Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#taksi

Taksi sohasini legallashtirish faollashmoqda

Avvalroq Soliq qoʻmitasi tomonidan taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band boʻlmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish boʻyicha ishlar davom ettirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar natijasida 124 ta agregator – 32 tasi mobil ilova va 92 tasi telefon orqali taksi xizmati ko‘rsatayotgani aniqlandi. Biroq, ushbu agregatorlarning 17 tasi faoliyat yuritmaydi.

Soliq organlari bilan 3 ta agregator (Yandex, Uklon va MyTaxi) to‘liq integratsiyalashgan. Yana 24 ta agregator integratsiya jarayonida va 80 ta agregator esa integratsiya uchun ariza topshirgan.

Hududlardagi onlayn agregatorlar va taksi xizmatlariga soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi, shuningdek, ular ko‘rsatayotgan xizmatlar uchun naqd va naqdsiz to‘lovlarni fiskallashtirishga ko‘maklashilmoqda.

Bunday manzilli uchrashuvlar Toshkent shahrida, Andijon, Navoiy, Xorazm, Buxoro, Farg'ona viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.
_____
#такси

Активно легализуется деятельность в сфере такси

Ранее сообщалось, что Налоговый комитет продолжает работу по легализации сферы услуг такси и ведению учета оборотов на этом рынке через узаконивание деятельности официально нетрудоустроенных лиц.

В результате предварительного изучения, проведенного налоговыми органами, выявлено 124 агрегатора - 32 агрегатора используют мобильные приложения и 92 агрегатора оказывают услуги такси через вызов по телефону. При этом 17 из этих агрегаторов не осуществляют деятельность.

Полностью интегрированы с налоговыми органами 3 агрегатора (Yandex, Uklon и MyTaxi). Еще 24 агрегатора уже в процессе интеграции и 80 агрегаторов подали заявку на осуществление интеграции.

Онлайн-агрегаторам и службам такси в регионах оказывается содействие в интеграции с информационными системами налоговых органов, а также фискализации наличных и безналичных платежей за оказываемые ими услуги. Такие адресные встречи прошли в Ташкенте, Андижане, Навои, Хорезме, Бухаре, Фергане.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
Yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat soliq boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyati kengashi hamkorligida yoshlar uchun “Bonu shirinliklari” fabrikasiga ekskursiya tashkil etildi.

➡️Batafsil

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
2024 yilda jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini qanday to‘laydilar

🔖2024 yil 15 aprelga qadar jismoniy shaxslar 2024 yil uchun ularga hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ining kamida 50 foizini to‘lashlari kerak (SK 423-m.).

SoliqUz mobil ilovasi yordamida o‘zingiz va ota-onangiz uchun yer hamda mol-mulk solig‘ini bitta klik bilan to‘lashingiz mumkin. Buning uchun:

1. SoliqUz mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘ting (agar hali o‘z akkauntingiz bo‘lmasa);

2. Bank kartasini mobil ilovaga ulang. Soliq to‘lashdan oldin, unda zarur summadagi pul borligiga ishonch hosil qiling;

3. Akkauntingizga kiring;

4. «Soliqlarni to‘lash» yoki «Ota-ona uchun soliqlarni to‘lash»ni tanlang.

Har bir tanlangan shaxs bo‘yicha (akkaunt egasi, uning onasi yoki otasi) o‘tgan yillar uchun qarzlar va 2024 yil uchun hisoblangan soliqlar, shu jumladan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha ma’lumot taqdim qilingan.

Soliq summasining yarmini yoki butun yil uchun hammasini to‘lash mumkin.
Hisoblangan barcha to‘lovlar to‘langandan keyin ushbu sahifada «Sizda soliq qarzdorligi mavjud emas» yozuvi aks etadi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, tanlangan soliqning har birini alohida yoki hammasini darhol bitta tugmani bosish orqali to‘lash mumkin. Bu qulay va hisob-kitob qat’iy hisoblab chiqarilgan summalardan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Soliqlarni to‘lash uchun boshqa muhim ma’lumotlarni (JShShIR, hisobraqamlar va boshqalar) ko‘rsatishda xatolar ehtimoli nolga teng. Ya’ni, sizda e’tiborsizlik natijasida yuzaga kelgan ortiqcha to‘lovlar yoki qarzlar, tegishincha kelgusida muammolar ham bo‘lmaydi.

Soliqlar kadastr organlarining ma’lumotlari va 2024 yil uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi. Kadastr ma’lumotlarida xato topsangiz, uni tuzatish uchun kadastr organlariga murojaat qiling.

📌O‘z vaqtida amalga oshirilgan to‘lov penya va jarimalardan qochishga yordam beradi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
👍1
“Mahalla yettiligi”da soliq xodimining asosiy vazifalari

- soliq xodimi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish;

Jizzax viloyatida joylashgan 309 ta mahallaga jami 185 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#raqamlashtirish #keshbek

Qaysi hududlarda iste'molchilar ko'proq keshbekka ega bo‘lgan?

Joriy yil boshidan (1-aprel holatiga) iste’molchilarga 62,6 mln chek uchun 101,6 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 53,2 mlrd so‘mi fevral oyida berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 46,8 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 10,3 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 7 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 6,9 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 4,4 mlrd so‘m.
📍Jizzax viloyati - 1,8 mlrd so‘m.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyat soliq boshqarmasida soliq xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun Soliq qo‘mitasi mutaxassislar tomonidan “Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish” bo‘limida faoliyat olib borayotgan 42 nafar xodimlar uchun o‘quv-amaliy seminar tashkillashtirildi.

O‘quv seminarida ishtirokchilar soliq ma’murchiligini takomillashtirish orqali soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish yuzasidan zarur bilim ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan dolzarb mavzularda ma’ruzalar tengladilar.

Unda soliq xodimlarining sohalar kesimida 23 ta mezon asosida faoliyat olib borishlariga oid bilim ko‘nikmalari oshirildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

OʻRQ-923-son Qonun (02.04.2024) bilan ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga tabaqalashgan miqdorlarda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Soliq kodeksining 482 va 483-moddalariga quyidagi qoʻshimchalar kiritilmoqda:
🔹01.01.2025-yilga qadar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga:
▫️mol-mulk va yer soliqlarini 50 %dan 100 %gacha kamaytirilgan stavkalarda toʻlash;
▫️barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona toʻlovlari boʻyicha taʼminotsiz va foizsiz 3 oydan 12 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilmoqda.

🔹Ushbu imtiyozlar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga ular bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda beriladi:
▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestr”dagi fuqarolar ishga qabul qilinganda, ularga 1 yil davomida har oy 1 mln soʻmdan kam boʻlmagan ish haqi toʻlaganda;
▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestr”dagi fuqarolar ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda.
Ushbu imtiyoz va preferensiyalar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hisob-kitoblarga koʻra mazkur imtiyozlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida 135 mlrd soʻm mablagʻlar qolishi kutilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Kimlar mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega?
👉 Kimlar yer solig'ini to'lashdan ozod qilingan?
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉У кого есть льготы по налогу на имущество?
👉Кто освобожден от уплаты земельного налога?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Quyosh panellarini o‘rnatgan kompaniyalarga qo‘yidagi soliq imtiyozlari mavjud

Kompaniya quvvati 0,1 mVt va undan ortiq bo‘lgan energiya qurilmalarini o‘rnatgan bo‘lsa

📌Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar nominal quvvati 100 kVt (0,1 mVt) va undan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlik uchun mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga ozod etiladi (SK 414-m. 3-q. 2-b. 21.05.2019 y. O‘RQ-539-son, 14-m..)

➡️Batafsil

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
📌Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob
terminallarini qo‘llash tartibini buzganda qancha miqdorda jarima solinishini bilasizmi

Soliq kodeksining 221-moddasi Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob
terminallarini qo‘llash tartibini buzish
bo‘lib unda jarima miqdorlari belgilangan

✔️ (1-q.) Nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik -
besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

✔️(2-q.) Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik, -
yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

✔️(3-q.) Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi, -
yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

✔️(4-q.) Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, -
yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Qo‘shma_xat.pdf
1.1 MB
#QQS #imtiyoz

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining
Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish 2028-yil 1-yanvarga qadar QQSdan ozod qilinishi boʻyicha axboroti

👉 Soliq kodeksi 483-modda
____________
#НДС #льготы

Информация Министерства экономики и финансов и Налогового комитета об освобождении от НДС до 1 января 2028 года оборота по реализации, а также ввоза товаров (услуг), приобретаемых в рамках проектов, реализуемых полностью или частично за счет государственного внешнего долга, привлеченного и привлекаемого из международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций

👉ст.483 НК