Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.66K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Armiya - jasorat, matonat va bilim maskani

Jizzax viloyat soliq boshqarmasida “Armiya – jasorat, matonat va sergaklik davr talabi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Jizzax viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda markaziy harbiy okrugi va Jizzax shahar ma’naviyat bo’limi hamkorligida o'tgan tadbirda soʻz olganlar, ozod diyorimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrash, uning tinchligini himoya qilishda milliy armiyamizning roli beqiyosligini ta’kidladilar.

Vaholanki, ilgari – sobiq sho‘rolar tuzumi zamonida yigitlarimiz muddatli harbiy xizmatni O‘zbekistondan uzoqlarda, nosog‘lom ma’naviy muhit hukmron bo‘lgan harbiy qismlarda o‘tashga majbur edi. Oqibatda umrining ayni kuchga to‘lgan ikki yilini behuda, mazmunsiz o‘tkazardi.

Shu bois o‘sha davrda muddatli harbiy xizmatga bugungidek istak ham, intilish ham bo‘lmagan. Bugun ko‘p millatli xalqimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini asrash ishiga muqaddas burch va yuksak sharaf sifatida qaralayotgani bir paytlar O‘zbekistondan olis o‘lkalarda askarlik burchini o‘taganlarda havas uyg‘otmoqda.

Bugun muddatli harbiy xizmatga jismonan va ma’nan sog‘lom, yuksak intellektual salohiyatli yoshlar saralab olinmoqda.

Bularning barchasi, istiqlol yillarida professional milliy armiyamizni shakllantirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish har bir yigit uchun nafaqat burch, balki haqiqiy shon-sharaf ishiga, farzandini armiya saflarida ko‘rish esa ota-onalarning orzusiga aylanganidan dalolat beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 8-yanvar

dekabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️8 января 2024 года последний день

за декабрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
To‘lov xabarnomalarini topshirish tartibi bilan tanishing

Ilgariroq soliq organlari har yili 1 martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshirishi belgilangan edi SK 439-m. 2-q.

Endilikda to‘lov xabarnomalari imzo ostida topshirilishi belgilandi:

– soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda (mavjud bo‘lgan taqdirda);
– soliq to‘lovchi nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida;
– soliq organlarining maxsus mobil ilovasida;
– olinganligini va sanani tasdiqlaydigan boshqa yo‘l bilan.


🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Soliq stavkalarining aniq miqdorini taqdim etish muddati o‘zgartirildi

Ilgariroq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari soliq organlariga keyingi yil uchun aniq soliq stavkalarini joriy yilning 31 dekabriga qadar taqdim etishgan (SK 429-m. 3-q).

Endilikda bu muddat joriy yilning 10 yanvariga qadar belgilangan. Bunda avvalgidek soliq organlari ularni yuridik shaxslarga 5 kun ichida ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq hisob–kitobini, shuningdek soliqqa tortilmaydigan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etish muddati 2024 yil 22 yanvardan kechiktirilmasligi lozim (20 va 21 yanvar dam olish kunlari ekanligini hisobga olgan holda) (SK 423-m. 1-q).

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, adolat posbonlari!

Soliq qo‘mitasi jamoasi 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan barcha xodimlarni tabriklaydi.

Mamlakatimizda adolatli huquqiy jamiyatni barpo etish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oshirishdagi mashaqqatli va sharafli mehnatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o'rnatish uchun joylarni sotib oling!

"E-auksion" platformasida 169 ta elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o'rnatish joylari savdoda turibdi.


➡️ Jizzax viloyatida 13 ta joy

🚙Аrnasoy tumanida 3 ta joy (ko'rish)
🚙 Zomin tumanida 1 ta joy (ko'rish)
🚙 Forish tumanida 2 ta joy (ko'rish)
🚙Paxtakor tumanida 3 ta joy (ko'rish)
🚙G'allaorol tumanida 1 ta joy (ko'rish)
🚙Jizzax shaxarida 1 ta joy (ko'rish)
🚙Yangiobod tumanida 2 ta joy (ko'rish)

Ko'chma savdo joylari uchun auksion savdolarida ishtirok eting!

Barchasini ko'rish

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#QQS

QQS toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar

2024-yilda QQS stavkasi 12% miqdorida saqlanib qoldi.

Endi nafaqat Oʻzbekiston hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, balki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston deb eʼtirof etilgan chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar ham QQS toʻlovchisi hisoblanadi.

1-apreldan QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar QQSga tortiladi

savdo aylanmasi boʻyicha:
▫️ tibbiy xizmatlar;
▫️ veterinariya xizmatlari;
▫️ dori vositalari;
▫️ veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar.


Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda:
▫️dori vositalari;
▫️veterinariya dori vositalari;
▫️tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
▫️shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xomashyo.

aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
▫️suv taʼminoti;
▫️kanalizatsiya;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️issiqlik taʼminoti.
Avval ushbu xizmatlarni koʻrsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.

2028-yil 1-yanvarga qadar QQSdan ozod qilinadi – budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib oladigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi (Oʻzbekiston tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar bundan mustasno). Ushbu me'yor 2023-yil 16-noyabrda amaliyotga joriy qilingan.
____________
#новое_в_законодательстве
#НДС

Внесенные в законодательство изменения по НДС

В 2024 году ставка НДС сохраняется в размере 12%.

Теперь плательщиками НДС признаются не только иностранные юрлица, но и физические лица, зарегистрированные в качестве предпринимателей в соответствии с законодательством иностранного государства и осуществляющие предпринимательскую деятельность, реализующие товары (услуги) на территории РУз, если местом реализации таких товаров (услуг) признается РУз.

С 1 апреля отменяются некоторые льготы по НДС, т.е. будет облагаться НДС

оборот по реализации:
▫️медицинских услуг;
▫️ветеринарных услуг;
▫️лекарственных средств,
▫️ветеринарных лекарственных средств, изделий медицинского и ветеринарного назначения.


ввоз на территорию РУз:
▫️лекарственных средств,
▫️ветеринарных лекарственных средств,
▫️изделий медицинского и ветеринарного назначения,
▫️а также сырья, ввозимого по перечню, определяемому законодательством.


оборот по реализации услуг, оказываемых населению по:
▫️водоснабжению,
▫️канализации,
▫️санитарной очистке,
▫️теплоснабжению.
Ранее оборот по оказанию этих услуг облагался НДС по нулевой ставке.

До 1 января 2028 года освобождается от НДС оборот по реализации, а также ввоз товаров (услуг), приобретаемых в рамках проектов, финансируемых за счет займов международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций (кроме рефинансируемых или перекредитуемых через банки Узбекистана), привлекаемых бюджетными организациями и предприятиями с госдолей 50% и выше. Данная норма действует с 16 ноября 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#AOS

2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi o‘zgardi

Qatʼiy belgilangan summada AOS stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilandi:
▫️ jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 25 mln so‘m;
▫️ jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 34 mln so‘m.
________
#налог_с_оборота

Изменились ставки налога с оборота в фиксированной сумме на 2024 год

Ставки налога с оборота в фиксированной сумме установлены в следующих размерах:
▫️для налогоплательщиков с совокупным доходом, не превышающим 500 млн сумов - 25 млн сумов в год;
▫️для налогоплательщиков с совокупным доходом свыше 500 млн сумов - 34 млн сумов в год.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#imtiyoz

Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirildi

2022-yil 1-apreldan 2028-yil 31-dekabrga qadar (avval 2024-yil 31-dekabrgacha) boʻlgan davrda:

🔹JSHODSdan ozod qilinadi – Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar boʻyicha dividendlar tarzidagi daromadlari;

🔹foyda soligʻi boʻyicha 5 % miqdorida soliq stavkasi qoʻllaniladi – Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari boʻyicha dividendlar tarzidagi daromadlariga;

🔹foyda soligʻi hamda JShODSdan ozod etiladi – Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha foizlar tarzidagi daromadlari.

👉Soliq kodeksi 483-modda
__________
#новое_в_законодательстве
#льготы

Продлен срок действия налоговых льгот по доходам в виде дивидендов и процентов

На период с 1 апреля 2022 года по 31 декабря 2028 года (ранее по 31 декабря 2024 г.):

🔹доходы физлиц — резидентов и нерезидентов РУз в виде дивидендов по принадлежащим им (акционерам) акциям освобождаются от НДФЛ;

🔹по доходам юрлиц — нерезидентов РУз в виде дивидендов по принадлежащим им (акционерам) акциям применяется ставка по налогу на прибыль в размере 5%;

🔹доходы физических и юридических лиц — резидентов и нерезидентов РУз в виде процентов по облигациям хозяйственных обществ освобождаются от НДФЛ и налога на прибыль.

👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
4-sektorda murojaatlar qanday hal etilmoqda? Sh.Rashidov tumanida davlat rahbari topshirig‘i ijrosiga kirishildi

Sharof Rashidov tumanida yashovchi Nazira Turdiqulova bir nafar farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalardan biri.

Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach tumandagi Qo‘rg‘ontepa mahallasida yashovchi otasining uyiga kelib yashashga majbur bo‘ldi.

O‘tgan 2023 yilda qarindoshlari ko‘magida kichikroq bo‘lsa ham uy ko‘tarilib, u o‘z xonadoniga ega bo‘ldi.

➡️Batafsil

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
Soliq qonunchiligidagi yangiliklar

O‘zbekistonda 1 apreldan gazli va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etildi


2024 yilning 1 apreldan shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan va iste’mol qadog‘iga qadoqlangan gazlangan ichimliklarga (energetik va tonik ichimliklar bundan mustasno) 1 litri uchun 500 so‘m miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi.

Bunda me’yoridan ortiq iste’mol tufayli kasalliklar, shu jumladan, diabet ko‘payishi mumkinligi hisobga olingan.

Energetik va tonik ichimliklar litri uchun 2000 so‘mlik aksiz solig‘i joriy etiladi. Aksiz solig‘idan tushgan mablag‘lar Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Kichik biznes sub’ektlari qo‘llab-quvvatlanadi

2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda kichik biznes sub’ektlarini uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturida ishtirok etuvchi tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari bo‘yicha olingan foizlar ko‘rinishidagi daromadlari daromad solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanadigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 9-yanvar

dekabr oyi uchun:


- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 января 2024 года последний день

за декабрь:


- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#alkogol #yigim

2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

👉OʻRQ-886-son, 25.12.2023-y.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads