Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.49K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
“Inson qadri uchun” tamoyili Forishning Xonbandi mahallasida o‘z isbotini topdi

Xonbandi
Forish tumanidagi ko‘p qavatli uylar mavjud mahallalaridan biri hisoblanadi. O‘tgan asrning saksoninchi yillarida qurilgan bu uylar asosan hududdagi kon ishchilarining oilalari uchun mo‘ljallab bunyod etilgan. Oradan yillar o‘tib, kon faoliyati to‘xtadi. Biroq odamlar yashashda davom etishdi. Ayniqsa qishda uylarning isitish tizimida muammolar mavjud edi. Joriy yilgi anomal sovuq ham bu muammoning ko‘lami naqadar katta ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Xolida Suvonova keksa o‘qituvchi. U ham qishning sovug‘ida uyini gaz plitasi yordamida isitgan xonbandiliklardan biri.

Respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori Xolida Suvonova kabi insonlarning hayot tarzi o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Joriy yil boshidan mahalladagi 13 ta ko‘p qavatli uylarning 736 ta xonadoniga zamonaviy issiqlik tizimlari o‘rnatib berish boshlandi.

➡️Batafsil

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Jizzax shahar 4-sektori rahbariga Amir Temur MFY Qorasoy ko’chasi yangi hovlida istiqomat qiluvchi fuqaro Sayidaliev Samadning murojaati asosida ushbu ko’chada yashovchi fuqarolarning xonadonlarini ta’mirlash va oqlashda amaliy yordam so’ragan edi. Mazkur hududdagi 25 ta xonadonga uylarning devorlarini oqlash uchun 2,5 tonna ohak keltirib berildi.

Har bir xonadon tomonidan shu vaqtgacha rang berilmagan xonadonlarning devorlarini ta’mirlash boshlab yuborildi. Ayni vaqtda 4-sektor har bir murojaatni ijobiy hal etish ustida ish olib bormoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Chet ellik shaxslardan olingan xizmatlar bo‘yicha QQS hisob-kitobi qanday to‘ldiriladi

– Agar sizning korxonangiz chet el kompaniyasi xizmatlarini olgan bo‘lsa, QQS to‘lovchisi yoki to‘lovchisi emasligidan qat’i nazar – u:

📌 alohida Chet ellik shaxslardan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobini (soliq kodi 10001_5) to‘ldirishi;

📌 agar O‘zbekiston ushbu xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilsa SK 241-moddasiga tegishli soliq summasini to‘lashi shart.

Agar sizning korxonangiz – QQS to‘lovchisi bo‘lsa, to‘langan soliq hisobga qabul qilish shartlariga rioya qilingan taqdirda hisobga olinadi SK 255-m. 9-q. SK 266-modda.

Agar O‘zbekiston olingan xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmasa, siz shuningdek ushbu Hisob-kitobni to‘ldirishingiz va unda xizmatlar qiymatini 0102-satrda aks ettirishingiz kerak. Bu holda QQS to‘lanmaydi.

Xizmatlar qiymatini Hisob-kitobda realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanada Markaziy bank kursi bo‘yicha aks ettiring SK 247-m. 4-qisim Xizmatlar bo‘yicha – bu ular ko‘rsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana SK 242-m. 4-qisim

Hisob-kitobni taqdim etish muddatlari SK 273-m. 4-qism

📌 QQS to‘lovchilar bo‘lgan soliq agentlari uchun – haqiqatda xizmatlar olingan oydan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;

📌 QQS to‘lovchi bo‘lmagan soliq agentlari uchun – soliqni to‘lash amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#raqamlashtirish #onlayn_NKT

Joriy yilning 4 oyi uchun:

👉оnlayn-NKT orqali tovarlarni sotish hajmi 64 trln so'mdan oshdi

👉 iste'molchilarga 418 mlndan ortiq elektron chek berilgan
___________

#цифровизация #онлайн_ККТ

За 4 месяца этого года:

👉объем реализации товаров через онлайн-ККТ превысил 64 трлн сумов

👉потребителям выдано свыше 418 млн электронных чеков

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joylarda to‘lovni amalga oshirganda, chek onlayn-NKM va virtual kassa yordamida beriladigan hollarda, mijozning iltimosiga ko‘ra qaytarish chekini shakllantirish imkoniyati mavjud. Agar masofadan turib to‘lov amalga oshirilgan bo‘lib, fiskal chek elektron to‘lov tizimi tomonidan shakllantirilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

– Bu holda ham qaytarishni rasmiylashtirish mumkin. Elektron to‘lov tizimining mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling – qanchalik tez murojaat qilsangiz, shunchalik yaxshi, sababi buni to‘lov amalga oshirilgan oyda amalga oshirishga ulgurish lozim.

Aks holda murakkabliklar yuzaga keladi...
Bunda to‘lov tizimi faqat sotish cheki shakllantirilgan taqdirda onlayn-NKT tizimida qaytarish chekini shakllantiradi.

Ya’ni, fiskal ma’lumotlar komitentning hisobotiga yuborilgan bo‘lsa. Agarda bo‘nak to‘lovi bo‘lgan bo‘lsa, elektron to‘lov tizimining tranzaksiyani bekor qilishi va pullarni mijozning kartasiga qaytarishi yetarli bo‘ladi.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📩

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qurilish pudratiga yollash mumkinmi?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi bo'lim boshlig'i Zilola Abdunabiyeva javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i mahalladagi “beshlik” faoliyati bilan tanishdi

Kuni kecha viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov Arnasoy tumaniga qarashli “Bo‘ston” mahallasida hududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan “beshlik” – rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida mahallalarda ijtimoiy muammolarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, notinch oilalar bilan ishlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyat yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla faollarining ish jarayonidan kelib chiqib, taklif va mulohazalari eshitildi.

Sektor rahbari shu kuni tumandagi faoliyat ko‘rsatmayotgan madaniyat saroyini ko‘zdan kechirdi. Tuman aholisiga madaniy tadbirlarlardan dam olishi uchun shart-sharoit yaratish masalalariga yechim ezlandi.

Mazkur binoni tadbirkorlik sub’ektlariga foydalanish uchun berilishi borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#raqamlashtirish

Buxgalteriya hisobidagi hujjatlarni boshqarish tizimi takomillashtirildi:

🔹tovar-moddiy zaxiralar va pul mablag‘lari bo‘yicha xo‘jalik ichidagi operatsiyalar qatnashchilarini, shuningdek, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida identifikatsiyalash ta‘minlangan taqdirda, axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda hisobga olish hujjatlarini yuritishga ruxsat beriladi;

🔹soliq xizmati va statistika organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash va arxivga topshirish bo'yicha majburiy talab bekor qilinadi.

👉Batafsil
__________
#цифровизация

Усовершенствована система документооборота в бухгалтерском учете:

🔹допускается ведение учетных документов с использованием услуг информационных систем, при условии обеспечения идентификации участников внутрихозяйственных операций по товарно-материальным запасам и денежным средствам, а также между работодателем и работниками;

🔹отменяется обязательное требование по хранению и передаче в архив документов, оформленных в электронной форме через автоматизированные информационные системы органов налоговой службы и статистики.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Axbutaev 4-sektor hududida joylashgan "Shodlik" MFYdayashovchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarning kelgusidagi rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqidagi taklif-mulohazalar tinglandi.

Uchrashuv davomida yoshlar va ularning ota-onalari tomonidan aytilgan muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy yordam berilishi ma'lum qilindi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram