Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.65K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#QQS

Soliq maʼmuriyatchiligi tizimida raqamlashtirish masalalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va biznes-ombudsman ishtirokida muhokama etildi

2021-yilning 6-dekabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va OAV vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Muhokamada axborot-tahliliy tizimlar va xizmatlarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati – “E-ijara”, “E-imtiyoz” va “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash tamoyillari tushuntirildi. Mutaxassislar “E-aktiv” AATning maqsadi oddiy va minimal funksiyalar yordamida yuqori likvidli tovarlar kirim-chiqimlari va qoldiqlari hisobini aniq yuritish ekanligini qayd etdi.

Tadbir ishtirokchilari muhokamada faol ishtirok etib, bir qator qiziqarli savollar bilan murojaat qildi. Davra suhbati yakunlari bo‘yicha raqamli texnologiyalarni yana-da takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YaTT

YaTT faoliyatidagi yangiliklar bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat

🔸Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga kamaytiriladi.

🔸Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22-noyabrdagi 707-son qarori bilan YaTTlarga
5 nafargacha xodimlarni yollash huquqi berildi.

🔸Yollangan xodim bilan mehnat shartnomasi qancha muddatga tuziladi?

🔸Yollangan xodim qancha vaqt ichida soliq organida ro‘yxatga qo‘yilishi kerak
?

🔸Mehnat shartnomasi bekor bo‘lganda soliq organini bu haqda xabardor qilish kerakmi, agar xabardor qilmasachi?

YouTube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Боғча ва мактаблар олдида рухсат этилган тезлик меъёри кескин камайтирилади

Мактабгача таълим ва умумтаълим муассасаларига ёндош йўлларда тезлик меъёрларини кескин камайтирган ҳолда, ушбу меъёрларни барча жойлар учун ягона этиб қатъий белгилаш режалаштирилган.

👉 https://kun.uz/25452849

Kun.uz расмий канали
#onlayn_seminar #QQS

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2021-yil 7-dekabr kuni "Qo'shilgan qiymat solig'i boyicha imtiyozga ega tovar (xizmat) lar va imtiyozga ega tashkilotlar uchun EHFni shakllantirish" mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 16:00
______________________
#онлайн_семинар #НДС

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 7 декабря 2021 года на тему "Оформление ЭСФ по товарам (услугам), освобожденным от НДС, и организациями, имеющими льготы по налогу на добавленную стоимость".

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 16:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Жиззахда Бош қомусимиз қабул қилинганлигининг 29 йиллиги байрами тантанали тарзда ўтказилди
Бугун Жиззах вилоят ҳокимлиги Анжуманлар саройида Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган куннинг 29 йиллигига бағишланган тантанали тадбир бўлиб ўтди.
Тадбирда Жиззах вилояти ҳокими Э.Салиев Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 29 йиллиги муносабати билан барчани табриклади.

Тантанали руҳда ўтган тадбирда маҳаллий санъат вакиллари ўзларининг куй-қушиқлари билан келганларни ҳушнуд этди.

📲 Jizzax.uz расмий саҳифаларига аъзо бўлинг:👇

Telegram Live | Facebook | Instagram | @Viloyat_hokimiga_murojaat | Youtube

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi qabul qilingan kun barchamizga muborak bo'lsin!!!
#Байрам_муборак

8 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун!

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 6 бўлим, 26 боб, 128 моддадан иборат.

Конститутциямизнинг 29 йиллиги муборак бўлсин, барчага фаровонлик, омад, соғлик ва ажойиб кайфият хамроҳ бўлсин.

Вилоят ДСБ Ахборот хизмати
#4секторжараён
#Бахмал

⚡️ Бугун 4- сектор раҳбари Б.Ташпулатов Бахмал туманида бўлиб, ёшлар муаммолари ва уларни бандлигини таъминлаш масалалари билан яқиндан танишди.

Масъулларга ёшларни иш билан таъминлаш, тадбиркорликга жалб этиш борасида зарур топшириқ ва кўрсатмалар берди.
⚡️Солиқ фаҳрийси Обидхонов Аҳмадхон ижодларидан намуна

КОНСТИТУЦИЯ БАХТИМИЗ ҚОМУСИ.

Серқуёш диёрим-бахтимсан,
Истиқлол нақадар тотлисан.
Янги Ўзбекистон-аҳдимсан,
Ўзбекистон азиз Ватаним,
Қомусинг бор,жонию таним.

Беғубордир мовий ранг осмон,
Эртак энди мустабид замон.
Эркин яшар бу юртда инсон,
Ўзбекистон азиз Ватаним,
Қомусинг бор, жонию таним.

Мағрур бугун онамнинг тили,
Тенглар ичра,баланддир қўли.
Истиқболинг яйратгай дилим,
Ўзбекистон азиз Ватаним,
Қомусинг бор, жонию таним.

Осойишта ўтар тунларинг,
Бехавотир отар тонгларинг.
Ҳали олдда гўзал кунларинг,
Ўзбекистон азиз Ватаним,
Қомусинг бор, жонию таним.

Аждодларим асрий армони,
Озод кўрмоқ эди Хумони.
Лол қолдирдинг юртим дунёни,
Ўзбекистон жону жаҳоним,
Қомусимсан,томирда қоним.

Топталмагай ҳаққим ҳуқуқим,
Сақлагайсан,орим,номусим.
Қўлидадир элимнинг эрки,
Қалқонимсан ўзинг қомусим.
07.12.21 йил.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2021-yil 9-dekabr

dekabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).

noyabr oyi uchun:

- alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan Turizm va sport vazirligining “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadigan yig‘imlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan 2-ilovaning 8-bandi).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Jizzax viloyat Davlat Soliq boshqarmasida 2022 yilda Soliq siyosatiga kiritilgan o'zgarishlar borasida tadbirkorlar ishtirokida seminar uchrashuvi bo'lib o'tdi

👉@JizzaxMTRK👈