Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.61K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #keshbek

Keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatilishi, QQS qaytariladigan mahsulotlar 4 taga ko‘paygani, korporativ kartaga keshbek berilmasligi, chekda bank kartasi turi ko‘rsatilishi bo‘yicha mutaxassis sharhi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
2023-yilda Jizzax viloyatida Soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan 851 ta sayyor qabulda 6 227 dan ortiq murojaat yo‘llangan.

Shundan:
▫️hal etilgan – 4 862 mingta (78%);
▫️tushuntirish berilgan – 1 183 mingta (19%);
▫️o‘rganish jarayonida –170 mingta (3%);
▫️rad etilgan – 12ta (0%).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍 Jizzax shaxari– 69 ta;
📍 Forish tumani – 68 ta;
📍 Baxmal tumani – 67 ta

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Qanday qilib soliqlarni to‘lashda xatolarning oldini olish mumkin

Amaliyotda soliq to‘lovchilar ko‘pincha soliqlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini rasmiylashtira turib g‘aznachilik schyotlarini ko‘rsatishda xatoga yo‘l qo‘yishadi.

Natijada schyotga kelib tushishi kerak bo‘lgan pul yo‘qolib qoladi, axborot tizimlari esa bunday vaziyatni soliq qarzdorligi sifatida belgilaydi va kechikkanlik uchun Soliq kodeksining 110-moddasiga muvofiq penya hisoblaydi.

Bunday vaziyatga, odatda, soliqlarni my3.soliq.uz sayti orqali emas, balki bank va boshqa xizmatlar orqali to‘laydigan soliq to‘lovchilar tushishadi.
Vaziyatdan kelib chiqib xatoni tuzatish har xil bo‘ladi. Shunday qilib, masalan, agar siz shunchaki to‘lanayotgan soliq schyotlarini adashtirib yuborsangiz, pulni schyotdan schyotga o‘tkazish mumkin.

Ammo qarzdorlik davri uchun hisoblangan penyalarni baribir to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Soliq qo‘mitasi, agar soliq to‘lashda my3.soliq.uz saytida «Yuridik shaxslarning soliqlarini to‘lash» va «Filiallar yoki alohida bo‘linmalar uchun soliq va yig‘imlarni to‘lash» interaktiv xizmatlaridan foydalanilsa, bunday xato va ko‘ngilsizliklar ehtimoli keskin kamayishiga e’tibor qaratmoqda.

Boshqalardan farqli o‘laroq, ushbu servislarda soliq to‘lovchiga to‘lov topshiriqnomasini shakllantirishda avtomatik ravishda to‘g‘ri schyotlar taklif etiladi, bu esa ehtimoliy xatolarning oldini oladi.
Idora byudjet tashkilotlariga soliq to‘lovlarini amalga oshirishdan avval har bir soliq turi bo‘yicha soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan g‘aznachilik schyotlarining to‘g‘riligini tekshirishni tavsiya qiladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Qonunchilikdagi yangiliklar

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlarning xaridlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi


Prezident qarori (PQ-13-son, 10.01.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

🔖 Shunga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

▪️un;
▪️shakar;
▪️dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

📌 Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

✔️ Shuningdek, “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

📝 Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.

Ilgari ma’lum bir qiymat belgilanmagan edi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
“Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–8-son, 09.01.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2024 yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026 yil 1 yanvargacha “tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

▫️2026 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
▫️2027 yil 1 yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari uchun – majburiy;
▫️2028 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#2023_yil_natijalari

Budjetga soliq tushumlari

2023-yilda Davlat budjetiga jami soliq tushumlari 165,9 trln soʻmni tashkil etdi. Bu belgilangan yillik prognozga (163,8 trln soʻm) nisbatan 101,3 foizga (2,1 trln soʻm) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 trln soʻmga koʻp.

Respublikamizning barcha hududlarida belgilangan yillik prognoz koʻrsatkichlari toʻliq bajarildi va ularning qoʻshimcha tushumlari 3,4 trln soʻmdan oshdi.

Hududlarda soliq tushumlari 2022-yilga nisbatan 13%ga oʻsdi. Jizzax (30%), Sirdaryo (21%), Toshkent (19%) va Navoiy (18%) viloyatlarida yuqori oʻsishga erishildi.

Teng raqobat sharoitini yaratish, xarajatlar tarkibini asossiz oshirishning oldini olish hamda toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar natijasida davlat ulushi boʻyicha budjetga prognozga nisbatan 1,5 trln soʻm qoʻshimcha dividend summalari undirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan 1,3 trln soʻm moliyaviy jarimalar qoʻllanilishining oldi olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Jizzax shahrida mahalliy soliqlarni yig'ishda faollik ko'rsatgan 3 ta mahalla vakillar rag'batlantirildi

Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.

Ammo, fuqarolar, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.

Ushbu soliq tushumlarini undirishda esa mahalla faollarining xizmati katta. Jizzax shahar hokimligida 2023-yilda mahalliy soliqlarni undirish, soliq qarzdorligini kamaytirishda faollik ko'rsatgan 3 ta MFY raisi, hokim yordamchisi va soliqchilar rag'batlantirildi.

Jumladan,

1-o'rinni qo'lga kiritgan "Qassoblik" MFY uchligi har biriga Iphone 15;
2-o'rinni egallagan "Ravalliq" MFY uchligiga katta ekranli smart televizor;
3-o'rinni egallagan "Madaniyat" MFY uchligiga esa Artel konditsionerlari sovg'a qilindi.


Sovg'alar Jizzax shahar jamoatchiligi hamda sektor rahbarlari tomonidan topshirildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XOTIRA BOG'IDA “MOTAMSARO ONA” HAYKALI POYIGA GULCHAMBARLAR QO‘YILDI

     Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni tantanali ravishda nishonlanmoqda.

 Bugun Jizzax shahridagi “Motamsaro ona” haykali gulchambarlarga burkandi. Viloyat hokimligi, viloyat tashkilot va korxonalari, muassasalari rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari, keng jamoatchilik vakillari “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, o'zlarining hurmatlarini bajo keltirishdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM