Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.66K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
72 files
5.82K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-dekabr

noyabr oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

- agar noyabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);

dekabr oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

IV-chorak uchun:

- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS xisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 281-moddasi 3- va 4-qismi);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 декабря 2024 года - последний день

за ноябрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в ноябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

за декабрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за IV квартал:

- представления отчетности и уплаты НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме
(ч.3-4 ст.281 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами, не являющихся плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
PF-214-son Farmonning o‘zgarishlari va tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi

2024 yilning 10 dekabrida qabul qilingan PF-214-son Farmonga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibida bir qator yangi o‘zgarishlar va aniqliklar kiritildi. 07.06.2019 yildagi PF-5739-son Farmonning 3-bandiga kiritilgan o‘zgartishlar asosida, korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb topish uchun quyidagi asoslar belgilangan:

🔹 Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 3 oy davomida bank hisob raqami ochilmasa;

🔹 Bank hisob raqami ochilgandan keyin 6 oy mobaynida:

🔹 Moliya-xo‘jalik faoliyatidan mablag‘larning bank hisobvarag‘iga tushmasligi;

🔹 Elektron hisob-fakturani rasmiylashtirmaslik;

🔹 Onlayn-NKM, virtual kassa yoki «marketpleys» to‘lov tizimidan foydalanmaslik;

🔹 Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirmaslik.

Agar korxona faoliyat ko‘rsatmasa, uni tugatish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Soliq organi tomonidan taqdimnoma berilgan holda, korxona 1 yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi.

2. Agar 1 yil davomida faoliyat tiklanmasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ korxonani Tadbirkorlik sub’ektlarining yagona davlat reestridan chiqaradi.

Bu o‘zgarishlar tadbirkorlik faoliyatini samarali monitoring qilish va ta’sirsiz korxonalarni davlat reestridan olib tashlashni maqsad qilgan.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
«BBB» toifasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy etildi

2024 yilning 23 yanvarida qabul qilingan PQ-39-son 4-bandiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, «BBB» toifasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy etildi.

Bundan tashqari, «A» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliqlar bo‘yicha (QQSdan tashqari) ortiqcha to‘langan summalar 3 kunlik muddatda qaytariladi.

Bu o‘zgarishlar tadbirkorlar uchun soliq to‘lash va qaytarish jarayonini soddalashtiradi va moliyaviy operatsiyalarni samarali boshqarishga yordam beradi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Pivo mahsulotlari alkogolli mahsulotlar ro‘yxatidan chiqarildi: sotish shartlari o‘zgartirildi

2024 yil 5 fevralida qabul qilingan PF-5656-son Farmonining 3-bandiga kiritilgan 5-xatboshiga ko‘ra, pivo mahsulotlari mamlakatimizda ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Bu o‘zgartishga binoan, pivo mahsulotlarini sotish uchun barcha savdo korxonalari, mehmonxona xizmatlari va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar alkogolli mahsulotlarni sotish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda amalga oshirishlari mumkin.

Bu o‘zgarish tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun pivo mahsulotlarini sotishni soddalashtirishga xizmat qiladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eksport operatsiyalari bo‘yicha QQS summasini qoplash tartibidagi o‘zgartishlar

2024 yil 30 avgustdagi PF-132-son 6-bandiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, eksport operatsiyalari bo‘yicha QQS summasini qoplash tartibida quyidagi yangi talablar joriy etildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan o‘tkazish punktida bojxona organining belgisi qo‘yilgan, tovarlarning belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi kuzatuv hujjatlarini soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi.

2. Bojxona organlarining real vaqt rejimida elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali soliq organlariga taqdim etilgan tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlari eksport operatsiyasini tasdiqlash uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, 2023 yil 1 dekabrdan boshlab, PF-132-son Farmon kuchga kirgunga qadar eksport operatsiyalari bo‘yicha QQS summasini qoplash uchun berilgan arizalarga mazkur tartib tatbiq etiladi.

Bu o‘zgarishlar tadbirkorlar uchun QQSni qoplash jarayonini soddalashtirish va tezlashtirishga yo‘naltirilgan.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида тадбиркорликни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш бўйича жорий йил якунлари ва 2025 йилга асосий режалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ҳамда етакчи тадбиркорлар билан мулоқот бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по итогам проделанной в текущем году работы и основным планам на 2025 год по всемерной поддержке предпринимательства, а также диалог с ведущими предпринимателями.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM