Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.37K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
77 files
5.98K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Jizzax viloyatida 2024 yil uchun byudjet daromadlari ijrosi va qo‘shimcha manbalarni jalb etish

2024 yilda Jizzax viloyati uchun belgilangan 2 125 milliard so‘mlik byudjet daromadlari prognozining 2 201,8 milliard so‘mga (104 foiz) bajarilishiga erishildi.

Buning natijasida, o‘tgan yilning mos davriga (1 875 milliard so‘m) nisbatan tushumlar 326 milliard so‘mga (ya’ni 17 foizga) oshdi.

Ko‘rib chiqish joiz bo‘lgan asosiy soliq turlariga kelsak:

• **Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)**dan olinadigan tushum 387,9 milliard so‘mni tashkil etdi va jami tushumlardan 18 foiz ulushga ega bo‘ldi.

• Jismoniy shaxslar daromad solig‘i 807,3 milliard so‘mni tashkil etdi, bu esa jami tushumda 37 foizning hissasini tashkil etdi.

• Yuridik shaxslar foyda solig‘i 112,8 milliard so‘mni tashkil etdi (5 foiz).

• Aksiz solig‘idan tushum 90,2 milliard so‘mni tashkil etdi (4 foiz).

• Yuridik shaxslar yer va mol-mulk soliqlaridan tushum 186,2 milliard so‘mni tashkil etdi (8 foiz).

• Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soliqlari 230,5 milliard so‘mni tashkil etdi (10 foiz).

• Aylanmadan olinadigan soliq 17,2 milliard so‘mga ko‘paydi (120%).

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS

Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha o‘zgarishlar

Tovarlar (xizmatlar) eksportidan olinadigan daromadlar AOSga tortiladi. Avval soliq bazasidan chegirilgan.
👉 Soliq kodeksi 464-moddasi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar AOSni 3% stavkada to'laydilar (oldin 2%).

Boshqa faoliyat turlari bo‘yicha stavkalar o'zgarishsiz qoldi.

2025-yilda qat’iy belgilangan summada to‘lovchilar uchun AOS stavkalari jami daromadiga qarab quyidagi miqdorda belgilanadi:
📉500 mln so'mdan oshmaganyiliga 30 mln so'm;
📈500 mln so'mdan yuqori - yiliga 40 mln so'm.

2026-yil 1-yanvardan qat’iy belgilangan summadagi AOS bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksi 467-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 9-yanvar

yanvar oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️9 января 2025 года - последний день

за январь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda mehnat shartnomalari elektron tartibda tuziladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga muvofiq, ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi ("YMMT" IDAK) orqali elektron tartibda tuziladi.

Mehnat shartnomalari ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va taraflar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra elektron raqamli imzo (ERI) yordamida imzolanadi.

Imzolangan elektron mehnat shartnomasini xodim oʻzining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Mehnat shartnomalarining elektron rasmiylashtirilishi natijasida:

▪️
ish beruvchilarga qulaylik yaratiladi;
▪️jarayon soddalashadi va norasmiy bandlik kamaytiriladi;
▪️mehnat shartnomalarining qonuniyligini nazorat qilish imkoni mavjud boʻladi va xodimlarning mehnat huquqlari buzilishining oldi olinadi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Audio
Jizzax radiokanalida viloyat soliq xodimlari ishtirokida maxsus reportaj bo‘lib o‘tdi.

Unda 2025 yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar, barqarorlik reytingi va soliq xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida so‘z yuritildi.

Reportajda soliq qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligi haqida ma’lumotlar berildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha o‘zgarishlar

2025-yilda QQS stavkasi 12% miqdorida saqlanib qolindi.

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi.

2025-yil 1-iyuldan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari QQSga tortiladi.
Avval soliqdan ozod etilgan edi.

Davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish QQSga tortilmaydi.

👉 Soliq kodeksi 243-modda

Mahsulotlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

▫️kontrakt (kontrakntning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

▫️tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi (Ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tovarlarni olib chiqish uchun bojxona organining belgisi bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi);

▫️O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari (ilgari tovar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan)

Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga taqdim etiladigan tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.

👉 Soliq kodeksi 261-modda

QQSdan quyidagilar ozod qilinadi:

▪️2027-yil 1-yanvargacha – Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O'zbekiston hududiga olib kirish;

▪️2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha - O'zbekiston rezidentlari bo'lgan vagon (konteyner)lar operatorlarining temir yo'l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish xizmatlari;

▪️2030-yil 1-yanvargacha - O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari.

Shuningdek, budjet tashkilotlarining Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qaysi infratuzilma loyihalari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) QQSdan ozod etilishiga aniqlik kiritildi:
▫️elektr, gaz va issiqlik ta'minoti;
▫️suv ta'minoti va kanalizatsiya;
▫️suv xo'jaligi;
▫️yo'l-transport infratuzilmasi;
▫️aloqa va telekommunikatsiya;
▫️agrologistika;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish
.
Imtiyoz loyiha ishtirokchilariga ham qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 10-yanvar

dekabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi)
.
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 января 2025 года - последний день

за декабрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq qarzini undirish ma’murchiligi: Jizzax viloyatining natijalari va yangi o‘lchamlar

Jizzax viloyat soliq organlari 2024 yilda soliq qarzdorligini undirish borasida muhim natijalarga erishdi. Bo‘lgan soliq qarzdorligi 299,9 milliard so‘mga yetgan bo‘lsa, soliq organlari tomonidan 2 475 ta mol-mulk xatlovga olindi va natijada 373,5 milliard so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Bu esa soliq xo‘jaligi faoliyatidagi umumiy nazorat va moliyaviy intizomni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, 2024 yilda Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlariga soliq qarzdorligini mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risida 411 milliard so‘mlik 29 654 ta soliq organlari Qarorlari yuborildi. MIB bilan hamkorlikda ushbu qarorlarga asosan 65,0 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi, bu esa samarali ijro intizomini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugungi kunda Jizzax viloyatida 188,1 milliard so‘mlik 479 ta mol-mulk xatlovga olingan, shuningdek, 92,9 milliard so‘mlik 170 ta mol-mulk auksion savdoga chiqarilgan. Bu choralar soliq to‘lovchilarni o‘ziga xos motivatsiyalash va soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlashga yordam beradi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram