Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.66K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Onlayn-NKM yoki virutal cheklarning qonuniy talablarga muvofiqligini o‘zingiz nazorat qilishni o‘rganishingiz mumkin

Sizning cheklaringiz belgilangan talablarga qanchalik mos kelishini tushunish uchun mutaxassis bo‘lish shart emas.

Kassangizdan chekni olish (elektron chekni ochish mumkin) hamda unda qonun bilan belgilangan barcha rekvizitlar to‘g‘ri aks ettirilganmi-yo‘qmi, tekshirish kifoya.

Xatolar ko‘pincha cheklarda realizatsiya qilingan tovarlar nomenklaturasi aks ettirilganda uchraydi.

Nazorat uchun chekdagi QR-kodni skanerdan o‘tkazing:

• Bu skaner yordamida QR-kodlarni o‘qish uchun yordam beradi. Natijada havola paydo bo‘lishi kerak, undan o‘tishingiz bilan ekranda chekingizning elektron versiyasi ochilishi kerak;

• SoliqUz mobil ilovasi yordamida (bir vaqtning o‘zida keshbek hisoblanishi uchun chekni ro‘yxatdan o‘tkazing).

Agar hammasi muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, siz shuningdek SoliqUz mobil ilovasida chekning elektron versiyasiga kirish imkoniga ega bo‘lasiz.

Ba’zi xatolarning ko‘rsatkichi keshbekni hisoblash uchun ro‘yxatdan o‘tishni rad etish yoki aniq xatolarni ko‘rsatish bo‘lishi mumkin (asosan MXIKdan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq).

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’ziya

Viloyat soliq boshqarmasi jamoasi Baxmal tumani soliq inspeksiyasi Mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari shoʻbasi davlat soliq bosh inspektori Xushbaqov Umirqul Saydaxmatovichni vafoti munosabati bilan yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi.

Alloh marhum Umirqul Xushbaqovni mag‘firat qilsin, savob amallari bilan qabrlarini nurga to‘ldirsin, joylarini jannatda qilsin.

Marhumning yaqinlari iztirob va qayg‘ulariga sherikmiz, chin yurakdan hamdardlik bildiramiz.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Oʻtgan yili mahalladagi tadbirkorlik uchun Sayxunobodga 120 milliard soʻm berilgan. Tuman tadbirkorlari oʻtgan yil soliqdan 85 milliard soʻmlik imtiyoz olgan.

Lekin bu mablagʻlar ish oʻrinlariga aylanmayotgani, kambagʻallikni qisqartirishga taʼsiri sezilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Sayxunobodda ham yashirin iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish va ish oʻrinlarini rasmiylashtirish boʻyicha ishlarni faollashtirish lozimligi qayd etildi.

Bunda, mahalla hududidagi tadbirkorlar "soya"dan chiqib, rasmiy ish oʻrnini koʻpaytirsa, daromad soligʻidan qoʻshimcha tushumning 50 foizi oʻsha mahalla ixtiyorida qoladi.

Tumandagi mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi ham mahalla budjetida qoladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-mart

fevral oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).

_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 марта 2024 года последний день

за февраль:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389 Налогового кодекса, ч. 4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 15-mart – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil fevral oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni


AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
To‘g‘ri ishlayotgan, tushumlarini to‘liq ko‘rsatib, soliqlarini o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi

Yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlar faoliyatiga katta to‘siq bo‘ladi.
Ayni damda tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yo‘lga qo‘yilgan.

U elektron shaklda bo‘ladi va yuqori reytingga ega tadbirkorlarga qator imtiyoz hamda preferensiyalardan foydalanish imkonini beradi.

Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun barcha soliq tekshiruvlari bekor qilinadi, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bir kun ichida, boshqa soliq turlari bo‘yicha ortiqcha to‘lovlar uch kun ichida qaytariladi.

Tovarlarni import qilish va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini bojxona va soliq organlarida o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.

Jizzax viloyatida soliq xodimlari va Do‘stlik tuman soliq inspeksiya rahbariyati mahallabay tizim orqali tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan yuzma- yuz uchrashdilar.

Ularga “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi”ning ahamiyati, afzalliklari va mezonlarini tushuntirib o‘tmoqda.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tekshiruvi

Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan "Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉VMQ-132 13.03.2024

Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
▫️soliq toʻlovchining hududiga kirish;
▫️soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;
▫️soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.

❗️QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
—————--
#налоговая_проверка

В связи с упрощением порядка проведения камеральной налоговой проверки внесены изменения и дополнения в Положение "О порядке организации и проведения налоговых проверок".
👉ПКМ №132 от 13.03.2024

При проведении камеральной налоговой проверки запрещается:
▫️доступ на территорию налогоплательщика;
▫️осмотр территории и помещений налогоплательщика;
▫️истребование документов у налогоплательщика и его вызов;
▫️выемка документов и предметов налогоплательщика.

❗️За исключением камеральных налоговых проверок, проводимых при возмещении (возврате) НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

2024-yil fevral oyida “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha viloyatimizdagi 309 ta mahallaga 185 nafar soliq inspektori biriktirildi.

Bunda soliq inspektorlari samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi orqali baholanmoqda.

Joriy yil fevral oyi natijalariga ko‘ra Jizzax viloyatining respublika miqyosida samaradorlik ko‘rsatkichi 94,1 ballni tashkil etdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest

SOLIQ VAQTI

👉"AAA" toifasidagi tadbirkorlar QQSni 1 kunda qaytarib olmoqda

👉O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati elektron bo‘ladi

👉Yoʻlovchi tashish xizmatlari sohasini legallashtirish faol davom ettirilmoqda

👉Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi

👉Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

👉Suv va salqin ichimliklar – bozorda talab katta bo'lgan yuqori likvidli mahsulotlardir

👉Qurilish korxonalari 2023-yilda 8 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

👉Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini qurish uchun foyda soligʻi imtiyozi beriladi

👉Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq miqdorlari

👉Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i stavkalari

👉O‘lchov birligi noto‘g‘ri aks ettirilgan cheklarni aniqlash funksiyasi ishga tushirildi

👉Soliq xizmatlaridan uydan chiqmagan holda foydalaning

👉Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 mln so‘mdan ortiq daromadi qanday soliqqa tortiladi?

👉Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

👉Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

👉"Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Viloyat 4-sektor rahbari Mirzacho'l tumani "Gulzor" MFY da sayyor qabul o'tkazdi

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-mart - fevral oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 марта - последний день представления отчетности по НДС за февраль

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4- sektorda bahor taomi sumalak tayyorlandi

Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘z taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi.

Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga shunchalik singib ketganki, hatto sumalak pishirish oldidan bir mahallada yashovchi odamlar yoki qarindosh-urug‘lar yig‘ilib tayyorgarlik ko‘rishadi.

Bu yilgi bayram tantanalari "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z" degan bosh g'oya asosida bo'lib o'tmoqda.

Yaqinda Navro‘z bayrami oldidan Sharof Rashidov tumani 4- sektorga qarashli “Yangiobod” mahallasidagi 13-sonli maktabda bahor taomi bo‘lgan sumalak tayyorlandi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter