Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.38K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
76 files
5.97K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diyor_intervyu

Mavzu: "Savdo va xizmat ko'rsatish sohasida qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori mazmun-mohiyati haqida

Suhbatdosh: Jizzax shahar DSI soliq nazorati bo'limi bosh inspektori Samandar Nurov

Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

4-sektor tomonidan Do'stlik tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi

👉@JizzaxMTRK👈
#1iyun #bolalarkuni #4_sektor

Жиззахда 4-сектор томонидан болалар куни муносабати билан саховат тадбирлари ўтказилди

Ёзнинг биринчи куни Жиззах шаҳридаги “Ўрда” истироҳат боғида келажагимиз эгалари учун кўнгилочар концертлар, кўргазмалар, сайиллар, спорт мусобақалари ўтказилди. Истироҳат боғи эса болаларнинг табассумлари билан гўёки мўъжизалар дунёсига айланди.

Батафсил

Жиззах вилоят ДСБнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларини кузатиб боринг!

Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1iyun #bolalarkuni #4_sektor

Жиззахда 4-сектор томонидан болалар куни муносабати билан саховат тадбирлари ўтказилди

Ёзнинг биринчи куни Жиззах шаҳридаги “Ўрда” истироҳат боғида келажагимиз эгалари учун кўнгилочар концертлар, кўргазмалар, сайиллар, спорт мусобақалари ўтказилди. Истироҳат боғи эса болаларнинг табассумлари билан гўёки мўъжизалар дунёсига айланди.
#4_сектор
Зомин туманида 4- сектор ҳудудида Халқаро болаларни ҳимоя қилиш байрамида янги мактабгача таълим муассасаси очилди.

Мамлакатимизда мактабгача таълим тизимига алоҳида эътибор қаратилмоқда. Мактабгача таълим муассасаларининг сони йилдан-йилга ошиб бораётгани ҳам бунинг ёрқин далилидир.

4- сектор худидаги Оби ҳаёт қишлоқ фуқаролар йиғинидаги таълим муассасаси 120 ўринган мўлжалланган.
Telegram | Facebook
#Янгиликлар

2022 йил июнь ойида Ўзбекистонда бир қатор янгиликлар кучга киради. Улар солиқ солиш, лицензиялаш, чет эл фуқароларини ишга жойлаштириш, давлат хизматларини ва кредитлар олиш, корхоналарда жамоа шартномаларини тузиш шартлари ва ҳоказоларга дахл қилади.

☑️2022 йил 1 июндан бошлаб чет эл фуқароларини ишга жойлаштириш тартиб-таомили соддалаштирилади. Иш берувчи алоҳида рухсатнома олиши шарт эмас, меҳнат фаолиятини амалга ошириш ҳуқуқини берувчи тасдиқнома етарли, уни чет эл фуқаросининг ўзи тақдим этиши керак.

☑️2022 йил 1 июндан бошлаб акциз солиғи бўйича ставкалар ўртача 10%га индексация қилинади.

☑️1 июндан бошлаб нефть маҳсулотлари, жумладан якуний истеъмолчиларга реализация қилинадиган нефть маҳсулотларига доир солиқ ставкалари ўртача 10%га индексация қилинади
2022 йил 1 июндан қуйидаги миқдорда белгиланади:

• МҲЭКМ - 920 000 сўм;
• БҲМ - 300 000 сўм.
Бюджет ташкилотлари ходимлари иш ҳақи 12%га оширилади.

☑️2022 йил 1 июндан бошлаб лицензиялаш тартиби ўзгаради. Фаолиятнинг лицензияланадиган турини амалга ошириш учун лицензияга эга бўлган юридик ёки жисмоний шахслар учун 2022 йил февраль ойида қабул қилинган Вазирлар Маҳкамаси қарорлари билан белгиланган талаб ва шартлар кучга киради.
Telegram | Facebook
#4_сектор
#Мирзачўлтуман

Мирзачўлда 6 мингта жўжа аҳолига бепул тарқатилди

Мирзачул тумани 4 сектор ҳудудида Ҳоким ёрдамчилари ва ҳомийлар ҳамкорликда аҳолини қўллаб-қувватлаш ҳамда паррандачиликни ривожлантириш мақсадида Акция ўтказилди.

Дўстлик маҳалла фуқаролар йиғинида яшовчи ҳар бир эҳтиёжманд оилага 20 донадан жами 6 мингта жўжалар текин тарқатилди.
Telegram | Facebook
Forwarded from Jizzax ''E-AUKSION''
MA'MURIY BINO

Manzil:
Jizzax viloyati, Zafarobod tumani, Uzun QFY Do'stlik ko'chasi 3-uy

Аsosiy faoliyat turi: Ma'muriy bino
Yer maydoni: 0.13 ga
Bino maydoni: 258.16 kv.m
Qurilgan yili: noma'lum
Savdo boshlanish vaqti: 06.06.2022 soat 10:00
Boshlang‘ich narxi: 468 619 020 so'mdan

Elektr tarmog'i Gaz tarmog'i

Izoh: 2 qavatli bino baholangan qiymati 15% QQS bilan ko'rsatilgan, bino jixozlarsiz bo'sh turgan xolatda sotiladi.

Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=1973203

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Malumot uchun. 1-iyun holatiga O‘zbekistonda jami 1 720 423 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Ularning 565 843 nafari joriy yilda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan. Joriy yil boshidan buyon 159,4 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan jami 40,7 mlrd so‘m ijtimoiy soliq to‘langan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#marketpleys

Billing, avtomatlashtirilgan savdo tizimlariga ega bo‘lgan yoki ushbu tizimlar orqali tovar va xizmatlarini realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari DIQQATIGA

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlarga (VM-255-son qarori 12.05.2022-y.,) muvofiq, o‘z tovar va xizmatlarini elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar uchun savdo operatsiyasini elektron shaklda Davlat soliq qo‘mitasiga yuborgan holda, fiskal belgili chekni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda shakllantirish imkoni yaratildi.

Mazkur qarorga asosan, Davlat reestriga kiritilmagan Marketpleysdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Marketpleyslarni davlat reyestriga kiritish uchun Ariza bilan Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilinadi.

Arizaga (havola) kuyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
1️⃣Marketpleys dasturiy mahsulotining texnik va funksional tavsiflariga muvofiqligi yuzasidan fiskal maʼlumotlar operatorining xulosasi;
2️⃣Shakllantirilgan elektron kassa cheklari namunalari;
3️⃣Marketpleys tizimining etalon elektron namunasi (APK va URL website);
4️⃣Marketpleysning texnik va funksional tavsiflari batafsil ko‘rsatilgan texnik pasport (yoki unga tenglashtirilgan hujjat) hamda kafolat majburiyatlari.
Shuningdek arizada marketpleysning call-markazi telefon raqami ko‘rsatiladi.

Soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarning yoki tartiblarning buzilishi holatlari, huquqbuzarga nisbatan:
▪️Soliq kodeksing 227-1-moddasiga asosan moliyaviy sanksiya;
▪️MJtKning 175-moddasi 6-qismiga asosan maʼmuriy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
❗️Mazkur jarimalar O‘RQ-758-son Qonuniga muvofiq, 2022-yil 12-iyundan boshlab kuchga kiradi.

Axborot tizimlarini to‘g‘ri integratsiya qilish borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar beriladi va amaliy yordamlar ko‘rsatiladi.

☎️ +998 71 202-32-32 (ichki: 538, 541, 551)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram