Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.37K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
77 files
5.98K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Yosh xodimlar uchun ijtimoiy soliq PF-61-son Farmon bo‘yicha qanday qaytariladi

2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda davlat ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini to‘liq qoplab beradi. Bu Prezidentning 26.04.2023 yildagi PF-61-son Farmonida nazarda tutilgan.

Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, UF (UK)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno.

Barcha qolgan ish beruvchilar uchun ijtimoiy soliqni qaytarish uchun shart – bunday xodimning 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi. Qaytarish yettinchi oydan boshlanadi.

Ijtimoiy soliq summasining qoplab berilishi respublika byudjetidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
🔖Qonunchilikdagi yangiliklar

Chakana dorixonalar narxlarni oshirganlik uchun jarimaga tushadi

26.10.2022 yildagi PQ-411-son qarorning 5-bandiga asosan:

➡️ fiskal chekni Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazishda dori vositalarining narxlari Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi;

➡️ chakana narxlarga belgilangan ustamalar oshirib qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi;

➡️ agar huquqbuzarlik tekshiruv chog‘ida tasdiqlansa, bu dorixona uchun jarimaga sabab bo‘ladi.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
🔖Qonunchilikdagi yangiliklar

2023 yil 1 maydan boshlab:

📌 MHEKM va BHM oshiriladi

28.03.2023 yildagi PF-45-son Farmonga asosan:

• mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 980 ming so‘mni tashkil etadi;

• BHM – 330 ming so‘m;

• byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7%ga oshiriladi.
🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Jizzax shahrida davlatimiz rahbarining joriy yil 26 apreldagi “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi doirasida “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan yigit-qizlar bilan manzilli ishni tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

➡️Batafsil

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📩

Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlardan qanday foydalanish mumkin?

Savolga Jizzax viloyat soliq boshqarmasi bo'lim boshlig'i Sarvar Sulaymonov javob beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasiga
qarashli ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq to‘lovchilar uchun soliq tizimidagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan “SO‘RANG, JAVOB BERAMIZ” sahifasini taqdim etadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Inson qadri uchun” tamoyili Forishning Xonbandi mahallasida o‘z isbotini topdi

Xonbandi
Forish tumanidagi ko‘p qavatli uylar mavjud mahallalaridan biri hisoblanadi. O‘tgan asrning saksoninchi yillarida qurilgan bu uylar asosan hududdagi kon ishchilarining oilalari uchun mo‘ljallab bunyod etilgan. Oradan yillar o‘tib, kon faoliyati to‘xtadi. Biroq odamlar yashashda davom etishdi. Ayniqsa qishda uylarning isitish tizimida muammolar mavjud edi. Joriy yilgi anomal sovuq ham bu muammoning ko‘lami naqadar katta ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Xolida Suvonova keksa o‘qituvchi. U ham qishning sovug‘ida uyini gaz plitasi yordamida isitgan xonbandiliklardan biri.

Respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori Xolida Suvonova kabi insonlarning hayot tarzi o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Joriy yil boshidan mahalladagi 13 ta ko‘p qavatli uylarning 736 ta xonadoniga zamonaviy issiqlik tizimlari o‘rnatib berish boshlandi.

➡️Batafsil

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Jizzax shahar 4-sektori rahbariga Amir Temur MFY Qorasoy ko’chasi yangi hovlida istiqomat qiluvchi fuqaro Sayidaliev Samadning murojaati asosida ushbu ko’chada yashovchi fuqarolarning xonadonlarini ta’mirlash va oqlashda amaliy yordam so’ragan edi. Mazkur hududdagi 25 ta xonadonga uylarning devorlarini oqlash uchun 2,5 tonna ohak keltirib berildi.

Har bir xonadon tomonidan shu vaqtgacha rang berilmagan xonadonlarning devorlarini ta’mirlash boshlab yuborildi. Ayni vaqtda 4-sektor har bir murojaatni ijobiy hal etish ustida ish olib bormoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Chet ellik shaxslardan olingan xizmatlar bo‘yicha QQS hisob-kitobi qanday to‘ldiriladi

– Agar sizning korxonangiz chet el kompaniyasi xizmatlarini olgan bo‘lsa, QQS to‘lovchisi yoki to‘lovchisi emasligidan qat’i nazar – u:

📌 alohida Chet ellik shaxslardan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobini (soliq kodi 10001_5) to‘ldirishi;

📌 agar O‘zbekiston ushbu xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilsa SK 241-moddasiga tegishli soliq summasini to‘lashi shart.

Agar sizning korxonangiz – QQS to‘lovchisi bo‘lsa, to‘langan soliq hisobga qabul qilish shartlariga rioya qilingan taqdirda hisobga olinadi SK 255-m. 9-q. SK 266-modda.

Agar O‘zbekiston olingan xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmasa, siz shuningdek ushbu Hisob-kitobni to‘ldirishingiz va unda xizmatlar qiymatini 0102-satrda aks ettirishingiz kerak. Bu holda QQS to‘lanmaydi.

Xizmatlar qiymatini Hisob-kitobda realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanada Markaziy bank kursi bo‘yicha aks ettiring SK 247-m. 4-qisim Xizmatlar bo‘yicha – bu ular ko‘rsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana SK 242-m. 4-qisim

Hisob-kitobni taqdim etish muddatlari SK 273-m. 4-qism

📌 QQS to‘lovchilar bo‘lgan soliq agentlari uchun – haqiqatda xizmatlar olingan oydan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay;

📌 QQS to‘lovchi bo‘lmagan soliq agentlari uchun – soliqni to‘lash amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram