Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Savdo sohasidagi korxonalar 20 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-oktabr oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 147 723 ta yuridik shaxs tomonidan 20,4 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan, 2 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 10 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 43,9 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 469,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

📊Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 801,7 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 479,1 mlrd so‘m;
▫️aksiz solig‘i - 339,8 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 249,9 mlrd so‘m;
▫️ijtimoiy soliq - 128,2 mlrd so‘m;
▫️mol-mulk solig‘i - 36,3 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 6,7 mlrd so‘m.
________
#цифровизация #налоговые_поступления

Организации в сфере торговли уплатили более 20 трлн сумов налогов

В январе-октябре 2024 года 147 723 юридических лица, осуществляющих деятельность в сфере торговли, уплатили 20,4 трлн сумов налогов. Из них более 2 трлн сумов, то есть 10%, приходится на 20 организаций. Их общий товарооборот составляет 43,9 трлн сумов, а сумма примененных ими налоговых льгот 469,8 млрд сумов.

📊Поступления, обеспеченные этими 20 крупными налогоплательщиками
, в разрезе видов налогов:

▫️НДС - 801,7 млрд сумов;
▫️налог на прибыль - 479,1 млрд сумов;
▫️акцизный налог - 339,8 млрд сумов;
▫️НДФЛ - 249,9 млрд сумов;
▫️социальный налог - 128,2 млрд сумов;
▫️налог на имущество - 36,3 млрд сумов;
▫️
другие налоги - 6,7 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Umumiy ovqatlanish korxonalari 1 trln so‘m soliq to‘lagan

Joriy yil yanvar-oktabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 514 ta yuridik shaxs tomonidan 1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan, 182,9 mlrd so‘mi, ya’ni 16,8 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2,7 trln so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 56,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

📊Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

▫️QQS – 80 mlrd so‘m;
▫️JShODS - 55,5 mlrd so‘m;
▫️foyda solig'i – 39,1 mlrd so‘m;
▫️boshqa soliqlar - 8,3 mlrd so‘m.
___
#цифровизация #налоговые_поступления

Предприятия общественного питания уплатили 1 трлн сумов налогов

В январе-октябре этого года 19 514 юридических лиц, осуществляющих деятельность в сфере общественного питания, уплатили более 1 трлн сумов налогов. Из них 182,9 млрд сумов, то есть 16,8%, приходится на 20 организаций. Их товарооборот превысил 2,7 трлн сумов, а сумма примененных ими налоговых льгот - 56,4 млрд сумов.

📊Поступления, обеспеченные этими 20 крупными налогоплательщиками
, в разрезе видов налогов:

▫️НДС - 80 млрд сумов;
▫️НДФЛ - 55,5 млрд сумов;
▫️налог на прибыль - 39,1 млрд сумов;
▫️другие налоги - 8,3 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #onlayn_NKT

Oktabr oyida qaysi korxonalarning cheklari ko‘proq ro‘yxatdan o‘tkazildi?

▶️"Anglesey Food” MChJ XK:
3,9 mlnta chek, 5,5 mlrd soʻm keshbek.
▶️“Havas Food” MChJ QK:
1,7 mlnta chek, 866,9 mln soʻm keshbek.
▶️“UNG Petro” MChJ:
538,9 mingta chek, 1,4 mlrd soʻm keshbek.
⬆️“Xalq Retail” MChJ:
461,1 mingta chek, 207,7 mln soʻm keshbek.
⬇️“Darvoza Savdo” MChJ:
414,6 mingta chek, 294,5 mln soʻm keshbek.
▶️“Mak Food Servis” MChJ:
302,7 mingta chek, 219,3 mln soʻm keshbek.
▶️ “Cheese Day” MChJ:
281,1 mingta chek, 244,2 mln soʻm keshbek.
▶️ “Urban Retail” MChJ:
257,6 mingta chek, 408,2 mln soʻm keshbek.
▶️“Best Quality Products” MChJ:
247,5 mingta chek, 187,7 mln soʻm keshbek.
▶️“Namangan istiqlol bog‘i” MChJ:
235,9 mingta chek, 312,2 mln soʻm keshbek.
▶️"Seg Tasco" MChJ:
212,8 mingta chek, 329,1 mln soʻm keshbek.
▶️“International Foodchain” MChJ:
175,4 mingta chek, 177,9 mln soʻm keshbek.
▶️“Grand Pharm Trade” MChJ:
162,4 mingta chek, 180,5 mln soʻm keshbek.
▶️“New Retail” MChJ:
160,3 mingta chek, 45,4 mln soʻm keshbek.
▶️“Magnum Retail” MChJ:
142,5 mingta chek, 144,8 mln soʻm keshbek.
▶️“Nika Farm Servis” MChJ:

123,9 mingta chek, 121,3 mln soʻm keshbek.
▶️“Safia Bakery and Cafe” MChJ:
117,4 mingta chek, 125,7 mln soʻm keshbek.
▶️"Energy Oil Group" MChJ:
110,3 mingta chek, 221,2 mln soʻm keshbek.
▶️“Delta Max” MChJ:
90,6 mingta chek, 85,3 mln soʻm keshbek.
▶️"7777 Pharm" MChJ:
87,5 mingta chek, 159,3 mln soʻm keshbek.

▶️ reytingda pozitsiyasi saqlanib qolgan
⬆️ reytingda yuqoriga ko'tarilgan
⬇️ reytingda pastga tushgan


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #keshbek

10 oyda qaysi hududlarda iste'molchilar ko'proq keshbekka ega bo‘ldi?

Joriy yil boshidan (29-noyabr holatiga) iste’molchilarga 810,8 mln chek uchun 834,8 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 94,9 mlrd so‘mi oktabr oyi uchun berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 326,4 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 85,6 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 73,3 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 61,8 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 41,8 mlrd so‘m.

👉 Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim
______
#цифровизация #кешбэк

В каких регионах потребителям выплатили больше всего кешбэка за 10 месяцев?

С начала года (по состоянию на 29 ноября) потребителям выплачено 834,8 млрд сумов кешбэка за 810,8 млн чеков. Из них 94,9 млрд сумов выдано в октябре.

Самые крупные суммы кешбэка приходятся на
следующие регионы:

📍г.Ташкент - 326,4 млрд сумов;
📍Ташкентская область - 85,6 млрд сумов;
📍Самаркандская область - 73,3 млрд сумов;
📍Ферганская область - 61,8 млрд сумов;
📍Андижанская область - 41,8 млрд сумов.

👉 Для получения кешбэка необходимо пройти Face ID

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jizzaxda soliq tushimlari rejasi 103 foizga bajarildi

2024 yilning 11 oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi viloyat byudjetining daromadlari haqidagi ma’lumotlar juda muhim. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, byudjet tushumlari prognozdan yuqori bo‘lib, 1980,3 mlrd so‘mga yoki 103 foizga bajarilgan.

Tushumlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118 foizni tashkil etgani, ya’ni 306,1 mlrd so‘mga ko‘p tushumlar olingani, iqtisodiy faoliyatning o‘sishi va soliq bazasining kengayishi bilan bog‘liqdir.

Soliq turlari bo‘yicha esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, foyda solig‘i hamda daromad solig‘i bo‘yicha ham yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etilgan.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dekabr oyida O‘zbekistonliklar 11 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan 7–9 dekabr kunlari dam oladi.

Shuningdek, 30-31 dekabr ham dam olish kuni deb e’lon qilingan.

Haftada 5 kun ishlovchilar 30 dekabr (dushanba) hisobidan 14 dekabr (shanba) kuni ishga chiqadi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Jizzax viloyatida “mahallabay” dasturning samaradorligini

Hozirgi kunda Jizzax viloyatida 308 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularning har biriga 188 nafar soliq xodimi biriktirilgan. Bu xodimlar mahalla aholisining soliq va moliyaviy savodxonligini oshirish, shuningdek, soliq yuklarini to‘g‘ri va adolatli taqsimlashga yordam berish kabi muhim vazifalarni bajaradi.

Ushbu xodimlar o‘rtasida samaradorlikni oshirish va ularning ishlash motivatsiyasini kuchaytirish maqsadida turli dasturlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning noyabr oyida mahallabay dasturi asosidagi natijalar o‘ta ilg‘or bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, 11 nafar soliqchi ish samaradorligida 100 ballga erishib, 200 foizlik o‘stamaga ega bo‘lishdi.

Bu ish faoliyatidagi yuqori ko‘rsatkichlarni va o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarayotgan xodimlarning muxim natijasidir. Bunday samaradorlik, albatta, ularning ishga bo‘lgan javobgarligi va munosabatini kuchaytirgan, shu bilan birga, boshqa xodimlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

6 nafar soliqchi 97 balldan 100 ballgacha to‘plab, 150 foizlik o‘stamaga ega bo‘lishdi. Ular ham o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarishgani va ishga berilganlikda yuqori natijalarga erishishgani holda o‘ziga xos motivatsiyaga ega bo‘lishgan. Bu holda ham xodimlarning mas’uliyatli va ijodiy faoliyati muhim rol o‘ynagan.

Shu bilan birga, 4 nafar soliqchi 95 balldan 97 ballgacha to‘plab, 100 foizlik o‘stamaga ega bo‘lishgan. Ular ham o‘zlari belgilangan standartlardan chiqmasdan, aniq va samarali ishlaganlarini ko‘rsatishdi.
30 nafar soliqchi 90 balldan 95 ballgacha to‘plab, 50 foizlik o‘stamaga ega bo‘lishdi. Bu holatda, holatni yaxshilash va natijalarni yanada yuqoriga ko‘tarish uchun ustuvor vazifalar belgilash va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratish muhimligini ko‘rsatadi.


Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025 yilda O‘zbekistonda soliq qonunchiligida bir qator muhim o‘zgarishlar kiritiladi.

Bularning ba’zilari quyidagicha:
1. Asosiy soliqlar stavkalari o‘zgarmaydi:
QQS: 12%;
Foyda solig‘i: 15%;
JShDS: 12%;
Mol-mulk solig‘i: 1,5%;
Yer solig‘i va ijtimoiy soliqlar 12% va 25% (byudjet tashkilotlari uchun) bo‘ladi.

2. QQS va aksiz soliqlarida o‘zgarishlar:
Eksportda QQSni qaytarish tartibi soddalashtiriladi.
Aksiz solig‘i mobil aloqa xizmatlariga bekor qilinadi, biroq tamaki, spirtli ichimliklar va neft mahsulotlari uchun yangi stavka ko‘zda tutilishi mumkin.

3. Eksport va elektron tijorat:
Eksport tovarlari uchun foyda solig‘i bo‘yicha nol stavka bekor qilinadi.
Elektron tijorat sohasi uchun foyda solig‘i 10%, aylanmadan soliq esa 3% qilinadi.

4. Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i:
Mol-mulk solig‘i uchun minimal qiymatlar oshiriladi. Toshkentda 1 kv.m uchun 3,3 mln so‘mgacha bo‘ladi.
Yer solig‘i stavkalari o‘rtacha 10%ga oshiriladi.

5. IT-sektorni qo‘llab-quvvatlash:
IT-park rezidentlariga imtiyozlar 2028 yilgacha uzaytiriladi. Eksport hajmi 50%dan yuqori bo‘lgan kompaniyalar uchun dividendlar solig‘i 5%gacha pasaytiriladi.

6. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash:

Kam ta’minlangan oila a’zolaridan ish bilan ta’minlanganlar uchun 1% imtiyozli ijtimoiy soliq stavkasi kiritiladi.

7. Tabiatdan foydalanish:

Suv resurslaridan foydalanish va yer qa’ridan foydalanish uchun soliq stavkalari indeksatsiya qilinadi.

8. Protseduralar:
Yangi soliq qoidalari 2025 yilda bosqichma-bosqich kuchga kiradi. Soliq organlari va bizneslar uchun osoyishta moslashish imkoniyati yaratiladi.
Bu o‘zgarishlar O‘zbekistonda soliq tizimini takomillashtirish va iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📈Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlar uchun rag‘batlantirish choralarini joriy etish

2024 yil 15 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-1000-son) bilan Soliq kodeksiga barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarini rag‘batlantirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritildi.

Ushbu qonun doirasida barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

➡️ Soliqlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalarni qaytarish (QQS bundan mustasno) uch kun ichida amalga oshiriladi.

➡️ "AAA" toifasidagi barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik sub’yektlariga soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno).

➡️ Ushbu toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga QQS summalarini qoplash jarayoni tekshiruvlarsiz bir kun ichida amalga oshiriladi.

Mazkur hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinib, 2024 yil 16 noyabrdan kuchga kirdi.


Bu chora-tadbirlar tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ERI

Elektron raqamli imzodan foydalanish nima uchun qulay?


✔️ yuqori darajadagi xavfsizlik
✔️ vaqt va resurslarni tejash
✔️ soliq va boshqa elektron davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish

ERI qanday olinadi?

e-imzo.soliq.uz sayti orqali ERIni onlayn olish mumkin.

Ariza topshirishda ekrandagi QR-kodni Soliq mobil ilovasining "Elektron raqamli imzo" bo'limi orqali skanerlash va Face ID-dan o'tish kerak.

ERI qancha turadi?

▫️Yuridik shaxslar uchun - BHMning* 10%i (37 500 so'm),
▫️jismoniy shaxslar uchun - BHMning 7%i (26 250 so'm).

*1 BHM = 375 000 so'm
__________
#ЭЦП

Почему удобно использовать электронную цифровую подпись?

✔️ высокая степень защиты
✔️ экономия времени и ресурсов
✔️ дистанционное получение налоговых и других государственных услуг

Как получить ЭЦП?

Получить ЭЦП можно онлайн через сайт e-imzo.soliq.uz.

При подаче заявки QR-код на экране нужно отсканировать через раздел "Электронная цифровая подпись" в мобильном приложении Soliq и пройти Face ID.

Сколько стоит ЭЦП?

Для юрлиц - 10% БРВ* (37 500 сумов),
Для физлиц - 7% БРВ (26 250 сумов).

*1 БРВ = 375 000 сумов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq – korrupsiyadan xoli tizim

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi tomonidan viloyatning tuman va shahar hududiy bo‘limlarida “Soliq – korrupsiyadan xoli tizim” mavzusida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Bu tadbirlar korrupsiyaning soliq tizimidagi ta’sirini kamaytirish va shaffoflikni oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, ishtirokchilarga soliq siyosati va huquqiy madaniyatni yaxshilashga yordam beradi.

Sharof Rashidov tuman soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan ushbu davra suhbatida viloyat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va soliq inspeksiyalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Suhbat davomida, soliq tizimini rivojlantirish va korrupsiyaning oldini olish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari

🔹Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.

🔹 Urush nogironlari mulk solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

🔹 I va II guruh nogironlari 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.

🔹Bolaligidan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslarning MHTEKM*ning 3 baravarigacha (3 465 000) bo‘lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.

Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxs 3 mln 465 ming so‘mgacha ish haqi olsa, bu daromadidan soliq to‘lamaydi. Agar maoshi 4 mln so‘m bo‘lsa, daromadining 3 mln 465 ming so‘mi uchun soliq hisoblanmaydi. Qolgan summa uchun (4 mln - 3 mln 465 ming = 535 ming) 12 % stavkada (64 ming 200 so‘m) soliq to‘laydi.

🔹Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (1 628 550 so‘m) JShODSdan ozod etilgan.

*mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori = 1 155 000 so‘m
__________
#льготы

Налоговые льготы для лиц с инвалидностью

🔹Инвалиды войны, лица с инвалидностью I и II групп полностью освобождены от уплаты земельного налога.

🔹От налога на имущество полностью освобождаются инвалиды войны.

🔹Лица с инвалидностью I и II групп освобождаются от налога на имущество в пределах 60 кв.м.

🔹Лица с инвалидностью с детства, а также лица с инвалидностью I и II групп частично освобождаются от налога на доходы (по доходам в размере до 3 МРОТ* (3 465 000 сумов). Т.е. если лицо с инвалидностью получает зарплату до 3 млн 465 тыс. сумов, то налог с этих доходов не уплачивается. Если же зарплата у него, к примеру, составляет 4 млн сумов, то по его доходам в размере 3 млн 465 тыс. сумов налог не уплачивается, а с оставшейся суммы (4 млн сумов - 3 млн 465 тыс. сумов = 535 тыс. сумов) уплачивается налог по ставке 12% = 64 тыс. сумов.

🔹Инвалиды войны, а также один из родителей, воспитывающий проживающее с ним лицо с инвалидностью с детства, в связи с требованиями по постоянному уходу, тоже частично освобождаются от налога на доходы физических лиц - по доходам в размере 1,41 МРОТ (1 628 550 сумов) за каждый месяц.

*минимальный размер оплаты труда = 1 155 000 сумов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Ayni daqiqalarda "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" yakunlari va "Biznesni qo'llab-quvvatlash dasturi" doirasida 2025-yilga mo'ljallangan ustuvor vazifalarni muhokama qilish maqsadida poytaxtimiz tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda sohadagi mavjud muammolar ko'rib chiqilmoqda va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo'mitasi raisi Sh.Kudbiyev va Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov ishtirok etmoqda.
__________
#встреча

Открытый диалог с предпринимателями

В эти минуты проходит встреча с предпринимателями столицы в целях подведения итогов в "Год поддержки молодежи и бизнеса" и обсуждения приоритетных задач на 2025-й в рамках "Программы поддержки бизнеса".

На ней рассматриваются существующие проблемы сферы и обсуждаются предложения по их решению.

Во встрече участвуют председатель Налогового комитета Ш.Кудбиев и председатель Торгово-промышленной палаты Д.Вахобов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolarni o‘rganish va ularning yechimlari yuzasidan takliflar tayyorlash maqsadida hududlarda Soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlar Xorazm viloyatining 4 ta – Xonqa, Bog‘ot, Hazorasp va Tuproqqal'a tumanlarida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J.Abdiyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda tadbirkorlik subyektlari faoliyatlarini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha mavjud muammolar muhokama qilinib, ularning yechimlari yuzasidan takliflar bildirildi.

Uchrashuvlarni viloyat hokimi J.Rahimov boshqarib bordi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads