Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#integratsiya #onlayn_NKT #markirovka #soliq_tekshiruvi

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida qanday huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar nazarda tutilgan?


Ushbu moddada nazarda tutilgan moliyaviy jarimalar quyidagilarni buzganlik uchun qo‘llaniladi:
1) fiskal belgilarni aks ettirish talablari yoki tartibi;
2) avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash talablari yoki tartibi;
3) soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish talablari yoki tartibi;
4) tovar (mahsulot)larni ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalari.

1️⃣ Fiskal belgilarni aks ettirish bo‘yicha qanday talablar bor?

Taqdim etilgan xarid chekida QR-kod va fiskal belgi bo‘lishi lozim. To‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKT cheki berilishi shart.
PF-5813-son 5-band 2-, 4-xatboshi 06.09.2019
VMQ-943-son 1-ilova 7-band 23.11.2019

2️⃣ Avtomatlashtirilgan o'lchov vositalari bilan jihozlash deganda nima tushuniladi

- ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida - jo‘natilishini nazorat qilish maqsadida iste’mol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash;
VMQ-737-son 2-ilova 1-band 20.11.2020
- AGTKS va AGQSlarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralar o‘rnatish.
PF-21-son 7-band 10.02.2023

3️⃣Qanday tizimlar soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi kerak

Quyidagilar Soliq qo‘mitasi ma'lumotlar bazasi bilan integratsiya qilinishi lozim:

-
chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasidagi avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar);
VMQ-943-son 1-ilova 4-band 23.11.2019
Marketpleyslar;
VMQ-943-son 1a-ilova 10-band 23.11.2019
- paxta xomashyosi, g‘alla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish axborot tizimlari;
PF-21-son 7-band 10.02.2023
AGTKS va AGQSlaridagi elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralar;
PF-21-son 7-band 10.02.2023

4️⃣ Ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar majburiy raqamli markirovkalashning qanday qoidalariga rioya qilishi kerak

Majburiy raqamli markirovkalash qoidalari quyidagilardan iborat:

- ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalashi shart. Raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga (Asl belgisi) ulangan bo‘lishi kerak.
VMQ-737-son 20.11.2020

- chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi:
PQ-5252-son 2 "b"-band 4-xatboshi.10.04.2021

- mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari
VMQ-833-son 1-ilova 31.12.2020

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#integratsiya

Hisobga olish dasturlari
(R-Keeper, JOWi, iiko va boshqalar) qanday qilib soliq organlari bilan integratsiya qilinadi?

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reestriga kiritilishi lozim.

Integratsiya qilish va davlat reestriga kiritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹Hisobga olish dasturlari ishlab chiqaruvchisi integratsiya boʻyicha Fiskal maʼlumotlar operatori (FMO)ga ariza bilan murojaat qiladi;
🔹Arizaga asosan FMO hamda ishlab chiqaruvchi oʻrtasida shartnoma imzolanib integratsiya amalga oshiriladi hamda qaror (
VMQ-943) talablariga muvofiqlashtiradi;
🔹Ishlab chiqaruvchi integratsiya yakuni boʻyicha xulosa olish uchun ariza bilan FMOga murojaat qiladi;
🔹Integratsiya belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilganda ijobiy xulosa taqdim etiladi.


Shundan soʻng ishlab chiqaruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar Soliq qoʻmitasiga taqdim qilinadi:

👉Hisobga olish dasturining etalon namunasi;
👉Dasturning muvofiqlik sertifikati;
👉Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza;
👉Shakllantirilgan chek namunasi;
👉Dasturning texnik pasporti;
👉Foydalanish hujjatlari (foydalanuvchi uchun qoʻllanma, va soliq inspektori yoʻriqnomasi);
👉Ariza beruvchining ehtiyot qismlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida kafolat xati;
👉"Kiberxavfsizlik markazi" DUK xulosasi;
👉FMO xulosasi;
👉Dasturning mualliflik huquqi (patent)
.

Vakolatli organ tomonidan hujjatlar o‘rganiladi, kamchiliklar aniqlanmasa reestrga kiritish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Shundan so‘ng FMO tomonidan dasturning zavod yoki seriya raqamlari Davlat reestriga kiritiladi. (Kamchiliklar aniqlanganda rad qilinadi, ishlab chiqaruvchi xatolarni to‘g‘rilab qayta murojaat qilishi mumkin).

Dastur bilan bir qatorda dasturga texnik xizmat koʻrsatuvchi markaz (TXKM) ham davlat reestriga kiritilishi zarur. Buning uchun Soliq qo‘mitasiga Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza va quyidagi hujjatlar yuboriladi:

👉Ishlab chiqaruvchi yoxud uning vakolatli vakili bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉TXKMning faoliyat yuritish joyi boʻyicha koʻchmas mulkka yoki undan foydalanishga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat(lar);
👉“Call-markaz”ga ega ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot;
👉Dasturga xizmat koʻrsatish boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassis(lar) toʻgʻrisida maʼlumot.


Shundan soʻng TXKM va FMO oʻrtasida fiskal modul bilan taʼminlash toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi. TXKM malakali mutaxassisi FMO axborot tizimiga kiritiladi va unga foydalanishga ruxsat beradi, shuningdek, TXKM soʻroviga asosan FMO fiskal modul bilan taʼminlaydi.

👉Integratsiya qilish uchun FMOga xatlar [email protected] manzili orqali yuboriladi.
👉
Xat namunalari.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
👍1
#uchrashuv

Fiskal institutda Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning yoshlar bilan uchrashuvi oʼtkazilmoqda

Qo'mita Raisi davlat soliq xizmati organlari xodimlari, shuningdek, tizim tarkibidagi talim muassasalari talaba va o‘quvchilari orasida katta salohiyatga ega, g‘ayratli, yosh kadrlar ko‘pligini ta’kidladi. Kelajakda soliq sohasini rivojlantirishda yoshlarga katta umid bog'langani qayd etildi.
_______
#встреча

В Фискальном институте проходит встреча председателя Налогового комитета Шерзода Кудбиева с молодежью

Глава ведомства отметил, что среди сотрудников органов государственной налоговой службы, а также студентов и учащихся подведомственных образовательных организаций много молодых и целеустремленных людей с большим потенциалом. На них возлагаются надежды и ожидания в будущем преобразовании налоговой сферы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
👍2
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev yig‘ilish ishtirokchilari bilan o‘z shaxsiy tajribasi bilan o‘rtoqlashar ekan, sohada mehnat qilayotgan har bir shaxs zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat, soliq xodimiga qo‘yiladigan zamonaviy kasbiy talablar haqida ham so‘z yuritdi.

Soliq sohasini rivojlantirishga qaratilgan mushtarak maqsadlar yoʼlida yanada tashabbuskor va fidoyi boʼlishga chorlab, bu borada yoshlarning g'oyalarini qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.

Samimiy ruhda o'tayotgan uchrashuvda ishtirokchlar o'z taklif va tashabbuslarini bildirmoqda.
_______
#встреча

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев поделился с участниками встречи своим личным опытом, а также рассказал об ответственности, возложенной на каждого, кто трудится в сфере, и современных профессиональных требованиях к налоговому работнику.

Призвав молодых специалистов быть инициативными и самоотверженными на пути к общим целям, направленным на развитие налоговой сферы, он заявил, что всегда готов поддержать идеи молодежи в этом направлении.

В ходе искреннего диалога участники делятся своими предложениями.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#uchrashuv

Fiskal institut 3-bosqich talabalari - Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi A.Aburahimov va Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi T.Abduraimovaga Institut rektori nomidan notebook taqdim etildi.
________
#встреча

Студентам 3 курса Фискального института - обладателю государственной стипендии имени Ислама Каримова А.Абдурахимову и обладателю государственной стипендии имени Навои Т.Абдураимовой - вручены ноутбуки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#uchrashuv

Sh.Kudbiyev G'allaorol tumani soliq inspeksiyasida ishlash istagini bildirgan yoshlardan birining ishtiyoqini qo'llab-quvvatlagan holda uni ishga qabul qilish yuzasidan topshiriq berdi.

Shuningdek, mahalla tizimida yaxshi ko'rsatkichlar qayd etib kelayotgan yana bir yosh xodimning unvoni bir pog'ona oshirilishini ma'lum qildi.
______
#встреча

Ш.Кудбиев поддержал энтузиазм одного из молодых участников встречи, изъявившего желание работать в налоговой инспекции Галлааральского района, и дал поручение о приеме его на работу.

Также сообщено о том, что будет повышено на одну ступень звание одного молодого сотрудника, показавшего хорошие результаты работы в системе махалли.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
👍1
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25 dekabr

dekabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda belgilangan miqdordan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика #налог_на_прибыль

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 25 декабря 2023 года последний день

за декабрь:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает установленный размер
(ч.1 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
🔖NKTni qo‘llash qoidalari

- 06.09.2019 yildagi PF-5813-son Farmonning 1-bandi va 4-bandiga muvofiq savdo shoxobchalari yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchalari aholi bilan naqd pulda yoki bank plastik kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa texnikasini qo‘llashi shart. Ular o‘z faoliyatida Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-NKM va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomga amal qilishlari kerak.

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar onlayn nazorat-kassa texnikasini (NKT) qo‘llashi kerak 23.11.2019 yildagi 943-son VMQga 1-ilova 1-b.:
• yuridik shaxslar;
• yakka tartibdagi tadbirkorlar;
• oilaviy tadbirkorlar.

NKT tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi 23.11.2019 yildagi 943-son VMQga 1-ilova 3-b.:
1) onlayn-NKM;
2) virtual kassa;
3) fiskal cheklarni generatsiya qilish imkonini beradigan elektron tijorat platformalari - marketpleyslarning axborot tizimlari (dasturiy ta’minot, mobil ilova).

Shu jumladan - to‘lov ilovalari.
Onlayn nazorat-kassa texnikasining barcha uchta turi fiskal ma’lumotlar operatorining yagona axborot tizimida ishlaydi va fiskal cheklarni shakllantirishi mumkin.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Forish tumanida sayyor qabul tashkil etildi

📌Aholi muammolariga yaqindan quloq tutish va ularni joyida bartaraf etish maqsadida Jizzax viloyati soliq boshqarmasi, viloyat 4-sektor rahbariyati tomonidan Forish tumanining O’zbekiston mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

♻️Qabulda 9 nafar fuqarodan kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullar biriktirilib, tezkor choralar ko‘rildi.

☑️Xususan, fuqarolar elektr energiyasi, ichimlik suvi, bandligini ta’minlash, salomatligini tiklash, brayl alifbosidagi kitoblar bilan ta’minlashda ko’maklashish, kredit olish yo’nalishlarida murojaat qildilar.

E’tiborlisi, mahalliy davlat boshqaruvi idoralari, sektorlar rahbarlari tomonidan o‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi bilan yuzma-yuz muloqot asosida odamlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM