga qarashli “Yangi hayot” mahallasida “Obod xonadon, Obod ko‘cha, Obod mahalla” mezonlari doirasida soliq xodimlari va hokim yordamchilari va bank mutaxassislari ishtirokida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali uyma- uy yurib, so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Mazkur platforma ko‘magida kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi. Kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan taqdim etiladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Odob-axloq qoidalаri amalda

Jizzax viloyat soliq boshqarmasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan hududlarda proflaktik tadbirlar davom etmoqda.

Kuni kecha Zafarobod va Paxtakor tuman soliq inspeksiyalarida korrupsiya va boshqa turdagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan” Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” deb nomlangan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Unda korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga tushov ekani, shaxsiy tarkibda ushbu illatga nisbatan toqatsizlik kayfiyatini kuchaytirish, salbiy holatlarning oldini olishda barcha birdek ogoh bo‘lishi lozimligi, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etmaslik lozimligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Jizzax viloyat soliq boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Jizzax viloyati soliq boshqarmasida buyuk ajdodlarimiz -Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bijan tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Olam ichra joh foniy, yaxshi boqiy” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi raisi Mehribon Abdurahmonova va Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, navoiyshunos olima Zuhra Mamadalievalar nutq so‘zladilar.

Tadbirda ulug‘ ajdodlarimiz ijodidan namunalar o‘qildi, ularning boy va serqirra ijodiy merosi, bunyodkorlik va xalq ma’murligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari yod etildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
🏓#Stol_tennisi_Jizzax

🟣Jizzax shahrida 5-10 fevral kunlari sportning stol tennisi turi bo‘yicha U-13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

🏅Musobaqada jizzaxlik sportchilardan Muhammad Xudoyberdiev faxrli 3-o‘rinni, E’zoza Xo‘rozova va Nozima Xazratovalar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

🏆10-fevral kuni aralash juftlik o‘yinlari va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM