Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.64K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
«Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!»

Jizzax viloyat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan «Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirda respublika ma’rifat targibotchilari a’zosi, falsafa fanlari doktori Baxrom Orziqulov «Ma’naviyat festivali» doirasida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida Vatanimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va erishilgan ijobiy natijalar aniq hayotiy misollar orqali aholiga sodda va tushunarli shaklda yetkazdi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
_____
#налог_на_имущество #земельный_налог

Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq

Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Arnasoy tumanida “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi

🔰Arnasoy tumanida sportning stol tennisi turi bo‘yicha 2009-2012, 2013-2015 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar, xavaskorlar va soliq xodimlari o‘rtasida Soliq Qo‘mitasi raisi musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔰Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqa g‘oliblari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi va Arnasoy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i N.Otaqulov tomonidan estalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda

👉Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod qilingan?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads