Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📩

Savol: - O`tgan yili turmush o`rtog`im bilan ajrashgandim. Sobiq erim o`g`lim uchun alimеnt to`layapti. O`zim o`qituvchi bo`lib ishlayman. Olgan alimеnt pulidan soliq to`laymanmi?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Rashid Davurov javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌QQSni qachon hisobga olish mumkin

➡️Tavsiyada:

– QQSni hisobga olishning shartlari;
– tovarlar importida QQSni hisobga olish:
imtiyozlar mavjud bo‘lganda «import» QQS hisobini yuritish;
– eksportda QQSni hisobga olish:
vositachi orqali eksportda QQSni hisobga olish.

Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilganingizda hisoblangan QQSni hisobga olinadigan soliq summasiga kamaytirishga haqlisiz. Biroq, buning uchun ma’lum shartlar bajarilishi lozim .
Odatda, tovar va xizmatlar yetkazib beruvchisi tomonidan taqdim etilgan QQS summasi hisobga olinadi. Biroq, ayrim hollarda o‘zingiz hisoblab, byudjetga to‘lagan QQS summasi hisobga olinadi.

Quyidagi hollarda xaridorning o‘zi QQSni byudjetga to‘lashi, keyin esa uni hisobga olishi lozim:( SK 266 m/1-q)

• tovarlar importida ;(SK 266 m 1-q.3-b)
• O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan chet ellik shaxslardan tovar va xizmatlar olinganda. Bunda tovar va xizmatlarni realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston hisoblanadi ; (SK 266 m1-q.4-b)
• davlat mulki xarid qilinganda. (SK 266 m 1-q. 4-b)

➡️Qanday shartlarda QQSni hisobga olib borish mumkin

Umumiy qoidaga muvofiq, haqiqatda olingan tovar va xizmatlar bo‘yicha «kiruvchi» QQSni hisobga olishingiz mumkin. Buning uchun bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak :

1) olingan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish chog‘ida tovarlardan (xizmatlardan) foydalanilganda realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaga soliq solinsa, shu jumladan nol stavka bo‘yicha soliq solinishi lozim bo‘lsa;

2) «kiruvchi» QQS yetkazib beruvchining hisobvaraq-fakturasida yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatda ajratib ko‘rsatilgan bo‘lsa;

3) yetkazib beruvchingiz QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va amal qiluvchi QQS guvohnomasiga ega bo‘lsa;

4) siz amaldagi QQS guvohnomasiga ega bo‘lsangiz.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
– Do‘konlar tarmog‘i kengaytirishni rejalashtirmoqda, xususan – yirik aholi punktlaridan tashqarida savdo shoxobchalarini ochish hisobiga.

U yerda esa Internetga uzluksiz ulanish bilan bog‘liq muammolar mavjud. Qanday yo‘l tutish lozim?

Biz uchun Internet juda muhim, sababi assortimentda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar mavjud. Oflayn-rejimda ishlash aynan shunday tovar bilan ishlashda nosozlik xavfini oshiradi.

Alisher Jabborov tadbirkor

– Onlayn-NKM va virtual kassalar Internetdan uzilgan paytdan e’tiboran 48 soat mobaynida avtonom rejimda ishlashi mumkin. Shu vaqt mobaynida barcha funksionalning ish qobiliyati qo‘llab-quvvatlanadi.
Bunda internetga uzluksiz ulanishni ta’minlashga ham urinib ko‘rish mumkin.

Barcha onlayn-NKM va virtual kassalar internetning turli manbalariga ulanishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin: mobil, kabel, wi-fi.
Siz joylashgan joyda yaxshi sifatdagi internet bilan ta’minlaydigan operatorlarni toping. Agar signal yo‘qolib qolsa, kassa bu haqda sizni ogohlantiradi va sizda boshqa manbaga qayta ulanish imkoniyati bo‘ladi.

Buni aynan sizning apparatingiz bilan qanday amalga oshirish mumkinligi yuzasidan TXKMdan yo‘l-yo‘riq oling.
Aytgancha, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida ham shunga o‘xshash vaziyat. Barcha qurilmalar avtonom quvvatlantirish manbalariga ega.

Elektr energiyasi uzoq vaqt uzib qo‘yilishi holatiga zaryadlangan akkumulyatorlar va quvvatlantirish manbalariga ega bo‘ling. Yoki – generator sotib oling. Umuman elektr energiyasisiz kassa ishlamasligini yodda tuting.

Agar bunday holat yuz bersa, xaridorlarga tasdiqlangan shakl bo‘yicha kvitansiyalar bering. Kassa yana ishlab ketgandan so‘ng, har bir kvitansiyaga chek uring.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i toshkentliklarni tashvishlantirib kelayotgan muammosini hal etib berdi

Yaqinda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatovning Mirzacho‘l tumanida fuqarolar bilan o‘tkazgan sayyor qabulida “Toshkent” qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli Chimqo‘rg‘on ko‘chasi 4/1 uyda istiqomad qiluvchi fuqaro Zulfiya Rahmonova o‘zi istiqomad qiluvchi ko‘chada elektr simlarining yaroqsizligi, simyog‘ochlarning omonatligi, eng achinarlisi, tok quvvatining o‘ta pastligi qiynab kelayotganligi borasida murojaat qilgan edi.

Ko‘p vaqt o‘tmasdan mas’ullar tomonidan mazkur murojaat qanotlantirilib, ko‘chaga yangi simyog‘ochlar o‘rtatildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📩

Savol: - Soliq to`lovchilarda ko`rilgan zararlarni kеlgusi davrdagi foydadan chеgirish tartibi qanday?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Mamlakat Karimova javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Do‘stlikning og‘ir hududlari obod manzillarga aylanmoqda

Kuni kecha viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov Do‘stlik tumani 4- sektorga qarashli Mevazor MFY “Oybek” aholi punktida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi «Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Do‘stlik tumanida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat sektor rahbarining sa’y-harakati bilan “Oybek” aholi punktida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Bu yerda yo‘llarni tekislash va shpes (qum shag‘al aralashmasi) yotqizish ishlari olib borilmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#imtiyoz

👩‍🎓 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi

✔️Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, ya'ni to‘langan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkin.
👉Soliq kodeksi 378-modda

🛍2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ta'lim olishi uchun to‘lagan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
– Ba’zan onlayn-NKM yoki virtual kassa ishlamay qoladi, ekranga esa xato haqida xabar chiqariladi. TXKMga qo‘ng‘iroq qilishga vaqt sarflamaslik uchun qanday qilib bunday xatolarni mustaqil ravishda bartaraf etish mumkin?

Nodira Payziqulova tadbirkor

– O‘z TXKMga murojaat qilib, kassangiz ekraniga chiqarilishi mumkin bo‘lgan xatolar to‘g‘risida axborotni so‘rang. Ular nimani anglatadi va ularni qanday tuzatish mumkin. Bu yerda muayyan modelga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlar bo‘lishi mumkin.

Ayrim hollarda kassani qayta ishga tushirish, simlar ishonchli ulanganligini tekshirish yetarli bo‘ladi. Ba’zan esa TXKM mutaxassislarining yordamisiz uddalashning imkoni bo‘lmaydi...
Eng ko‘p uchraydigan xatolarni biz “Onlayn-NKTning uzluksiz ishlashi qanday ta’minlanadi” vebinari doirasida ko‘rib chiqdik.

Siz vebinar yozuvini 25 daqiqasidan ko‘rishni boshlab, ushbu tushuntirish bilan tanishishingiz mumkin.

Eng ko‘p tarqalgan xatolar ma’lumotlarni fiskal ma’lumotlar operatoriga uzatish bilan bog‘liq.

Ularni hal qilish uchun:

1) Internetga ulanganligini tekshirish, kassaning undan foydalanishini ta’minlash;

2) fiskal modul uchun to‘lovni tekshirish, agar uning muddati o‘tkazib yuborilgan bo‘lib, fiskal modul o‘chirilgan bo‘lsa – to‘lovni amalga oshirish lozim.

Yana bir muhim jihat: hozir aksariyat tadbirkorlarda kassa 1 yildan 3 yilgacha ishlaydigan vaqt kelmoqda. Bu shuni anglatadiki, har kuni yoki tez-tez Z-hisobotini yechib oladiganlar, fiskal modulning to‘lib qolishi muammosiga duch kelishadi. Bu holda kassa fiskal modul to‘lib qolganligi haqida xabar chiqaradi va blokirovka qilinadi.

Hozircha bunday xatolar – kam uchraydi, sababi aksariyatida hali vaqt kelmagan. Ushbu xatoni bartaraf etish uchun har qanday holda TXKMga murojaat qilish lozim.

Mutaxassis sizga fiskal modulni almashtirib beradi. Bu holda yangi fiskal modul uchun to‘lovni amalga oshirish kerak emas.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
📌Soliq uzilishi koeffitsientiga ega kontragent nima bilan xavfli

Soliq uzilishi tushunchasi soliq to‘lovchining soliq hisobotida quyidagi yetkazib beruvchilar–kontragentlardan olingan EHF asosida hisobga olinishi lozim bo‘lgan QQS summalari aks ettirilganligini anglatadi:

• QQSni byudjetga to‘lamagan
yoki

• soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagan.

Soliq uzilishini aniqlashda nafaqat sizning kontragentingizning, balki tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berishning butun zanjiri bo‘yicha uning kontragentlarining ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi.

Soliq uzilishi koeffitsienti to‘g‘risidagi axborotni qaerdan topish mumkin

O‘zingizning hamda kontragentingizning soliq uzilishi koeffitsientini – siz quyidagilarda aniqlashtirib olishingiz mumkin:

• my.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetingizning “Kontragent to‘g‘risida ma’lumotlar” bo‘limida
yoki
• EHF rasmiylashtirish chog‘ida. Tomonlardan har birining soliq uzilishi koeffitsienti to‘g‘risidagi axborot uning rekvizitlari ostida aks ettiriladi.


Koeffitsientlar to‘rtta guruhga bo‘lingan:

1) 0,00 dan 0,20 gacha – “yashil” rangda;
2) 0,21 dan 0,40 gacha – “to‘q sariq” rangda;
3) 0,41 dan 0,60 gacha – “och qizil” rangda;
4) 0,61 dan 1,0 gacha – “to‘q qizil” rangda.

➡️Kontragentning soliq uzilishi siz uchun nima bilan xavfli?

Ushbu koeffitsient qanchalik yuqori bo‘lsa, kontragentda “belgi”ning rangi qanchalik – to‘q qizil rangga yaqin bo‘lsa, shunchalik unga e’tibor bilan qarash lozim. Sizning lozim darajada ehtiyotkorlik qilishingizning mohiyati kontragentni uning shartnoma majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishga qodirligi nuqtai nazaridan baholashdan iboratdir.

Bundan tashqari, agar sizning yagona yetkazib beruvchingiz – “to‘q qizil” rangda bo‘lsa, siz ham u bilan biznes munosabatlariga kirishgan holda, “yashil” rangda qolmasligingizni hisobga oling. Sizning kontragentlaringiz ham, o‘z navbatida, siz bilan ishlagan holda o‘z obro‘larini buzmaslikni o‘ylab qolishadi.

Bundan hech kim himoyalanmagan, hatto “Norma”da birmuncha vaqt shunday vaziyat bo‘lgan.

Biroq – xushxabar bor! Joriy yilning yanvar oyi boshida respublika bo‘yicha o‘rtacha soliq uzilishi koeffitsienti soliq qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 0,18 ni tashkil etgan. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan muayyan ishlar natijasida esa 62 638 tashkilotda joriy yil boshidan bugungi kunga qadar koeffitsient 0,15 ni tashkil etadi (0,03 na pasaygan).

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#imtiyoz

Fuqarolarga daromad solig‘idan 263 mlrd so‘mga yaqin imtiyoz qo‘llanilgan

♻️ Jismoniy shaxslar "kontrakt" to‘lovi, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirgan mablag‘laridan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin.

Yil boshidan ayni kunga qadar 188,1 ming nafar fuqaroga jami 262,9 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

Jumladan:
🔸"Kontrakt" to‘lovidan – 156,8 ming nafar fuqaroga 196,2 mlrd so‘m;
🔸Ipoteka kreditiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan – 20,9 ming nafar fuqaroga 49,9 mlrd so‘m;
🔸Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qilingan to‘lovlardan – 10,3 ming nafar fuqaroga 16,7 mlrd so‘m.

👉"Kontrakt" uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi.
👉"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM