Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
1.04K subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Bugun viloyat 4-sektor rahbari Mirzacho‘l tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Viloyati 4-sektor rahbari, soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov, viloyat hokimi va Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida bugun, 5 may kuni Mirzacho‘l tumani “Toshkent” qishloq fuqarolar yig‘ini aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat va tuman 4-sektor ishchi guruhi a’zolari, boshqa mutasaddi idoralar mas’ullari, ushbu mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi ishtirok etdilar.

Qabulda ko‘tarilgan 20 ga yaqin fuqarolarning turli ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar mas’ullariga topshiriqlar berildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Aholi bilan muloqotda bildirilgan taklif va mulohazalar, ko‘tarilgan muammolar asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joyiga chiqib o‘rganilib, mahalallarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, asosan “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlariga kirgan, shuningdek ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan yangi korxonalar faoliyati va ularning imkoniyatlari birma-bir o‘rganildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining ko‘magi bilan "Uvobsoy" qishlog‘iga 20 dona beton stalbalar yetkazib berildi

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rashidov tumanidagi "Uvobsoy" qishlog‘idagi ko‘prik qurilishiga bordi.

Viloyat 4-sektor rahbari bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, quruvchilar bilan muloqot qildi.

Mahalla faollari boshqarma boshlig‘i B.Tashpo‘latov bilan yuzma-yuz uchrashuvda qishloq uchun 20 dona beton stalbalar zarurligi borasida murojaat qilingan edi.

Mazkur murojaat qanotlantirilib, sektor rahbarining ko‘magi bilan stalbalar yetkazib berildi.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
96 yoshli urush faxriysi Vera Tolpeevaga Prezident sovg‘asi topshirildi

Asli ukrainalik Vera Tolpeeva ikkinchi jahon urushining ilk kunlaridan asirlikka tushdi va nemis konslagerlarida maxbuslar qatorida yashadi. Urushdan so‘ng esa O‘zbekistonga jo‘natildi. Hayotning qiyinchiliklari Verani Jizzax shahrida mamlakat iqtisodiyotiga munosib hissa qo‘shishiga sabab bo‘ldi. Shu yerda oila qurdi, farzandlarini tarbiyaladi. Garchi bugungi kunda xasta bo‘lsada, farzandlarining qaramog‘ida ekanligidan baxtli.

Bugun Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Bekzod Tashpulatov urush va mehnat faxriysiga 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Prezidentimizning esdalik sovg‘alarini va bir martalik pul mukofotini topshirdi. Jizzax garnizoni vakillari va faxriyning oila a'zolari ishtirokida o'tgan tadbirda onaxon singari faxriylar doimo e'zozda ekanligi ta'kidlandi.

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda viloyatimizda 4 nafar urush qatnashchisi va 2 nafar konslagerda asir bo'lgan nuroniylar istiqomat qilishmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram