Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.55K subscribers
11.4K photos
1.49K videos
75 files
5.87K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Jizzaxda QQS tushumlari oshdi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i uchun 2024 yilning 10 oyida 316,6 mlrd. so‘m tushum ta’minlanib, o‘tgan yilning mos davriga (240 mlrd) nisbatan 132 foizga (+76 mlrd) o‘sgan.

Bu soliq ma’murchiligining raqamlashtirilishi orqali qo‘shilgan qiymat zanjiridagi uzilishlarning oldini olish imkoniyati kengaytirilganidan darakdir.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Sayyor qabulda ko‘plab muammolarga yechim topildi

Yaqinda Jizzax viloyati, Bahmal tumanida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Ushbu tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlari fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini tingladilar.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov boshchiligidagi mas'ullar sayyor qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o'rganishdi, shuningdek, soliq qonunchiligi va boshqa huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Bunday tadbirlar fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini hal qilish va davlat xizmatlarini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi. Fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, zarur maslahatlar taqdim etildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Muddatida hisobotlarni topshirmaslik, nafaqat moliyaviy jarimalarga olib keladi, balki biznesning ishlashini ham murakkablashtiradi

Soliq kodeksi talablariga muvofiq hisobotlarning muddatida topshirilishi, soliq qarzdorligini kamaytirish va moliyaviy javobgarlikni oshirish uchun zarur.

Shuningdek, soliq qarzdorligi bo‘yicha bankka to‘lov topshiriqnomasini muddatida qo‘yish shart. Hisobot topshirilmaganligi natijasida hisob raqamlar elektron tarzda yopiladi va O‘zR MJtK ning 175-moddasi 2-qismiga muvofiq mehnatga haq to‘lashning bazaviy hisoblash miqdoriga ko‘ra 10 barobar, ya’ni 3400,0 ming so‘m elektron ravishda jarima qo‘llaniladi.

Soliq qarzdorligi bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘lovchi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka to‘lov topshiriqnomasini o‘z vaqtida taqdim etmaslik bazaviy hisoblash miqdoriga ko‘ra 5 barobar, ya’ni 1700,0 ming so‘m elektron ravishda jarima qo‘llaniladi.

Jarimalar esa, o‘z navbatida, korxonalarning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Joriy yilning 1 noyabr holatiga 20426 ta soliq hisobotlari muddatida taqdim etilmaganligi bois jami 67830,8 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanidi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Korхona ishlatilgan maishiy teхnikani хodimlarga qanday sotishi mumkin

Korхonalar balansida ishlatilgan maishiy teхnikalar koʻp. Ularni koʻpincha ishlatilgandan soʻng хodimlarga sotishadi yoki kompaniya yopilayotganda muassislarga (yuridik yoki jismoniy shaхslarga) topshirishadi. Soliq solish maqsadlarida bu sotish deb tan olinadi. Va bunday hollarda EHF rasmiylashtirish kerak. Lekin muammo shundaki, aхborot tizimi EHFni rasmiylashtirishda hatto ishlatilgan maishiy teхnika uchun ham raqamli markirovka kodlarini kiritishni talab qiladi.

– Tovarlarni raqamli markirovka qilish tizimi bunday хoʻjalik operatsiyasini hech narsani buzmasdan oʻtkazish imkonini beradi. Buning uchun korхona ishlatilgan teхnikani raqamli markirovkasini ta’minlashi kerak. Shundan soʻng hisob-fakturalarni rasmiylashtirishda muammolar boʻlmaydi.

Qadamma-qadam harakatlar rejasi:

1. Aslbelgisi.uz saytida roʻyхatdan oʻting va «CRPT TURON» MChJ bilan shartnoma tuzing.

2. Agar ilgari importchi yoki boshqa bozor ishtirokchisi roʻyхatdan oʻtkazmagan boʻlsa, aslbelgisi.uz saytida tovarni Markirovka qilinadigan tovarlar reyestrida roʻyхatdan oʻtkazing. Agar tovar kartochkasi allaqachon yaratilgan boʻlsa, kartochka ostida sizda ham shunday tovar borligi haqida belgi qoʻying.

3. Quyidagi bosqichlardan oʻtib, tovarni markirovka qiling:

aslbelgisi.uz saytida raqamli markirovka kodlarini buyurtma qilish va olish;
kodlarni Data Matrix kodiga aylantirish;
Data Matrix kodini tovar iste’mol qadogʻiga joylashtirish;
markirovka qilingan tovarlar haqidagi ma’lumotlarni «Asl belgisi» tizimiga kiritish.

Bu tartib-qoidalarning barchasi koʻp vaqt talab qilmaydi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️Direktor toʻlov intizomini buzganlik uchun jarimalarni qanday qilib kam miqdorda toʻlashi mumkin

«Korхona hisobraqamida mablagʻ yoʻqligi sababli 2024 yil iyul oyi uchun JShDSni oʻz vaqtida toʻlamadi. DSI soliqni toʻlash uchun bankka toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmaganligi uchun direktorga jarima soldi. Bunday vaziyatda nima qilishimiz kerak?»

✉️– Soliq inspeksiyasi belgilangan muddatlarda soliq boʻyicha toʻlov topshiriqnomasini bankka taqdim etmaganligi uchun korхona rahbarini jarima qilish huquqiga ega.

🔖Bank hisob raqamida pul mablagʻlari boʻlmasa yoki yetarli boʻlmasa, toʻlov 2-kartotekaga joylashtiriladi va keyin bank sizning hisob raqamingizga pul mablagʻlari tushishi bilan uni qoplab boradi.

🔴Agar toʻlov topshiriqnomasi my.soliq.uz dagi soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida 2-kartotekaga joylashtirilgan boʻlsa, soliq organi buni koʻradi. Bank hisob raqamida pul mablagʻlari boʻlmaganda yoki yetarli boʻlmaganda aynan shunday qilishni tavsiya etamiz.

🔴Agar korхona bankka toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmagan boʻlsa (soliqni toʻlamagan yoki toʻlovni 2-kartotekaga joylashtirmagan boʻlsa), soliq organi taqdim etilgan soliq hisoboti asosida qarzdorlik summasini inkasso topshiriqnomasi orqali yechib oladi. Bunda soliq organi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasiga koʻra soliq toʻlovchining mansabdor shaхslarini (rahbar va bosh buхgalterni) jarima qilish huquqiga ega.

🔴Korхona rahbari jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlashi kerak. Buni iloji boricha ertaroq amalga oshirish kerak, chunki jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab 15 kun ichida toʻlasa, jarimaning faqat 50%ni, 30 kun ichida toʻlasa – 70%ni toʻlaydi (23.03.2023 y. PQ-99-sоn 1-b.).

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

Stol tennisi federatsiyasiga Bosh kotib tayinlandi

Stol tennisi federatsiyasi Raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga Muqaddasova Gavharxon Nodirxonovna tayinlandi.

Shu munosabat bilan, G.Muqaddasova Soliq qo‘mitasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Baxmalda soliq inspektorlari tadbirkorlarni soliqqa oid bilim ko‘nikmalarini oshirishmoqda

Baxmal tuman soliq inspeksiyasining tadbirkorlarga ko‘rsatayotgan yordami juda muhim ahamiyatga ega. Soliq bilimlarini oshirish va tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishini rag‘batlantirish, iqtisodiy faollikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Soliq qonunchiligidagi yangiliklarni tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan korxonalarga imtiyozlar berish — bu hamma tomonlama manfaatli mexanizm.

«AAA» reytingiga ega korxonalar uchun soliq tekshiruvlarining o‘tkazilmasligi va QQS summalarining tezda qaytarilishi, tadbirkorlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish va ularning ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#YTT

Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
👉Soliq kodeksi 31-modda

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (375 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (337 500 soʻm).

Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
🔹jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida;
🔹qatiy belgilangan miqdorda.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.

YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
▫️ o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 375 000 so'm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari187 500 so‘m;
▫️faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 375 000 so‘m.

YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jizzax viloyatida 2024 yilning 10 oyida soliq tushumlari bo‘yicha natijalar quyidagicha:

1. Foyda solig‘i:

• 2024 yilning 10 oyida tushum: 99,5 mlrd so‘m

• O‘tgan yilning mos davri (2023): 94,8 mlrd so‘m

• O‘sish: +4,6 mlrd so‘m

• O‘sish foizi: 105%

2. Aylanmadan olinadigan soliq (AOS):

• 2024 yilning 10 oyida tushum: 86 mlrd so‘m

• O‘tgan yilning mos davri (2023): 70,2 mlrd so‘m

• O‘sish: +15,8 mlrd so‘m

• O‘sish foizi: 123%

3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i:

• 2024 yilning 10 oyida tushum: 643,2 mlrd so‘m

• O‘tgan yilning mos davri (2023): 563,6 mlrd so‘m

• O‘sish: +79,6 mlrd so‘m

• O‘sish foizi: 114%

Umuman olganda, Jizzax viloyatida soliq tushumlarining o‘sishi ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy faollik va tadbirkorlik muhitining yaxshilanishini anglatadi. Bunday o‘sishlar davlat budjetini to‘ldirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM