Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.66K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Zamin” axborot dasturi


Vazifalarni aniq va to‘liq bajarganlarning natijalari yuqori bo‘ladi


Mirzacho'l tumanidagi "Mirzadala" mahallasiga biriktirlgan soliq inspektori Sayfiddin Ibragimov iyul oyida 100 ball oldi.

U “mahallabay” tizimining afzalliklari va yuqori samaradorlikka erishishda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligini oʻz faoliyati misolida ko‘rsatib bermoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#mol_mulk_soligi

Agar men o'z nomimga yangi kvartira sotib olgan bo'lsam, mol-mulk solig'ini qaysi davr uchun to'lashim kerak - sotib olingan kundan keyingi davr uchunmi yoki butun yil uchun?

Mol-mulkka egalik huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, mol-mulk solig‘i:

▫️avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1-yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar,

▫️yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, masalan, 2024-yil 13-avgustda kvartira sotib olgan boʻlsangiz, 2024-yilning 1-avgustidan 31-dekabriga qadar 2024-yil uchun mol-mulk soligʻini toʻlaysiz.

Ma'lumot uchun ❗️

Agar yangi binodan kvartira sotib olgan bo'lsangiz ...

Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

Agar siz ko‘chmas muklni meros qilib olgan bo'lsangiz ...

Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulk uchun soliq merosxo‘rda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

Agar uy buzilgan bo'lsa ...

Soliq solish obyekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.

Agar soliq imtiyozlari mavjud bo'lsa ...

Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.

👉 Soliq kodeksi 423-modda

📲Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin
____________
#налог_на_имущество

Если я купил на свое имя новую квартиру, когда я должен платить налог на имущество - с даты покупки или за весь год?

При переходе права собственности на имущество от одного собственника к другому в течение календарного года налог уплачивается:

▫️прежним собственником с 1 января этого года до начала
того месяца, в котором он утратил право собственности на имущество,

▫️новым собственником — начиная с месяца, в котором у последнего возникло право собственности.

Исходя из вышеизложенного, если, например, вы купили квартиру 13 августа 2024 года, налог на имущество за 2024 налоговый год будете платить с 1 августа по 31 декабря 2024 года.

Для информации❗️

Если купили квартиру в новостройке...

По новым строениям, помещениям и сооружениям налог уплачивается начиная с месяца, в котором возникло право собственности.

Если получили квартиру в наследство...

За имущество, перешедшее по наследству, налог уплачивается начиная с месяца, в котором у наследника возникло право собственности.

Если жилье снесли...

При уничтожении, разрушении или сносе объекта налогообложения взимание налога прекращается начиная с месяца, в котором имущество было уничтожено, разрушено или снесено. Перерасчет суммы налога производится при наличии документов, выданных органом государственной власти на местах или органом самоуправления граждан, подтверждающих факт уничтожения, разрушения или сноса этого объекта.

Если есть налоговая льгота...

При возникновении (прекращении) права на льготы в течение календарного года перерасчет налога производится с месяца, в котором возникло (прекращено) это право.

👉ст.423 НК

📲Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi?
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Stol_tennisi #Jizzax

Jizzaxda “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqasining viloyati bosqichi yakunlandi


Sir emaski, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholi, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda sportni yanada ommalashtirish, professional sportchilar qatorida havaskor sportchilar uchun ham zarur shart-sharoitlarni yaratish va yangi iqtidor egalarini kashf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun Jizzax futbol akademiyasi sport majmuasida “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov, Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi G. Muqaddasova hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi vakillari, sportchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Qiziqarli kechgan bahslar yakunida mahoratli sportchilar respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.
Bellashuv yakunida g‘oliblar aniqlanib, ularga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Legenda Glores» korxonasi rahbari Lola Mo‘minova tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi asosida yuqori reyting ko'rsatkichlariga ega tadbirkorlarga beriladigan yengillik va imtiyozlar yuzasidan viloyat soliq boshqarmasi Axborot xizmatiga intervyu berdi.

- «Bu hujjatda baholash reytingining barcha mezonlariga javob beradigan tadbirkorlarga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar berish nazarda tutilgan. Xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash va hisobot berish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahsulot eksporti kabilar muhim o‘rin tutadi», deydi tadbirkor L.Mo‘minova.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Mahsulot (xizmat)larga mos oʻlchov birligini tanlash lozim

Mahsulot xususiyatiga koʻra MXIKka bir yoki bir nechta oʻlchov birligi biriktiriladi.
Misol uchun❗️Hajmi ogʻirlikda oʻlchanadigan mahsulotlar uchun tonna, kilogramm, gramm. Bunda tonnada xarid qilib, kilogramm yoki grammda sotish mumkin.

Ammo keyingi paytlarda ayrim tadbirkorlar tomonidan EHF va cheklarda mahsulot (xizmat) xususiyatiga toʻgʻri kelmaydigan oʻlchov birliklaridan foydalanish holatlari tez-tez kuzatildi. Masalan, mol goʻshti litrda, tirik baliq kilometrda sotilgan.

Yuqoridagi holatlarni oldini olish maqsadida faqat mahsulot (xizmat)lar xususiyatiga mos oʻlchov birligini tanlash mumkin.

Hozirda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida 374 mingdan ortiq MXIK va ularga tegishli oʻlchov birliklari bor.

Katalogda MXIKlar mahalliy bozorga yangi kirib kelayotgan mahsulot (xizmat)lar boʻyicha muntazam ravishda koʻpayib boradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #EHF

Yanvar-iyul oylarida EHF orqali tovar aylanmasi 1 062,3 trln so‘mni tashkil etdi

2024-yil 15-avgust holatiga elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida rasmiylashtirilgan EHFlar bo‘yicha jami tovar aylanmasi 1 062,3 trln so‘mni (QQS bilan) tashkil etgan.

Tovar aylanmasi bo'yicha yetakchi – TOP-3:

📍YSTBHSI - 587,5 trln so‘m;
📍Toshkent sh. - 205,9 trln so‘m;
📍Toshkent v. - 59 trln so‘m.
_____________
#цифровизация #ЭСФ

В январе-июле товарооборот по ЭСФ составил 1 062,3 трлн сумов

По состоянию на 15 августа 2024 года товарооборот по ЭСФ, оформленным с помощью операторов системы электронного документооборота, составил 1 062,3 трлн сумов (с НДС).

По показателям товарооборота лидируют:

📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 587,5 трлн сумов;
📍г.Ташкент - 205,9 трлн сумов;
📍Ташкентская обл. - 59 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads