Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
987 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Дўстлик тумани солиқ инспекцияси бошлиғи, 4-сектор раҳбари М.Т.Турсунмуратов сектор ҳудудига қарашли "Боғзор" маҳалласи мутасаддилари билан учрашув ўтказди.

Унда "хонадонбай" иш олиб боришни янада фаоллаштириш, аҳолини қийнаб келаётган муаммоларни тизимли равишда ҳал этиш бўйича ҳамкорликда ишларни ташкил қилиш юзасидан кўрсатмалар берилди.

🌍 Web sayt | Do'stlik hayoti| Tuman hokimligi | 💬Facebook| 📹Youtube
#onlayn_NKM

Marketpleyslar va elektron to'lov tizimlari bilan ishlaydigan vositachi (komissioner) hisobotlarni qanday shakllantiradi

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi bo‘yicha aylanmani komitent hisobotida aks ettirish uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini ko‘rsatishi kerak.
👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Buning uchun komitent soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantirishi kerak.
👉Bu qanday amalga oshiriladi?

❗️Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritmasa va vositachi (sub vositachi) onlayn-NKTning chekida komitent STIRini ko‘rsatmasa, u holda vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida xato tarzda aks etadi.

Komitentlar vositachilarining onlayn-NKT cheki ma’lumotlarini monitoring qilib borishi va ulardagi xatolarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin.
👉 Vositachilar cheklarini tuzatish bo‘yicha qo'llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#meningkonstitutsiyam #befarqemasman

Soliq qo‘mitasida Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Bugun Soliq qo‘mitasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Soliq qo‘mitasi, hududiy soliq organlari va qo‘mita tasarrufidagi barcha tashkilotlar ishtirok etdi.

Tadbirda Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari Vosit Ergashev “Yangi O‘zbekistonda Yangilanayotgan konstitutsiya” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, referendumda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirish berdi.

Joriy yil 30-aprel kuni jamiyat va davlat hayotining muhim tadbiri “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendumda ishtirok etish har bir fuqaroning konstitutsion burchi.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
👍1
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda

🗓20-mart dam olish kuni deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligida ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddati 23-martga koʻchirildi.
__________
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉 ст.5 Налогового кодекса

🗓В связи с объявлением 20 марта выходным днем, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 23 марта.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#sorovnoma

Hurmatli Soliq to‘lovchilar!

Sizga yanada foydaliroq bo‘lishi uchun so‘rovnomada ishtirok eting.
___________
#опрос

Уважаемые налогоплательщики!

Примите участие в опросе, чтобы мы могли предоставлять еще больше полезной информации.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Jizzax shahar 4-sektor tomonidan sumalak sayli tashkil etildi

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida "Navroʻz" umumxalq bayrami katta koʻtarinkilik bilan nishonlanmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Jizzax shahridagi 4-sektor hududida joylashgan Zargarlik MFY 7-8-koʻp qavatli uylari aholisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Dasturxonga bahoriy taomlar tortilib, aholi vakillari tomonidan doshqozonda sumalak tayyorlandi.

Bir soʻz bilan aytganda, bahor va tabiat uygʻonishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi boʻlgan Navroʻz sayli baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlandi.

Xalqimizning koʻp asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilishlarini oʻzida mujassam etgan ushbu qutlugʻ ayyomni har yili shunday katta shodiyona sifatida nishonlashga kelishib olindi.

Telegram | Facebook
👍1
Har bir murojaat ortida inson taqdiri turadi

Aholining ertangi kunga ishonchi ortishi va bugundan rozilik hissi bilan yashashini ta’minlashda murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda yuzma-yuz muloqotlarning samarasi bo‘lakcha.

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov G‘allaorol tumanidagi Ko‘kbuloq qishloq fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz uchrashdi.

Viloyat 4- sektor rahbari aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir qiluvchi masalalar bo‘yicha murojaatlar tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishga e’tor qaratdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvga 20 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Bu murojaatlardan 10 tasi ijobiy hal etilgan, 5 tasiga huquqiy maslahatlar, 5 tasiga tushuntirish berilgan.

Ba’zi fuqarolarni egaligidagi mol-mulk soliqlari borasidagi murojaatlarga sektor rahbari misollar tarzida tushunchalar berdi.
Telegram | Facebook
👍2