Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.64K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Korxonalarga “yashil energiya” sertifikatlari nima uchun kerak

2023 yil 1 iyuldan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan energiyani iste’mol qilish me’yorini to‘liq bajarmagan yuridik va jismoniy shaxslar yetishmagan energiya ulushini “yashil energiya” sertifikatlarini sotib olgan holda qoplashlari mumkin. Bu Prezidentning 12.05.2023 yildagi PQ-156-son qarorida nazarda tutilgan.

“Yashil energiya” sertifikatlari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi:

• 2023 yil 1 iyuldan boshlab – “O‘zbekgidroenergo” gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun;

• 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab – quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida hamda qayta tiklanuvchi boshqa energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun.

Generatsiya ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, “yashil energiya” sertifikatlarini chiqarish, generatsiya ob’ektlariga berish va ularning harakati hisobini yuritish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’uldir.
Bir dona sertifikat qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda 1 000 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.

“Yashil energiya” sertifikatlari fuqarolik huquqlari ob’ektlari jumlasiga kiradi, erkin muomalada bo‘lishi va qonunchilikda belgilangan tartibda yoki usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin (sotish, hadya qilish va hokazo). Ular elektr energiyasi sotilganda yoki bunday sotuvga bog‘liq bo‘lmagan hollarda ham boshqa shaxslarga o‘tkazilishi mumkin.

Generatsiya ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, noyob identifikatsiya raqamiga ega bo‘lgan “yashil energiya” sertifikatlarini chiqarish, ularning harakati hisobini yuritish “Yashil energiya” sertifikatlari yagona elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

“Yashil energiya” sertifikatlarini chiqarish, berish, hisobdan chiqarish va ularning aylanmasi bilan bog‘liq munosabatlarga qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik tatbiq etilmaydi.

Foyda solig‘i

“Yashil energiya”
sertifikatlarini xarid qilishga doir xarajatlar foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bir oy muddatda SKga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Sportning futbol va mini-futbol turlari bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining Jizzax shahar bosqichi g'oliblari taqdirlandi

Jizzax shahrida mahallalardagi jamoalar ishtirokida sportning futbol va mini-futbol turlari bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining Jizzax shahar bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Musobaqalarning shahar bosqichida 34 ta mahalla jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.

Katta futbol bo’yicha o’g’il bolalar o’rtasida:
1-o’rin: 4-sektor bo’yicha Turon MFY,
2-o’rin: 1-sektor Yoshlik MFY
3-o’rin 2-sektor A.Navoiy MFY.

Mini futbol bo’yicha o’g’il bolalar o’rtasida:
1-o’rin 4-sektor Amir Temur MFY.
2-o’rin 1-sektor Ittifoq MFY.
3-o’rin 2-sektor A.Navoiy MFY.

Mini futbol bo’yicha qizlar o’rtasida:
1-o’rin 3-sektor qizlar terma jamoasi
2-o’rin 4- sektor qizlar terma jamoasi
3-o’rin 1-sektor qizlar terma jamoasi

G'oliblar diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: - Tеkshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yuborilgan xabarnomaga bеlgilangan o`n kunlik muddatda javob bеrilmagan taqdirda soliq organi tomonidan qanday chora ko`riladi?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Rustam Yo'ldoshev javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Viloyat soliq boshqarmasida tadbirkorlar ishtirokidagi yig‘ilish  mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilashga bag‘ishlandi

Bugun viloyat soliq boshqarmasida  mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar yuzasidan soliq  nazorati doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy soha ob’ektlarini ta’mirlash masalalari bo‘yicha hududlarda sektorlar tomonidan o‘rganishlar olib borilgan.

Ta’kidlanganidek, 2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha (Prezidentning 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ–408-sonli qarori) viloyatdagi 184 ta ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 399,7 millard so‘mdan ortiq mablag‘ rejalashtirilgan. 

Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati  tomonidan  qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan  ob’ektlar bo‘yicha aksariyat loyihalarning loyiha-smeta hujjatlaridagi  hisobotlarda moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum qilindi.

Qurilishda norasmiy ishchilarni legallashtirish borasida ko‘rsatmalar berildi.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Aksiz solig‘i solinadigan ob’ekti bo‘lib nima hisoblanadi

Soliq to‘lovchi aksiz to‘lanadigan tovarlar bilan amalga oshiradigan operatsiyalari, ayrimlari bundan mustasno, soliq solish ob’ektining yuzaga kelishiga olib keladi.

Bunday operatsiyalarga quyidagilar kiradi :

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ayirboshlash uchun berish:
– tovarga bo‘lgan mulk huquqini berish;

– garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan berish;

– aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish;

– aksiz to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) mehnatga haq to‘lash hisobidan berish;

– aksiz to‘lanadigan tovarlarni dividendlar to‘lash hisobiga berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav kapitaliga hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning tugatilishida aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;

• aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuningdek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytариш .

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari ochiq holda namoyish etilmaydi

Chakana savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari ochiq holda namoyish etilmaydi. Yaʼni sotuvdagi tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari oʻrniga ularning nomi va narxi aks ettirilgan roʻyxat joylashtiriladi.
Bunda xaridor talabiga koʻra, faqat sotiladigan mahsulot koʻrsatilishi mumkin.

Mazkur tartib, 2023-yil 24-maydagi Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi OʻRQ-844-son Qonunda belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, Qonun bilan Soliq organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari tasdiqlandi.
Unga muvofiq, soliq organlari:
▫️alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻlanishi ustidan nazorat qiladi;
▫️savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi. Ularning noqonuniy aylanmasini oldini olish choralarini koʻradi.

Qonunga muvofiq, alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishga doir cheklovlar bilan batafsil 👉bu yerda tanishing.

Qonun rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Soliq mobil ilovasidan 1 trln 190 mlrddan ortiq keshbek to‘landi

Joriy yilning 29-may holatiga aprel oyi uchun 1,6 mln nafarga yaqin iste'molchiga 89,6 mlrd so‘m to‘lab berildi. 26-mayga qadar 57,9 mlrd so‘m to‘langan edi.

📆 Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun hisoblangan yana 3,1 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📱
Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 192 mlrd so‘mdan oshdi.

Tasdiqlanish jarayonida bo‘lgan keshbeklar qachon tasdiqlanadi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

👉Nima uchun keshbek tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasidan bilib oling.
——————————-
#кешбэк

Через мобильное приложение Soliq выплачено свыше 1 трлн 190 млрд сумов кешбэка

По состоянию на 29 мая этого года около 1,6 млн потребителей выплачено 89,6 млрд сумов кешбэка. К 26 мая было выплачено 57,9 млрд сумов.

📆 Также в результате устранения недостатков подтверждено ещё 3,1 млрд сумов кешбэка за прошлые месяцы.

📱Общая сумма кешбэка, выплаченного через мобильное приложение Soliq, превысила 1 трлн 192 млрд сумов.

Когда будет подтвержден кешбэк
, находящийся в процессе подтверждения

Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

👉Через мобильное приложение Soliq можно узнать, за какие чеки и почему не подтвержден кешбэк

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4-sektor rahbari mahalla beshligi bilan uchrashdi

Kuni kecha Zarbdor tuman soliq inspeksiya boshlig‘i, 4-sektor rahbari B.Qulmatov sektor hududidagi mahallalarida faoliyat yuritayotgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.

Sektor rahbari va mahalla beshligi o‘rtasida bo‘lgan uchrashuvda mas’ullarga xondonbay yurish tamoyili asosida aholi murojaatlarini o‘rganish, yechimini ko‘tayotgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan sektor rahbariga takliflar kiritish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqish xususida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram