Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.61K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi

25 may kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2022/2023 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlariga maktab o‘quvchilari, ularning ustozlari va ota-onalari taklif etildi.

Ana shunday tantanali tadbir Baxmal tumanidagi 4-umumta’lim maktabida ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Erta tongdanoq, maktabning fayzli hovlisida bu yil mazkur bilim maskanini tamomlayotgan o‘quvchilar saflandilar.
... O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga tabrigini viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4- sektor rahbari B.Tashpulatov o‘qib eshittirdi.

Prezidentimiz tabrigida qayd etilganidek, bu yil respublikamizda кo‘plab o‘quvchi-yoshlar umumta’lim maktablarini bitirmoqda. O‘z bilim va iste’dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo‘lishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chog‘lanib turgan tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz,

Yangi O‘zbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir. 19 ming nafar o‘quvchilar 11 yillik ta’limning navbatdagi bitiruvchilariga aylandilar. Ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma bo‘lishmoqda.

O‘tgan yili 13 nafar o‘quvchilaringizdan 70 foizi oliy o‘quv yurtlarida o‘qimoqdalar. Bu yilgi 11 sinf o‘quvchilari ham 80-90 foizi oliygohlarga o‘qishga kirishadi, deb umid qilamiz.

Tadbirda bitiruvchilar bilimlar bilan birga odamiylik sabog‘idan dars bergan ustozlariga minnatdorlik bildirdilar. Prezidentimiz, xalqimiz, o‘qituvchilari ishonchini oqlashga va’da berdilar.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi

25 may kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2022/2023 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Ana shunday tantanali tadbir Baxmal tumanidagi 4-umumta’lim maktabida ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga tabrigini viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4- sektor rahbari B.Tashpulatov o‘qib eshittirdi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi

25 may kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2022/2023 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahar soliq inspeksiyasi mas'ul bo'lgan 4-sektor hududida joylashgan Amir Temur MFYdagi 23-maktabda ham bitiruvchilar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Jizzax shahar 4-sektori rahbari J.Axbutayev ishtirok etib,bitiruvchilarga Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi hamda katta hayotga uchirma bo'layotgan yoshlarga omad tiladi. Faol o'quvchi va o'qituvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi. O'quvchilar tomonidan badiiy dastur taqdim etildi.

Shundan so'ng maktabda so'nggi qo'ng'iroq jaranglab o'quvchilar yozgi ta'tilga yo'l oldilar.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
“Lizing kompaniyasi – QQS to‘lovchisi Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 59-1-bandiga muvofiq lizing bo‘yicha foizlarga bir tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etadi.

Lizing oluvchilar ikki tomonlama EHF taqdim etilishini talab qilishmoqda. Bu vaziyatda kim haq hisoblanadi? Lizing kompaniyasi lizing bo‘yicha foizlarga qanday hisobvaraq-fakturlarni taqdim etishi kerak?”.

Matluba Raupova tadbirkor

– Nizomning 59-1-bandida ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ning foizli daromadiga bir tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etilishi nazarda tutilmagan. Shu bois lizing kompaniyalari standart ikki tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etishlari kerak.

Ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ning foizli daromadiga ikki tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etilishi ikki tomonlama EHF rasmiylashtirilmaydigan hollar ro‘yxati ko‘rsatilgan Nizomning 3-bandiga havola berilgan Nizomning 59-bandi normasiga muvofiq keladi. Ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ning foizli daromadi ushbu ro‘yxatga kiritilmagan.

Nizomning 59-1-bandi aylanmadan olinadigan soliq va aksiz solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari shakllarida avtomatik tarzda shakllantiriladigan ushbu soliqlar bo‘yicha soliq solish ob’ektini aniqlash maqsadida joriy etilgan.

Yuqorida bayon etilganlarga asosan, ijaraga beruvchi (lizing beruvchi)ning foizli daromadiga ikki tomonlama hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilishi kerak.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol:
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan QQS bilan xarid qilingan yengil avtomobillar bo‘yicha QQS summasini hisobga olishi mumkinmi?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi sho'ba boshlig'i Abdulla Yusupov javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram