Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.33K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
78 files
5.99K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
🌺Bugun barcha davlat va jamoat tashkilotlarining mеhnat jamoalarida hamkasb ayollarga alohida ehtirom ko'rsatilyapti.

♻️ Jizzax viloyat soliq boshqarmasida ham 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan bayram tadbirlari va uchrashuvlarda har jabhada faol xodimalar, opa-singillarga o'zgacha hurmat ko'rsatildi.

Telegram | Facebook
#Arnasoy
#4_sektor
#Jizzax

4-sektor: Arnasoyda ko‘prik qurilishi yakunlanmoqda, endi aholiga ichimlik va oqova suv ham keltirib beriladi

Murojaatlar bilan ishlash borasida bugun Jizzax viloyat soliq boshqarmasi mas’ul bo‘lgan 4-sektorda o‘ziga xos tajriba to‘plangan. Ushbu tajribalar samarasi tufayli sektor rahbariyati muammolarni bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Arnasoy tumanidagi “Baxtli” mahallasidagi aholi tomonidan o‘rnatilgan ko‘prik ayanchli holatga kelib qolgan edi. Mahallaning ushbu qismida 60 ta xonadon bo‘lib, 300 dan ortiq aholisi mavjud.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Bekzod Toshpo‘latov arnasoyliklar ishtirokida o‘tkazgan sayyor qabulida fuqarolardan ko‘prikni ta’mirlash borasida murojaat tushgan edi. Ushbu murojaatga asosan, o‘tgan yilning 1-dekabr kuni eski ko‘prikni ta’mirlash boshlandi. Mustahkamlik darajasini oshirish maqsadida beton plitalar yotqizilib, ko‘prik suv sathidan balandlatildi. Shundan so‘ng, ko‘prikning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ikki yoniga to‘siqlar o‘rnatildi.

Kuni kecha esa so‘nggi ta’mirlash ishlariga kirishildi. Ko‘prikning yon tomonlariga beton quyilib, mustahkamlik darajasi yana ham oshirildi. Piyodalarga qulay bo‘lishi uchun esa yo‘laklar ham to‘liq betonlashtirildi.

Telegram | Facebook
#4_sektor
#Arnasoy
#Jizzax

“Baxtli” MFY jami xonadonlar soni bugungi kunda 242 tani tashkil etadi. 316 ta oilada 1180 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda har bir xonadonning o‘z tomorqasi, ekin maydoni mavjud bo‘lsada, yozning issiq mavsumida ulardan unumli foydalanishning imkoni yo‘q edi.

Sektor rahbariyatining sayyor qabulida aholi xonadonlaridagi tomorqani sug‘orish uchun “Oqbuloq” kanalidan oqova suv chiqarish bo‘yicha murojaat tushgan edi. Ushbu murojaatga ham yechim topilib, bugungi kunda “Verbud” MChJ tomonidan quvur orqali oqova suv keltirish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-conli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning mart oyi yakuniga qadar “Baxtli” va “Zarafshon” MFY aholisi ehtiyoji uchun zarur oqovasuv loyihasi yakunlanadi.

Shuningdek, 4-sektor hududida joylashgan Bo‘ston mahallasigacha 14 km, Do‘stlik tumani Mamajon Dadajonov suv iste’molchilar uyushmasiga qadar yana 4 km, jami 18 km uzunlikdagi ichimlik suvi loyihasi ham aholi manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotgan loyihalardan sanaladi. Bo‘ston mahallasiga boradigan 14 kmlik suv quvuri tarmog‘i bosimi pastligi va quvurlarning eskirganligi tufayli uni rekonstruksiya qilishga ehtiyoj yuzaga kelgan edi. Hozirda “Qurilish ta’minoti” korxonasi tomonidan qiymati 18 milliard 618 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha joriy yilning dekabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyat 4-sektori tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi Nonisangil, Umar hamda Ravot, Zomin tumanidagi Turkman MFY hududidagi maktablar o'quvchilari uchun sport inventarlari yetkazib berildi.

Mirzacho'l tumanida esa mini futbol stadioni qurilmoqda.

Arnasoy tumani Baxtli MFY aholisiga esa mustahkam ko'prik qurib berildi.

Telegram | Facebook