Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#hayat
Shaxsiy masʼuliyat va tadbirkorlar ishonchi muhim omil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha I yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bergan topshiriqlari ijrosini tashkil etish maqsadida Soliq qoʻmitasi Hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, barcha tuman, shaharlar soliq inspeksiyalari boshliqlari, tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Hayʼat yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan soliq organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha hududiy soliq idoralari rahbarlarining mahalliy Kengashlarga murojaatnomasini tashkil etish, davlat budjetiga belgilangan prognoz koʻrsatkichlari va qoʻshimcha daromadlarni soʻzsiz taʼminlash borasida har bir boshqarma boshligʻining taqdimotlari muhokama qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ortiqcha toʻlovga yoʻl qoʻymaslik, mehnat, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar koʻrilishi toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularning bartaraf etish ahvoli tanqidiy muhokama qilindi hamda Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari va hududiy soliq boshqarmalari boshliqlarining hisobotlari eshitildi.
Respublikadan yordam olayotgan eng ogʻir - Boʻzatov, Boʻston, Qorakoʻl, Konimex, Yangiobod, Mingbuloq, Payariq, Sariosiyo, Sardoba, Pskent, Soʻx va Yangibozor tumanlari tushumlarini 2 karraga oshirish boʻyicha qoʻmita va hududiy soliq boshqarmalari boshliqlarining shaxsan masʼuliyati belgilandi. Yirik soliq toʻlovchilar bilan ishlashda yondoshuv va ish uslubini tubdan oʻzgartirish taʼkidlandi.
Yigʻilishda, tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, xalqning, tadbirkorlarning ishonchiga erishib, ularga amaliy yordam koʻrsatib borish birinchi darajali vazifa etib belgilandi.
Prokuratura va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash, ish oʻrinlari va ish haqi fondini legallashtirish boʻyicha har bir masʼul va rahbarlarning shaxsiy masʼuliyati belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yigʻilish amaliy seminar tarzida davom ettirilib, hududiy soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyasi rahbarlari maxsus oʻquv dasturlari asosida:
▫️qoʻshimcha manbalarni aniqlash boʻyicha mavjud dasturiy mahsulotlar imkoniyatidan keng foydalanish;
▫️“mahallabay”, “korxonabay” ishlash institutlari samaradorligini oshirish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama amaliy koʻmak berish, har bir xodim faoliyati ular tomonidan baholanishi sababli o‘zaro ishonch va xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga koʻtarish;
▫️soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish va sud jarayonlarida budjet manfaatlarini himoya qilish;
▫️ish oʻrinlari va roʻyxatdan oʻtmasdan ishlayotgan fuqarolar faoliyatini legallashirish hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda manfaatdor idoralar bilan hamkorlik;
▫️korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mavzularida oʻquv-amaliy seminarlari oʻtkazildi.
Shuningdek, dolzarb vazifalarning sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-iyul
iyul oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем ❗️23 июля 2024 года - последний день
за июль:
- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida davlat mukofotlari va "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.
______
#рейтинг_устойчивости
Предприниматели с высоким рейтингом устойчивости ежегодно накануне 20 августа – Дня предпринимателей рекомендуются к награждению государственными наградами и нагрудным знаком «Фаол тадбиркор».
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida davlat mukofotlari va "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.
______
#рейтинг_устойчивости
Предприниматели с высоким рейтингом устойчивости ежегодно накануне 20 августа – Дня предпринимателей рекомендуются к награждению государственными наградами и нагрудным знаком «Фаол тадбиркор».
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu dunyoda o‘lim va soliqlardangina qochib qutulib bo‘lmaydi
Jizzax viloyatida 1 iyul holatiga tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 37,7 milliard so‘mdan ortiq (shundan qarzdorlik 19,5 milliard hisoblangan soliqdan 18,2 milliard so‘m) to‘lanmagan soliqlar mavjud.
Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.
Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega bo‘lgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.
Jumladan, 2024-yil 1-iyul holatiga 9265 ta tashkilotning 25006 nafardan ziyod xodimida 27775 mingdan ortiq soliq ob’ekt bo‘yicha 19,5 milliard so‘m (er solig‘i -13,6. milliard so‘m, mol-mulk solig‘i -5.9 milliard so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan:
🔺6.9 milliard so‘m - byudjet tashkilotlari xodimlari;
🔺3.3 milliard so‘m - nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
🔺9.3 milliard so‘m - tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
✅ Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
🟦 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊 Twitter

Forwarded from O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi(rasmiy kanal)
#eʼlon
✅ Respublikamizdagi barcha faxriy stol tennisi ishqibozlari diqqatiga!
Stol tennisi boʻyicha faxriylar oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi musobaqalariga start berilmoqda.
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan musobaqada 30-39, 40-49, 50-59 va 60 yoshdan yuqori boʻlgan havaskor sportchilar ishtirok etishi mumkin.
🔻Musobaqalar 2024-yilning 28-iyul kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
📍Musobaqada ishtirok etish istagingiz boʻlsa 27-iyul, soat 9:00 dan 10:00 ga qadar☎️ 97-767 97 95 raqami orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim.
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi axborot xizmati
Web-Sayt|Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

Jizzax viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) qanchaga o‘sdi?
2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatining YAHM hajmi 7,0 % ga o‘sdi va 16 169,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
✅ Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
🟦 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊 Twitter
2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatining YAHM hajmi 7,0 % ga o‘sdi va 16 169,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#ijara
Uy-joy ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan uy-joy ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
👉 Fuqarolik kodeksi 603-modda
Uy-joy ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.
Uy-joy ijara shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin. Agar:
▫️belgilangan muddatdan 2-martadan koʻproq haq toʻlanmasa;
▫️uy-joy vayron qilingan boʻlsa;
▫️uy-joydan gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanilsa.
👉 Fuqarolik kodeksi 615-modda
2022-yil 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari “E-ijara” xizmati yoki Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turgan holda elektron shaklda soliq organlarida hisobga qoʻyiladi.
👉 VMQ-595-son 3-band 22.09.2021
Koʻchmas mulk ijara shartnomasi belgilangan namunaviy shaklga muvofiq yoki qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shaklda tuziladi.
👉 VMQ-150-son. 02.04.2022
Taraflarning kelishuviga binoan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan “E-ijara” tizimi orqali real vaqt rejimida hisobdan chiqariladi.
👉 VMQ-150-son. 02.04.2022
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq organlarida hisobga qoʻyishda ijara shartnomasi ham, uni bekor qilish uchun ikki tomonlama kelishuv ham yozma (qogʻoz) shaklda tuzilgan bo‘lishi lozim. Ushbu hujjatlar asosida ijara shartnomasi hisobga qoʻyiladi va hisobdan chiqariladi.
Soliq organlarida:
- yozma shaklda tuzilgan ijara shartnomasi hisobga qoʻyiladi.
- ijara shartnomasi yozma shaklda tuzilgan 2 tomonlama kelishuv asosida hisobdan chiqariladi.
Ijaraga beruvchi 2 tomonlama kelishuv tuzmagan holda ijara shartnomasini (soliq organida) hisobdan chiqargan boʻlsa, sud organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
A.Mahmudov,
Soliq qo‘mitasi boʻlim boshligʻi

Har bir murojaat – domiy e’tiborda
Zarbdortumanidagi "Tinchlik" MFYda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Erkin Erkaboev sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda tuman hokimligi mas’ullari, mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va fuqarolar ishtirok etdi.
Tumanda haftaning har seshanba kuni aholi murojaatlari bilan ishlash, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardu muammolarini tinglash, ko‘tarilgan masalalarni imkon qadar joyida bartaraf etish ana’anaga aylangan.
Tuman soliq inspeksiyasi rahbarining qabuliga kelgan fuqarolar asosan imtiyozli kredit olish, sog‘ligi borasida malakali tibbiy xizmatga ehtiyojmandlik, turar joy ta’miri, doimiy ish o‘rinlari bilan bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish kabi masalalarda murojaat qildi.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
Telegram | Facebook | Instagram

Yangiobod tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlari tomonidan aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va joyida bartaraf etish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Ommaviy qabulda kelib tushgan murojaatlarning asosiy mazmuni sud-huquq, bandlik va ijtimoiy himoya, kadastr, soliq masalalaridan iborat bo‘ldi.
Qabulda, 50 ga yaqin murojaat qabul qilinib, shundan 23 ta subsidiya, bank krediti hamda sud faoliyati, soliq undiruvlari bilan bog‘liq murojaatlar joyida hal etildi.
O‘rganish talab qiladigan murojaatlar ijroga yo‘naltirildi.